168
Falsafiy nuqtai nazarlar ta’lim mazmunida, o‘quv fanlari mazmunida ancha
aniq kuzatiladi. Ammo ko‘pincha ularning g‘oyaviylik yo‘nalishlarida birlik
bo‘lmaydi, yagona umumiy falsafiy asoslar yo‘q. O‘zbekiston Respublikasida
zamonaviy ta’lim mazmuni ana shunday ziddiyatlar bilan farq qiladi.
Ta’limning metodlari va vositalarida falsafiy asoslarni aniqlash qiyinroq. Bir
xil metodlar g‘oyalari bo‘yicha umuman qarama-qarshi texnologiyalarda
qo‘llanilishi mumkin. Shuning uchun bir texnologiya u yoki bu falsafiy asosga
moslanishi mumkin (misol uchun: o‘yin).
Zamonaviy jamiyatshunoslikda u yoki bu darajada ta’lim jarayonida mavjud
bo‘lgan falsafiy yo‘nalishlar, maktab, oqimlar ko‘p turlari mavjud.
Umumpedagogik texnologiyalarda
asosiy falsafiy muammolari
Pedagogik texnologiyalar konsepsiyalarida eng aniq ko‘rinadigan bir necha
bir-biriga mos falsafiy asoslarni ajratib ko‘rsatamiz: materializm va idealizm,
dialektika va metafizika sseptizm va tabiiy muvofiqlik, insonparvarlik va
antiinsonparvarlik, antroposofiya
va teosofiya, pragmatizm va ekzistensializm.
Materializm. Ta’lim ma’lumotlari milliy zahiralarida – O‘zbekistonning -
o‘quv metodik adabiyotlarda eng avval dialektik-materializm falsafiy yo‘nalishlar
aks ettirilgan: maktab ta’lim muammolarini boshqacha tushunish sobiq sovet
davrida bema’ni hisoblangan. An’anaviy ta’lim tizimi aynan ana shu falsafaga
asoslangan. SHu bilan birga jahon pedagogika fani va amaliyotida har tomonlama
rivojlanish (ma’naviy, g‘oyaviy, intellektual, estetik, jismoniy) masalasini samarali
hal etuvchi dunyoqarash muammolariga bir qator alternativ yondoshishlar mavjud.
Insonparvarlik – insonni shaxs sifatida qadrlovchi, uning erkinligi, baxti,
rivojlanishi va hamma qobiliyatlarini namoyon etish huquqini tan oluvchi
dunyoqarash sistemasi. Bu sistema inson farovonligini ijtimoiy hodisani baholash
mezoni, tenglik prinsipini – haqiqat, insoniylikni esa – jamiyatdagi munosabatlar
istalgan qoidalari deb hisoblaydi.
Insonparvarlik falsafasiga antroposofiya, pedotsentrizm, erkin tarbiyalash,
tabiati muvofiqligi, neopizitivizm, pozitiv ekzistensilizm kabi yo‘nalishlar
qo‘shiladi.
Teosofiya diniy yo‘nalish maktablari mazmun asosi hisoblanadi. Teosofiya
insonparvarlik paradigmasi xalq pedagogikasida ancha chuqur ildizlarga ega,
yoshlarda yomonlik va yaxshilik, shavqatlilik xulqi haqida tasavvurlarini ancha
to‘g‘ri shakllantiradi.
169
Antroposofiya
muataassiblik tuzilishlar, sektantliklar bilan hech qanday
bog‘liqligi yo‘q, u moddiy emas, ma’naviy qadriyatlarni o‘rganishga qaratilgan
dunyoqarashga qat’iy mo‘ljallangan maqsadni ko‘zlaydi, u hayot maqsadi
haqidagi, mazmuni haqidagi safollarga javob beradi. Pedotsentrizm falsafasi
antroposofiyasiga yaqin.
Pedotsentrizm – falsafiy tarbiyaning bir yo‘nalishi bo‘lib, u bolaning
qiziqishlari va talablarini birinchi o‘ringa qo‘yishdan kelib chiqadi.
Pedagogikaning asosiy vazifasi bolalar rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish deb
biladi.
Ekzistensializmning falsafiy konsepsiyasi “inson o‘zidan ima qilsa ana
shudir” tezisidan kelib chiqadi. Klassik ekzistensializm vakillari ekzistensiya
ma’nosini, uning ma’naviy mohiyatini negativ xususiyatli xissiyot va
kayfiyatlardan (qo‘rquv, gunohkorlik, noumidlik) iborat deb bilganlar,
neaekzistensialistlar esa ko‘tarinkilik, sovuqqonlik, ishonch, kelajakka ishonish va
umid xissi kabi fazilatlar bilan ekzistensiyani boyitib, ba’zi gumanistik g‘oyalarni
asos qilib oladilar. Ana shu xislatlar hisobiga deb hisoblaydilar ular, insonning
ma’naviy tanlovi ongli va aniq bo‘ladi, uning dunyoga faol munosabati muhim
sharti bo‘lib ishtirok etadi.
Muvaffaqiyatga erishish inson hayotining asosiy maqsadi deb hisoblab,
tarbiyaning pragmatik konsepsiya tarafdorlari insonni oldiga yuksak maqsadlar
qo‘yish, ijtimoiy g‘oyalarga intilishlardan ozod etib muvaffaqiyatni inson hayoti
faqatgina individual doirasi bilan chegaralaydilar.
Zamonaviy neopragmatik falsafa shaxsning individuallistik nuqtai nazari va
uni
insonparvarlik
yo‘nalishi
qarama-qarshiliklarini
murosaga
keltiradi.Insonparvarlik yo‘nalishiga alternativ deb ssientistik –
Do'stlaringiz bilan baham: