3. Bosh-teri qisqichini solish.
Platsenta cheti va yoni oldinda
yotganda homila pardalari yirtilgach, boshi pastga tushmasa va qon
ketishi to‘xtamasa, teri-bosh qisqichini solish mumkin. Maxsus
yasalgan qisqich bilan homila boshidagi teri burmasi ushlanadi,
qisqich dastasiga ozgina (200–400 g) yuk osiladi, bu yuk homila
boshini chanoq og‘ziga tortadi. Pastga tushgan bosh platsentani
bachadonning pastki segmentiga va chanoq devorlariga taqab qisadi,
natijada qon oqishi to‘xtaydi. Bosh ushlanib, qon oqish to‘xta-
gach, qisqich olinadi va tug‘ruq tabiiy holiga qo‘yib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |