2-jadval
Kechiktirilgan majburiyatlarni buxgalteriya schyotlarida aks ettirilishi56
T/r
|
Xo’jalik muomalalarining mazmuni
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Obligatsiyalar diskont bilan sotib olinganda diskont summasi hisobga olindi
|
0600, 5800
|
6210, 51105530
|
2
|
Joriy obligatsiyalar diskonti hisobdan chiqarildi
|
6210
|
9530
|
3
|
Kechiktirilgan diskontning uzoq muddatli qismi joriy qismga o’tkazildi
|
7210
|
6210
|
4
|
Obligatsiyalar mukofot bilan sotilganda, mukofot summasi hisobga olindi
|
51105530
|
6220
|
5
|
Joriy obligatsiyalar mukofotining hisobdan chiqarilishi
|
6220
|
9530
|
6
|
Kechiktirilgan mukofotlarning uzoq muddatli qismi joriy qismga o’tkazildi
|
7220
|
6220
|
7
|
Kelgusida jo’natiladigan TMZ, ko’rsatiladigan xizmatlar, bajariladigan ishlar uchun pul mablag’lari kelib tushdi
|
51105530
|
6230
|
8
|
Kechiktirilgan daromadlarning tayyor mahsulotlar, tovarlar sotilganda, ishlar bajarilganda va xizmatlar ko’rsatilishi bilan daromadga qo’shilishi
|
6230
|
9010, 9020, 9030
|
9
|
Ijara bo’yicha kechiktirilgan daromad summasi tegishli davrda daromadga qo’shildi
|
6230
|
9350, 9550
|
10.
|
Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlarning joriy qismi hisobot davrida byudjetga to’lash uchun hisobdan chiqarildi
|
7240
|
6240
|
11
|
Vaqtinchalik farqlar bo’yicha foyda solig’i bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar joriy qismiga o’tkazildi
|
7250
|
6250
|
Obligatsiyalarni mukofotlar bilan sotilishi 6220“Muddati uzaytirilgan mukofot (ustama)lar” va 6830 “To’lanadigan obligatsiyalar” yoki 7830 “To’lanadigan obligatsiyalar” schyotlarning krediti va 5110“Hisobkitob schyoti” ning debetida aks ettiriladi.
Obligatsiya qarzining davri mobaynidagi mukofotlar 9530“Foizlar ko’rinishidagi daromadlar” schyotiga o’tkaziladi.
Subyektlar o’zlarining moliyaviyxo’jalik faoliyatini amalga oshirayotganda yuqorida qayd qilingan joriy majburiyat qarzlaridan tashqari, quyidagi majburiyatlari vujudga keladi: lizing muomalalari bo’yicha qarzlar, hisoblangan foizlar, royalti va gonararlar, kafolatlar bo’yicha qarzlar, uzoq muddatli qarzlarning bir qismini joriy majburiyatga o’tkazish, da’volar bo’yicha va aktsiyador shaxslarga bo’lgan qarzlar va boshqa joriy qarz majburiyatlari vujudga keladi.
Ushbu muomalalar natijasida vujudga kelgan qarzlar va ularni to’lash bo’yicha amalga oshirilgan to’lovlarni quyidagi schyotlarda 21 sonli BHMSga muvofik qayd qilish va umumlashtirish ko’zda tutilgan:
6910 “To’lanadigan qisqa muddatli ijara”;
6920 “Hisoblangan foizlar”;
6930 “Royalti va gonorarlar bo’yicha qarzlar”;
6940 “Kafolatlar bo’yicha qarzlar”;
6950 “To’lanadigan uzoq muddatli qarz majburiyatlarini joriy qismi”;
6960 “Da’volar bo’yicha to’lanadigan schyotlar (to’lovlar)”;
6970 “Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar”;
6990 “Boshqa majburiyatlar”.
Bu majburiyatlar korxonaning faoliyati davomida vujudga kelib, u tovar-moddiy qiymatlarni sotib olish va xizmatlardan foydalanishni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |