Kochergin-Spasokukoskiy usuli
1. Emallangan tog‘ora spirt bilan tozalanib, kuydirilgach 0,5% li
nashatir-spirti eritmasini quyib, unda qo‘lni tirsakka qadar steril doka
salfetka bilan ishqalab 3 daqiqa yuviladi. Tirnoq osti, bo‘g‘imlardagi
teri burmalari, barmoqlar orasi, ayniqsa, sinchiklab ishqalanadi.
2. Tog‘orachaga yangi tayyorlangan 0,5% li nashatir spirtini
quyib, unda qo‘l 3 daqiqa mobaynida salfetka bilan yuviladi.
3. Qo‘l steril doka salfetka bilan quruq qilib artiladi.
4. Qo‘l spirt shimdirilgan steril doka salfetka bilan 5 daqiqa ar-
tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |