Homilaning rivojlanishdan qolib bachadonga yopishishi
(
misched
abortion
).
Homilaning ona qornida nobud bo‘lganligini, bachadonning
o‘sishdan to‘xtab, so‘ngra tobora kichrayganligiga va homiladorlikka xos
belgilarning (ko‘ngil aynish, qayd qilish va boshqalar) yo‘qolganiga
qarab aniqlanadi va UTT (ultratovush tashhisi)ga tushirib aniqlanadi.
Bundan tashqari sut bezlarini siqqanda, og‘iz suti o‘rniga sut chiqadi.
Tashxisni to‘g‘ri qo‘yish uchun bir marta ko‘rib qo‘ya qolmay, 2–3
hafta kutish va biologik reaksiyalardan (Ashgeym-Sondek, Galli-May-
nini) dan foydalanish lozim. Agar bu reaksiyalar manfiy bo‘lsa, bu
homilaning nobud bo‘lganligidan dalolat beradi. Reaksiya homila nobud
bo‘lgandan so‘ng 7–10 kun o‘tgach manfiy bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |