Vaqtidan o‘tib ketgan ko‘ndalang vaziyat
deb shunday holatga
aytiladiki, bunda suv ketgandan keyin bachadon qisqarib, de-
vorlari homilani o‘rab qisib qo‘yadi, homila qimirlamaydigan
bo‘lib, tiqilib qoladi. Ko‘ndalang yotgan homila dard tutgan
bachadonning o‘ta cho‘zilgan pastki segmentiga tushadi, bu seg-
ment devorlari yupqa tortadi. Homilaning umurtqa pog‘onasi,
ayniqsa bo‘yin qismidan bukiladi, yelkasi chanoqqa suqilib qola-
di, chiqib qolgan qo‘li shishib ko‘karib ketadi. Homilaning
ko‘ndalang joylashishining o‘tkazib yuborilishi tug‘ruqning xavfli
asorati bo‘lib, ko‘pincha vaqtida to‘g‘ri diagnoz qo‘ya olmaslik
oqibatida kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |