Majidov Xojiakbar Yodgorovich


O’zbekiston sug’urta bozorida sug’urta operatsiyalarining amalga oshirilishi tahlili



Download 130,5 Kb.
bet2/6
Sana19.04.2022
Hajmi130,5 Kb.
#563476
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Moliya

O’zbekiston sug’urta bozorida sug’urta operatsiyalarining amalga oshirilishi tahlili


Sug’urta marketingida bozorni segmentlash muhim ahamiyatga egadir. Sug’urta kompaniyalari bozorni segmentlash orqali sug’urta marketingida eng muhim hisoblangan yo’nalishlardan biri bo’lgan - xaridorlar ehtiyojlari va talablarini aniqlash tadbirlarini amalga oshiradilar.
Bozorni segmentlash sug’urta bozorini o’rganishning asosiy usulidir.
Segmentlash yordamida bozor tarkibiy qismlarga, ya’ni segmentlarga bo’linadi. Bozor segmenti bu umumiy xususiyatlarga ega bo’lgan iste’molchilar guruhi yig’indisidir. Xaridorlarning talabi, hoxishi, ehtiyoji, turmush tarzi, motivlari haqidagi ma’lumotlar samarali marketing tadbirlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Ya’ni sug’urta bozorini segmentlash xaridorlar talab va ehtiyojlariga muvofiq ravishda sug’urta xizmatlarining taklif etilishini ta’minlaydi. Sug’urta bozorida sug’urtalanuvchilarni quyidagi mezonlarni hisobga olgan holda segmentlarga ajratish mumkin:




  • demografik mezon bo’yicha segmentlash;




  • jismoniy holat mezonlariga ko’ra segmentlash;




  • ijtimoiy-iqtisodiy mezonlarga ko’ra segmentlash;




  • psixologik mezonlarga ko’ra segmentlash;




  • hulqiy mezon bo’yicha segmentlash.

Hududiy mezon bo’yicha segmentlash. Bunday segmentlash sug’urta xizmatlarini mahalliy bozor talablariga moslashtirish, mamlakat hududida filiallar ochish imkoniyatini beradi.


Demografik mezon bo’yicha segmentlashda aholi yoshi, jinsi, dini, urf- odatlariga ko’ra guruhlarga ajratiladi. Sug’urtalanuvchining yoshi asosiy risk belgisi hisoblanadi. Turli sug’urta xizmatlari ham shu omilga mos ravishda mo’ljallangan bo’ladi. Jins ham risk belgisi sifatida ayrim sug’urta turlarida katta ahamiyatga ega. Ayollar va erkaklar duch kelishi mumkin bo’lgan risklar ham turlichadir.
Jismoniy holat mezonlariga ko’ra segmentlash. Sug’urtalovchilarni insonlarning sog’ligi domo qiziqtiradi. Shu munosabat bilan hayot sug’urtasida, baxtsiz hodisalardan sug’urtalashda sug’urtalanuvchi tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy mezonlarga ko’ra segmentlash. Ushbu mezonlarga ko’ra segmentlashda uch omil muhim rol o’ynaydi, bular: daromad, kasb va ma’lumot. Daromadlar hajmi sug’urta xizmatlarini sotib olishga ta’sir etadi, shu sababli sug’urta xizmatlarining narxi aholi daromadlariga mos bo’lishi lozim. Kasbi yuqori risk darajasi bilan bog’liq insonlar ko’proq baxtsiz hodisalardan sug’urtalanadilar. Insonlarning ma’lumotlilik darajasi esa ularning sug’urtaviy faolligiga ta’sir etadi.
Xulqiy mezon bo’yicha segmentlash. Ushbu mezon asosida sug’urtachi turli segmentlardagi sug’urta madaniyatini aniqlab, ularning har biriga mos marketing vositalarini taklif etishlari mumkin. Bundan asosiy maqsad insonlarda ongli holda sug’urta madaniyatini shakllantirishdir. Bozorini segmentlashning an’anaviy usullaridan tashqari so’nggi yillarda axborot texnologiyalarining rivojlanishi natijasida xorijiy sug’urta kompaniyalari tomonidan segmentlashning yangi usullari yuzaga kelmoqda. Bu esa Evropa sug’urta kompaniyalari agentlarini korporativ ma’lumotlar bazasiga ulangan kompyuterlar bilan ta’minlash imkoniyatini bermoqda. Bunday kompyuterlardagi ma’lumotlar bazasi orqali agent bir zumda har bir mijoz uchun o’z xususiyatidan kelib chiqqan holda sug’urta turini taklif qila oladi.
Sug’urta bozorini segmentlashdagi asosiy masalalaridan biri u yoki bu bozor segmenti uchun belgilangan tariflarning to’g’ri yoki noto’g’ri hisoblanganligini tekshirishdan iboratdir. Bunday tekshiruv faqatgina ma’lum sug’urta turi bo’yicha sug’urta hodisasi to’g’risidagi statistik ma’lumotlar olingandan so’ng va ushbu segment uchun belgilangan tarif to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini aniqlash orqali o’tkaziladi. Shunga asoslangan holda sug’urtachi belgilangan tariflar tizimiga mos ravishda o’zgartirishlar kiritadi. Bunday statistikani yig’ish uchun anchagina vaqt sarflansa-da, biroq birinchi sug’urta hodisalari yuz berishi bilanoq, aktuariylar va marketologlar bozor segmentlari va sug’urta tariflari bo’yicha aniq yo’nalishlarni belgilash imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan davlat va nodavlat sug’urta kompaniyalari sug’urtabozorining o’ziga xosligidan kelib chiqib, strategik rivojlanishi hamda marketing tadqiqotlarini muntazam olib borishlari, har bir taklif etilayotgan sug’urta xizmatining turlari, sug’urtaviy himoya ko’lamining orta borishiga erishishlari uchun aniq mezon va uslublarni ishlab chiqishlari zarur. Yangi sug’urta xizmatlarini taklif etishda, avvalo, «bozor – harakat - tuzilma» uchlik majmuasi puxta o’rganilgan va ishlab chiqilgan bo’lishi, bunday ish sug’urta bozori talablarini o’rganishdan boshlanishi muhim ahamiyat kasb etadi.



  1. Download 130,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish