HOMILADORLIK VA TUG‘RUQNI BOSHQARISH
Agar homilaning ko‘ndalang joylashganligi homiladorlikning
28–34 haftalarida aniqlansa, uni bo‘ylama holatga keltirishga im-
koniyat bor. Buning uchun homilaning pastda yotgan yirik qismi
ayolning qaysi yonida bo‘lsa, o‘sha yon bilan yotish tavsiya eti-
ladi.
Homilaning joylashishida I.I.Grishchenko va A.Y.Shulesho-
voylarning vaziyatni to‘g‘rilash maqsadida tavsiya etgan gimnastika-
si ham ayollar maslahatxonasida muntazam olib boriladi.
Agar homila noto‘g‘ri joylashishi homiladorlikning 35–36
haftalarida ham saqlanib qolsa, bunda ayol tuqquncha tug‘ruqxonaga
yotqiziladi.
Tug‘ruqxonada homilani ko‘ndalang (qiyshiq) vaziyatdan
bo‘ylama vaziyatga burishga tashqi usullar bilan urinib ko‘rish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |