Davriy inqirozlar ma’lum vaqt mobaynida takrorlanib turadi.
Oraliq inqirozlar to’liq sikl buyicha yuz bermaydi. Siklning biron-bir fazasida to’xtatiladi. Ular nisbatan uncha chuqur bo’lmay, qisqa muddat davom etadi.
Nomuntazam inqirozlar biron-bir alohida sabablarga ko’ra yuz beradi. Masalan, tabiiy ofat, sel, to’fon, qurg’oqchilik tufayli iqtisodiyotda tang ahvolga tushish mumkin.
3. Takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko’ra inqirozlar ikkiga: ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlariga bo’linadi. Tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi turli naf keltiradigan ne’matlarni ko’p ishlab chiqarish, lekin ularni to’la sota olmaslikda namoyon bo’ladi.
Taqchil ishlab chiqarish inqirozi davrida muvozanat buzilib, yetishmovchilik natijasida tang ahvol kelib chiqadi. Shunday qilib, iqtisodiyotning tang ahvolga tushishiga faqat ortiqcha ishlab chiqarish emas, balki taqchil ishlab chiqarish ham sabab bo’ladi.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Iqtisodiy rivojlanish – ko’p o’lchamli jarayon bo’lib, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotida o’z ifodasini topadi.
Iqtisodiy o’sish – YaIM, SMM, MD miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko’payishida va sifatining yaxshilanishida ifodalanadi.
Iqtisodiy o’sish mezoni – iqtisodiy o’sishni nisbatan to’liq darajada baholash imkonini beradigan ko’rsatkichni xarakterlaydi.
Iqtisodiy o’sishning ko’rsatkichlari – iqtisodiy o’sishni aniqlashda foydalaniladigan qiymat, ijtimoiy naflilik va natural (jismoniy) ko’rsatkichlar tizimidan iborat.
Ekstensiv iqtisodiy o’sish – ishlab chiqarishga qo’shimcha iqtisodiy resurslarni jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib borishi.
Intensiv iqtisodiy o’sish – ishlab chiqarish omillarining mavjud darajasida, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko’payib borishi.
Iqtisodiy o’sish omillari – iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatishda o’z o’rniga ega bo’lgan va uni aniqlab beruvchi talab, taklif va taqsimlash omillarini bildiradi.
Milliy boylik – insoniyat jamiyati taraqqiyotida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan moddiy va ma’naviy boyliklar hamda foydalanishga jalb qilingan tabiat in’omlari.
Moddiy-buyumlashgan boylik – milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan ashyoviy – buyum ko’rinishga ega bo’lgan qismi.
Tabiiy boylik – milliy boylikning tabiat in’omlaridan iborat bo’lgan, foydalanishga jalb qilingan, ishlab chiqarishning shart –sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladigan qismi.
Ma’naviy boylik – ashyoviy-buyum ko’rinishiga ega bo’lmagan nomoddiy qimmatliklardan va insoniyatning intellektual salohiyati natijalaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |