26
– tekshirib ko‘rish xonasi (bu yerda tuqqan ayollarni ginekolo-
gik kresloda tekshirib ko‘riladi va tashqi jinsiy a’zolari tozalanadi);
– protsedura xonasi;
– vaksinalarni saqlash xonasi (muzlatgich bilan);
– oshxonadan olib kelingan ovqatni tarqatish xonasi;
– dushxona;
– tuvaklarni yuvish va zararsizlantirish uchun qo‘shimcha yuv-
g‘ich joyiga ega bo‘lgan sanitariya shoxobchasi.
Akusherlik bo‘limlarining barcha tug‘ruqdan keyingi palatalarida
ish tuqqan ayol va uning chaqalog‘ini birgalikda bo‘lishi tamoyili
bo‘yicha tashkil qilinishi kerak. Kasal bo‘lib qolgan yangi tug‘ilgan
chaqaloqlar ixtisoslashgan yordamning 11-bosqichiga, ya’ni ko‘p
tarmoqli bolalar kasalxonasining yangi tug‘ilgan chaqaloqlar pa-
tologiyasi bo‘limiga o‘tkaziladi. Ruhiy kasallik aniqlangan tuqqan
ayol oldida uni yaqin qarindoshlaridan biri yoki tibbiyot xodimi
doimo bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: