Toshkent Moliya Instituti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi
Sirtqi ta’lim, СММТ 93/21 guruhi talabasi
Majidov Xojiakbar Yodgorovich
“O'zbekistonda sug'urta sektorini raqamlashtirish samaradorligi”
mavzusida yozgan
Mustaqil ishi
Kirish
Iqtisodiy inqiroz davom etayotgan va jahon iqtisodiyotining o’sishi sur’atlari pasayib borayotgan bir sharoitda ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, sifatli, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda xizmatlarning zamonaviy turlarini ko’paytirish va nomenklaturasini kengaytirish, ishlab chiqarishning energiya sig’imini qisqartirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Iqtisodiyotda erishilgan marralar, istiqbolga mo’ljallangan uzoq muddatli maqsadlar, jahon bozoridagi real va yuzaga kelishi prognozlashtirilayotgan vaziyatdan kelib chiqib 2013 yilgi iqtisodiy dasturning bir qator eng muhim yo’nalishlari va ustuvor vazifalari belgilandi. Ushbu vazifalarni belgilash chog’ida Prezidentimiz I.A.Karimov “Mamlakatni modernizatsiya qilish va yangilash chora-tadbirlarini amalga oshirishning muhim sharti va manbai sifatida faol investitsiya siyosatini amalga oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish zarur”1 deb ta’kidladilar. Shuningdek, mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirish, uzoq muddatli strategik maqsadlarni amalga oshirishda O’zbekistonning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish va mavqeini mustahkamlashga yo’naltirilgan tarkibiy o’zgarishlar, zamonaviy yuksak texnologiyalarga asoslangan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish asosiy ustuvor yo’nalishlardan biri ekanligiga alohida e’tibor qaratildi. So’nggi yillarda O’zbekiston iqtisodiyotida kuzatilayotgan rivojlanish ko’rsatkichlarini samarali moliyaviy siyosat natijasi ekanligini qayd etish zarur. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlashda va aholini ko’ngilsiz hodisalardan himoya qilishda sug’urtaning o’ziga xos muhim o’rni bor. Sug’urta ishlab chiqarishning zarur unsurlaridan biri sifatida bozor iqtisodiyotiga o’tishning muhim iqtisodiy dastaklaridan hisoblanadi. Sug’urta bozori mulkchilikning deyarli barcha shakllarini tabiiy ofatlardan saqlashda,
1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013 yilgi iqtisodiy dasturning asosiy ustuvor vazifalari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. “Xalq so’zi” gazetasi, 2013 yil 22 yanvar
xilma-xil falokatlar natijasida odamlarga yetkazilgan zararlarni qoplashda moddiy jihatdan yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |