Qorin bo‘shlig‘i orqali qilinadigan operatsiyaga
bemorlarni tayyorlash
Kerakli-asbob anjomlar:
steril oqliklar, bog‘lov materiallari,
asboblar jamlanmasi, kornsang, 5% li yod eritmasi, kateter,
spirt, operatsiya stoli, narkoz apparati.
Muolajaning bajarilishi:
1. Operatsiya mohiyati bemorga tushintiriladi.
2. Operatsiyadan bir kun avval yengil ovqatlar iste’mol qilish
buyuriladi. Uxlashdan avval va operatsiya kuni ertalab tozalovchi
huqna qilinadi.
3. Ertalab premedikatsiya qilinadi.
4. Bemorga steril ko‘ylak kiydiriladi.
5. Bemor operatsiya stoliga yotqiziladi.
6. Umumiy og‘riqsizlantirilgandan so‘ng, qorinning oldingi
devoriga 5% li yod eritmasi bilan Filonchikov-Grossix usulida
ishlov beriladi.
7. Operatsion hamshira bemorning tayyorligini ko‘zdan kechi-
rib, operatsiya qiluvchiga ma’lum qiladi.
421
Do'stlaringiz bilan baham: |