Og
‘
irlashmagan isitmali abortda
infeksiya bachadondan tash-
qariga chiqmaydi. Bachadon palpatsiyada bezillamaydi, bachadon
ortiqlari, chanoqning qorin pardasi va kletchatkasi o‘zgarmaydi.
Ayolning harorati ko‘tarilgan, pulsi tezlashgan-u, haroratiga
mos, umumiy ahvoli qanoatlanarli bo‘ladi.
Og
‘
irlashgan isitmali abortda
infeksiya bachadondan tashqariga
yoyiladi, tekshirishda bachadonning bezillab turganligi, bachadon
ortiqlari, chanoqning qorin pardasi yoki kletchatkasi o‘zgarganligi
(bezillab turganligi, infiltratlar va hokazo) aniqlanadi. Ayolning
umumiy ahvoli jiddiy, harorati ko‘tarilgan, og‘riq bezovta qilayot-
gan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |