3. Milliy sug’urta bozorida amalga oshiriladigan sug’urta
operatsiyalarining tendentsiyalari tahlili
Milliy sug’urta bozori tashkil etilib uning samarali faoliyat yuritib kelayotganiga ham mana 20 yildan oshdi. Shu davr ichida mamlakatimiz tomonidan avvalo sohani tashkil etish, uni yuritish hamda samarali faoliyat olib borishi yuzasidan bir qator huquqiy asoslar yaratildi. Xuddi shu huquqiy asosga tayangan va unga qat’iy amal qilgan holda bugungi kunda bir nechta, aniqrog’i 34 ta sug’urta tashkiloti sifatli va ishonchli xizmat ko’rsatib kelmoqda. Sug’urta
tashkilotlari, bizga ma’lumki bevosita sug’urta xizmatlarini ko’rsatadi, sohaga taaluqli bo’lmagan faoliyat bilan shug’ullanish esa “Sug’urta faoliyati to’g’risida” gi Qonunga asosan man etilgan. Ushbu faoliyatni tez, sifatli va samarali bajarishda sug’urta kompaniyalari bir qator “yordamchilar”ga tayanishga majbur bo’ladilar, ular esa sug’urta bozorining professional ishtirokchilari hisoblanadilar.
Milliy sug’urta bozorida sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchi o’rtasidagi munosabatlar bevosita sug’urta operatsiyalarining amalga oshirilishini anglatadi. Sug’urta operatsiyalari deganda sug’urta kompaniyasi tomonidan sug’urta bozori uchun sifatli sug’urta mahsulotlarini ishlab chiqish, tomonlar o’rtasida sug’urta shartnomasi tuzilgandan tortib to uning bajarilishi, sug’urta hodisasi sodir bo’lganda esa hodisaning mutaxassislar tomonidan o’rganilishi, baholanishi, sug’urtalanuvchining da’volari ko’rib chiqilishi va uning sug’urtalovchi tomonidan tartibga solinishi tushuniladi. Sug’urta operatsiyalarining samarali amalga oshirilishi, sug’urtalovchi tomonidan shunchaki mahsulot emas, balki avvalo sifatli, ishonchli, qulay narxlardagi mahsulotlarni ishlab chiqish, ularni sotish va buning natijasida sug’urta kompaniyasining sug’urta bozoridagi va sug’urta mahsulotlari talabgorlari o’rtasidagi mavqeini ko’tarish sug’urtalovchining o’zi uchun moliyaviy barqarorlikni, sug’urta bozori uchun ishonchlilikni, davlatimiz iqtisodiyoti uchun esa yuqori rivojlanish ko’rsatkichlarini ta’minlaydi. Sug`urta faoliyati iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilish uchun sezilarli manbalarni shakllantirish, investitsiya xatarlarini yumshatish, tadbirkorlik faoliyatida tavakkalchilikning salbiy oqibatlarini kamaytirish yoki bartaraf etish imkonini beruvchi sug`urta zahiralari institutlari vositasida iqtisodiyotda takror ishlab chiqarish jarayonlarining to`xtovsiz borishi uchun sharoitlar yaratadi.
Bugungi kunda sug`urta kompaniyalari tomonidan ko`rsatilayotgan sug`urta xizmatlari va ularni amalga oshirish dolzarb masala bo`lib kelmoqda. Sug`urta kompaniyalari yildan-yilga jahon andozalariga javob beradigan, sifatli va raqobatbardosh sug`urta mahsulotlarini yaratib kelmoqdalar. Lekin har doim
ham sug`urta kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilayotgan sug`urta xizmatlari mijozlarning manfaatlariga mos kelmasligi mumkin.
Sug’urta xizmatlarini ko’rsatish ikki xil yo’l bilan amalga oshiriladi:
Sug’urta turlarining majburiy yoki ixtiyoriy shaklda amalga oshirilishidan qat’iy nazar, u bo’yicha litsenziya olgan sug’urta tashkilotlarigina ushbu sug’urta xizmatlarini ko’rsatishga haqli hisoblanadi. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar sifat jihatidan yangilanishi jarayonida sug’urta faoliyati ham rivojlanib, ravnaq topib bormoqda. Milliy sug’urta bozori so’nggi yillarda jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqdaki, buning isbotini sug’urta kompaniyalarining reyting ko’rsatkichlaridan ham kuzatish mumkin. Bugungi kunda mamlakatiimizdasug’urta xizmatlari bozorini xalqaro talablar darajasiga olib chiqish, jismoniy va yuridik shaxslarning sug’urta blzorida faol ishtirok etishini rag’batlantirish maqsadida sug’urta kompaniyalari uchun har tomonlama shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bu esa, bozordagi sog’lom raqobat muhitining ham shakllanishiga olib kelmoqda.
Umuman olganda, sug`urta xizmatlari raqobat bozori yanada takomillashtirilib, tarmoqlar rivojlantirilmoqda, shu orqali aholining keng qatlami sug`urta xizmatlari bilan ta`minlanmoqda. Muhimi, aholi ehtiyoj sezadigan sug`urta turlarini aniqlash, ular bo`yicha yengilliklar yaratish, ularni talabini o`rganish, takliflar yaratish va ishonchini qozongan holda sug`urtaga jalb qilish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |