Majburiyatlar hisobining amaliy jihatlari va uni yaxshilash yo’llari


-jadval Olingan qisqa muddatli kreditning asosiy qarzini qoplash jadvali



Download 267,93 Kb.
bet12/18
Sana22.07.2022
Hajmi267,93 Kb.
#837679
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
DIPLOM ISHI (2)

6-jadval
Olingan qisqa muddatli kreditning asosiy qarzini qoplash jadvali

To’lov raqami

To’lash sanasi

To’lov summasi
so’m

Qoldiq summa
so’m

Foiz summasi so’m




03.03.2018




43400000

759500




02.04.2018

1500000

41900000

733250




02.05.2018

1500000

40400000

707000




02.06.2018

1500000

38900000

680750




02.07.2018

3000000

35900000

628250




02.08.2018

3000000

32900000

575750




02.09.2018

3000000

29900000

523250




02.10.2018

3000000

26900000

470750




02.11.2018

4500000

22400000

392000




02.12.2018

4500000

17900000

313250




02.01.2019

5000000

12900000

225750




02.02.2019

5000000

7900000

138250




02.03.2019

7900000







Jami

43400000




6147750



7-jadval
Qisqa muddatli bank kreditlari bo’yicha operatsiyalar aks ettirilishi



Muomalalar mazmuni

Summa

Debet

Kredit

1

Garov qo’yildi

43 400 000

008




2

Kredit olish aks ettiriladi

43 400 000

4310

6810

3

Menejment uchun bir martalik komissiya to’landi

300000

9430

5110

4

Kredit liniya tashkil etilganligi uchun bir martalik komissiyalar to’landi

434000

9430

5110

5

25.03.2018 yilda foiz hisoblandi.
759500=43400000*21%/12

759500

9610

6920

6

Hisoblangan foiz to’landi

759500

6920

5110

7

02.04.2018 yilda asosiy qarzning bir qismi qaytarildi

1500000

6810

5110

Shu tariqa belgilangan grafik bo’yicha foizlar va asosiy qarz qoplanib boriladi

8

02.03.2019 asosiy qarzning qolgan qismi yopiladi

7900000

6810

5110

9

Garov hisobdan chiqariladi

43 400 000




008

Banklardan olingan uzoq muddatli kreditlar summasi 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari” schyotining krediti va pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar debeti bo’yicha aks ettiriladi.


Uzoq muddatli bank kreditlarining joriy qismini o’tkazishda 7810“Uzoq muddatli bank kreditlari” schyoti debetlanadi va 6950“Uzoq muddatli majburiyatlar – joriy qismi” schyoti kreditlanadi. Bunda uzoq muddatli bank kreditining dastlabki summasi kamayadi.
8-jadval
Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarni buxgalteriya schyotlarida aks ettirilishi

T/r

Xo’jalik muomalalarining mazmuni

Debet

Kredit

1

Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlar olindi

5110,5530

7810,7820

2

Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlar hisobiga olingan TMZ qabul qilindi

1010,2910

7810,7820

3

Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlar hisobidan bo’naklar berildi

4310,4330, 4410, 4510,4520

7810,7820

4

Uzoq muddatli kreditlar va qarzlar hisobidan mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga bo’lgan qarz to’landi

6010

7810,7820

5

Berilgan veksel va obligatsiyalar evaziga uzoq muddatli qarz olindi

5110,5530

7830,7840

6

Uzoq muddatli kreditlar, qarzlar, obligatsiyalarni joriy qismga o’tkazish

7810,7840

6950

Uzoq muddali bank kreditlari va qarzlarni hisobini yuritishda quyidagi qaydnomadan foydalaniladi. Ushbu qaydnoma xo’jalik openatsiyalarini qayd etish jurnali va boshlang’ich hisob hujjatlari ma’lumotlari asosida to’ldiriladi.
Biroq men amaliyot o’tagan korxonada kredit munosabatlari mavjud emas ekan.


2.2. Majburiyatlar hisobini MHXS asosida tashkil etish va yaxshilash yo’llari
MHXS ni ko’radigan bo’lsak unda quyidagi tariflar uchraydi:
Majburiyat – bu tadbirkorlik subʼektining boʼlib oʼtgan hodisalardan yuzaga keladigan hozirgi paytda mavjud boʼlgan majburiyati boʼlib, uni soʼndirish natijasida tadbirkorlik subʼektidan iqtisodiy nafni mujassamlashtirgan resurslarning chiqib ketishi kutiladi.
Majburiyat yuklaydigan hodisa – yuridik yoki konstruktiv majburiyatni yuzaga keltiradigan hodisa boʼlib, uning natijasida tadbirkorlik subʼekti ushbu majburiyatni bajarishdan boshqa amaliy chorasi boʼlmaydi.
Yuridik majburiyat – bu quyidagilardan yuzaga keladigan majburiyat:
(a) shartnoma (unda toʼgʼridan-toʼgʼri koʼrsatilgan yoki nazarda tutilgan shartlari asosida);
(b) qonunchilik; yoki
(v) huquq normalarning boshqacha qoʼllanishi.
Konstruktiv majburiyat - tadbirkorlik subʼektining quyidagi holatlardagi xatti-harakatlaridan kelib chiqadigan majburiyat:
(a) uning oldingi shakllangan amaliyoti, chop etilgan siyosatlari yoki yetarlicha aniq boʼlgan joriy bildirgisi asosida tadbirkorlik subʼekti maʼlum javobgarliklarni olishini namoyon etgan; va
(b) buning natijasida, tadbirkorlik subʼekti u ushbu javobgarliklarni bajaradi
degan asosli kutishlarni boshqa tomonlarda tugʼdirgan.
Shartli majburiyat - bu:
(a) boʼlib oʼtgan hodisalardan yuzaga kelishi mumkin boʼlgan majburiyat. Uning mavjudligi faqatgina tadbirkorlik subʼektining toʼliq nazorati ostida boʼlmagan kelgusi noaniq hodisalarning biri yoki bir nechtasi sodir boʼlishi yoki sodir boʼlmasligi natijasida tasdiqlanadi; yoki
(b) u hozirgi paytdagi majburiyat boʼlib, boʼlib oʼtgan hodisalardan yuzaga keladi, ammo tan olinmaydi, chunki:
-iqtisodiy nafni oʼzida mujassamlashtiradigan resurlarning majburiyatni
soʼndirish uchun chiqib ketishi talab etilishining ehtimoli yoʼq; yoki
-ushbu majburiyatning summasini yetarli ishonchlilik bilan baholash mumkin boʼlmaydi.
Rezervlar boshqa majburiyatlardan, masalan savdo boʼyicha kreditorlik qarzlar yoki hisoblangan kreditorlik qarzlaridan, ular hisob-kitob qilinganida, kelgusi xarajatlarning amalga oshirilishi vaqti yoki summasi noaniqligi tufayli farqlanishi mumkin. Farqli oʼlaroq:
(a) savdo boʼyicha kreditorlik qarzlar – bu olingan yoki yetkazib berilgan tovarlar yoki xizmatlar uchun toʼlanadigan va mol yetkazib beruvchi tomonidan hisob-kitobi talab etilgan yoki u bilan rasmiy kelishilgan majburiyatlardir; va
(b) hisoblangan kreditorlik qarzlari – olingan yoki yetkazib berilgan, lekin toʼlanmagan tovarlar yoki xizmatlar uchun toʼlanishi lozim boʼlgan va mol yetkazib beruvchi tomonidan hisob-kitobi talab etilgan yoki u bilan rasmiy kelishilgan majburiyatlardir, shu jumladan xodimlarga toʼlanishi lozim boʼlgan summalar (masalan, hisoblangan taʼtil puliga tegishli summalar).
Hisoblangan kreditorlik qarzlarining muddatini va summasini baʼzida baholash qiyin boʼlsada, bundagi noaniqlik darajasi rezervlar boʼyicha noaniqlik darajasidan odatda ancha pastdir.
Hisoblangan kreditorlik qarzlari koʼpincha savdo boʼyicha kreditorlik qarzlar va boshqa kreditorlik qarzlarning bir qismi sifatida aks ettiriladi, rezervlar esa hisobotda alohida koʼrsatiladi. Kamdan-kam holatlarda hozirgi paytda majburiyat mavjud ekanligi aniq boʼlmaydi. Bunday holatlarda, boʼlib oʼtgan hodisa hozirgi paytda mavjud boʼlgan majburiyatni (keyingi matnda “hozirgi majburiyat”) yuzaga keltiradi deb hisoblanadi, agar, barcha bor boʼlgan dalillarni inobatga olgan holda, hisobot davrining oxirida bunday majburiyatning mavjudligi ehtimoli uning mavjud emasligi ehtimolidan koʼproq boʼlsa.
Deyarli barcha holatlarda boʼlib oʼtgan hodisa hozirgi majburiyatni yuzaga keltirganligi yoki keltirmaganligi aniq boʼladi. Kamdan-kam holatlarda, masalan sud jarayonida, muayyan hodisalar sodir boʼlgani yoki bu hodisalar hozirgi majburiyatni yuzaga keltirganligi toʼgʼrisida bahslarni tugʼdirishi mumkin. Bunday holatda, tadbirkorlik subʼekti, barcha bor boʼlgan dalillarni, shu jumladan, masalan ekspertlarning fikrini, inobatga olgan holda, hisobot davrining oxirida hozirgi majburiyat mavjud ekanligini aniqlaydi. Inobatga olinadigan dalillar hisobot davri tugashidan keyin sodir boʼlgan hodisalar taʼminlagan har qanday qoʼshimcha dalillarni oʼz ichiga oladi. Bunday dalillar asosida:
(a) hozirgi majburiyat hisobot davrining oxirida mavjudligining ehtimoli uning mavjud emasligi ehtimolidan koʼproq boʼlsa, tadbirkorlik subʼekti rezervni tan oladi (agarda tan olish mezonlari bajarilsa); va
(b) hisobot davrining oxirida hozirgi majburiyat mavjud emasligi ehtimoli koʼproq boʼlsa, tadbirkorlik subʼekti shartli majburiyatni ochib beradi, biroq bunda iqtisodiy nafni mujassamlashtirgan resurslarning chiqib ketishi ehtimoldan uzoq boʼlmasligi kerak. Hozirgi majburiyatni yuzaga keltiradigan boʼlib oʼtgan hodisa majburiyat yuklaydigan hodisa deb aytiladi. Hodisa majburiyat yuklaydigan hodisa boʼlishi uchun tadbirkorlik subʼekti ushbu hodisa natijasida yuzaga kelgan majburiyatni soʼndirishdan boshqa amaliy muqobili boʼlmasligi kerak. Bu faqatgina shunda sodir boʼladi, qachonki:
(a) majburiyat qonunchilik bilan majburiy ravishda soʼndirilishi mumkin boʼlsa; yoki
(b) konstruktiv majburiyat holatida, hodisa (bu tadbirkorlik subʼektining xatti-harakati ham boʼlishi mumkin) tadbirkorlik subʼekti tomonidan majburiyatning bajarilishi toʼgʼrisida boshqa tomonlarda asosli kutishlar toʼgʼdirsa.
Moliyaviy hisobotlar tadbirkorlik subʼektining kelgusida mumkin boʼlgan moliyaviy holatini emas, hisobot davri oxiridagi moliyaviy holatini koʼrsatadi. Shuning uchun, kelgusida faoliyat koʼrsatish uchun zarur boʼlgan xarajatlar boʼyicha hech qanday rezerv tan olinmaydi. Tadbirkorlik subʼektining moliyaviy holati toʼgʼrisidagi hisobotda tan olinadigan majburiyatlar – bu faqat hisobot davri oxirida mavjud boʼlgan majburiyatlardir. Bu faqat shunday majburiyatlarki, ular tadbirkorlik subʼektining kelgusi xatti-harakatlaridan (yaʼni kelgusida biznesini amalga oshirishidan) mustaqil ravishda boʼlib oʼtgan hodisalar natijasida yuzaga keladi va rezervlar sifatida tan olinadi. Bunday majburiyatlarga atrofmuhitga noqonuniy yetkazilgan zararni bartaraf etish xarajatlari yoki bunday zararni yetkazish uchun jarimalar misol boʼla oladi, ikkalasi ham hisob-kitob qilinishida tadbirkorlik subʼektining kelgusi xatti-harakatlaridan qatʼiy nazar iqtisodiy nafni mujassamlashtirgan resurslarning chiqib ketishiga olib keladi. Shunga oʼxshash, tadbirkorlik subʼekti neftь qazib oladigan qurilma yoki atom elektrostantsiyasini ekspluatatsiyadan chiqarish xarajatlari boʼyicha, tadbirkorlik subʼekti allaqachon yetkazilgan zararni qoplashga majbur darajasida, rezervni tan oladi. Аksincha, tijorat bosimlari ostida yoki yuridik talablarga koʼra tadbirkorlik subʼekti kelgusida muayyan yoʼnalishda faoliyat yurgizishi uchun xarajatlarni amalga oshirishni (masalan, muayyan turdagi zavodda tutunga qarshi filьtrlarni oʼrnatishni) rejalashtirishi yoki bunday xarajatlarni amalga oshirishi zarur boʼlishi mumkin. Tadbirkorlik subʼekti oʼzining kelgusi xatti-harakatlari yordamida, masalan faoliyat yuritish tartibini oʼzgartirish orqali, kelgusi xarajatlarni chetlab oʼtishi mumkin boʼlgani tufayli, u ushbu kelgusi xarajatlar uchun hech qanday majburiyatga ega emas va hech qanday rezerv tan olinmaydi. Majburiyat mavjud boʼlganida har doim boshqa tomon ishtirok etadi, yaʼni bu boshqa tomon oldida majburiyat mavjud boʼladi. Biroq, bu tomon kim ekanligini bilish shart emas — aslida, majburiyat butun jamiyat oldida boʼlishi mumkin. Majburiyat har doim boshqa tomonning oldida majburiyatni koʼzda tutganligidan shu narsa kelib chiqadiki, rahbariyatning yoki kengashning qarori hisobot davri oxirida konstruktiv majburiyatni keltirib chiqarmaydi, agar bu qaror hisobot davri tugashidan oldin u taʼsir qiladigan tomonlarga ularda tadbirkorlik subʼekti tomonidan majburiyat bajarilishi toʼgʼrisida asosli kutish toʼgʼdiradigan yetarlicha aniq tarzda yetkazilgan boʼlmasa. Majburiyatni darhol yuzaga keltirmaydigan hodisa uni keyingiroq sanada, qonunchilik oʼzgarishi yoki tadbirkorlik subʼektining xatti-harakati (masalan, jamiyat oldida yetarlicha aniq bildirgisi) konstruktiv majburiyatni keltirib chiqarganligi tufayli yuzaga keltirishi mumkin.
Misol sifatida, atrof-muhitga zarar yetkazilganda, buning natijalarni bartaraf etish boʼyicha majburiyat boʼlmasligi mumkin. Biroq, yangi qonunchilik yetkazilgan zararni bartaraf etishni talab qilganida yoki tadbirkorlik subʼekti konstruktiv majburiyatni keltirib chiqaradigan ravishda zararni bartaraf etish boʼyicha javobgarlikni oʼz zimmasiga olishini omma oldida bildirganida bunday zarar yetkazish majburiyatni yuklaydigan hodisaga aylanadi.
Yangi taklif etilgan qonunchilik xujjatining tafsilotlari hali oxirigacha muhokama qilinishi talab etilganida, majburiyat faqatgina yangi qonun uning loyihasida keltirilgan tahrirda kuchga kirishi aslida aniq boʼlganida yuzaga keladi. Ushbu Standart maqsadlarida, bunday majburiyat yuridik majburiyat sifatida qaraladi. Qonunchilik xujjatlarini qabul qilish va kuchga kiritish tartiblaridagi farqlar qonun kuchga kirishini aslida aniq taʼminlaydigan yagona hodisani aniqlashni imkoni yoʼqligiga olib keladi. Koʼpgina holatlarda, qonunchilik xujjati rasmiy qabul qilinmaguncha uning qabul qilinishi aslida aniq deb boʼlmaydi.
Taxminiy baholashlardan foydalanish moliyaviy hisobotlar tayyorlanishining muhim qismidir va ularning ishonchligini pasaytirmaydi. Bu ayniqsa rezervlarlarga nisbatan toʼgʼri, chunki ular oʼz mohiyatiga koʼra moliyaviy holat toʼgʼrisidagi hisobotning koʼpgina boshqa moddalariga qaraganda koʼproq darajada noaniq boʼladi. Juda kamdan-kam holatlardan tashqari holatlarda tadbirkorlik subʼekti ehtimoli bor natijalar diapazonini aniqlay oladi va rezervni tan olish uchun yetarlicha ishonchli boʼlgan darajada majburiyatni baholashi mumkin. Juda ham kamdan-kam holatlarda, ishonchli baholanishi mumkin boʼlmaganda, tan olib boʼlmaydigan majburiyat mavjud boʼladi. Bunday majburiyat shartli majburiyat sifatida ochib beriladi. Tadbirkorlik subʼekti shartli majburiyatni tan olmasligi lozim. Shartli majburiyat, ochib berilishi kerak, agar iqtisodiy nafni mujassamlashtirgan resurslarning chiqib ketishi ehtimoldan uzoq boʼlmasa. Tadbirkorlik subʼekti majburiyat uchun birgalikdagi javobgarlikka ega boʼlganida, majburiyatning boshqa tomonlar bajarishi kutilayotgan qismi shartli majburiyat sifatida qaraladi.
Tadbirkorlik subʼekti majburiyatning iqtisodiy nafni mujassamlashtirgan resurslar chiqib ketishi ehtimoli bor qismi uchun rezervni tan oladi, bundan uni ishonchli baholab boʼlmaydigan juda ham kamdan-kam holatlar istisno. Shartli majburiyatlar dastlab kutilmagan tarzda rivojlanishi mumkin. Shu bois, ular iqtisodiy nafni mujassamlashtirgan resurslar chiqib ketishi ehtimoli paydo boʼlganini aniqlash maqsadida muntazam ravishda qayta koʼrib chiqiladi. Аgar oldin shartli majburiyat sifatida tasniflangan majburiyat boʼyicha iqtisodiy nafni mujassamlashtirgan resurslar chiqib ketishi talab etilishi ehtimoli paydo boʼlsa, ehtimollikda oʼzgarish sodir boʼlgan davrda moliyaviy hisobotlarda rezerv tan olinadi (majburiyatni ishonchli baholash mumkin boʼlmagan juda ham kamdan-kam holatlar bundan mustasno).



Download 267,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish