98
25-rasm. Mikroneyr chizmasi
1 - tarozi; 2
- mikroprotsessor; 3 - kamera; 4 - richag; 5- shkala; 6 - strelka;
7- vakuum-klapan
So‘ng klapan yordamida ishchi kamerasidan havo chiqariladi va
mikroneyrning nol ko‘rsatkichi kolibrlanadi. Bundan keyin plunjerni
tushirib
(richagni ko‘tarib), kolibrovkali shaybani chiqariladi.
Mikroneyrni aniq kolibrovka qilish uchun kolibrovkali toladan foydalaniladi.
Kolibrovkali tola paxtaning navi bo‘yicha aniq bo‘linmaydi, ammo mikroneyrni
past ko‘rsatkichi bilan kolibrovkali tola paxtaning past navlari uchun, yuqori
ko‘rsatkichi bilan kolibrovkali tola paxtaning yuqori navlari uchun ishlatiladi.
Mikroneyrning ko‘rsatkichlarida kolibrovkali tola 2,1 mic.dan 6,0 mic.gacha
bo‘ladi. Kolibrovka uchun mikroneyr taro-zida yoki elektron tarozida, 8 gr
kolibrovkali tolani o‘lchab va keyin ishchi
kamerasiga joylashtiriladi, so‘ng
ishchi
kamerasining qopqog‘i yopilib va plunjer ishlash holatiga ko‘tariladi (richagni
tushirib).
Mikroneyr ko‘rsatkich strelkasi kolibrovkali tolaning ko‘rsatkichini aniqlash
uchun kerak. Agar mikro-neyr ko‘rsatkichi kolibrovkali tola-ning ko‘rsatkichi
bilan teng bo‘lma-sa, bunda uskunaning kolibrovkasi qaytariladi. Kolibrovkadan
so‘ng plunjer tushiriladi, ishchi kamera-sining qopqog‘i
ochilib kolibrovkali tola
chiqariladi.
Paxta tolasining mikroneyrini aniqlash uchun o‘rtacha namuna olinadi,
99
tarozda 8 gramm paxta tolasi tortilib ishchi kamerasiga solinadi. Ishchi
kamerasining qopqog‘i yopilib, plunjerni ishchi holatiga keltiriladi va mikroneyr
ko‘rsatkichi shkalasi bo‘yicha yozi-ladi. So‘ng plunjer tushiriladi, ishchi
kamerasining qopqog‘i ochiladi va paxta tolasining namunasi olinadi.
Paxta tolasining partiyasidan 10 % namunasidan mikroneyr ko‘rsatkichi
yoziladi.
Sinash usullarini nazorat qilish uchun maxsus tartibda tasdiqlangan paxta
tolasining standart (etalon) namunalari qo‘llaniladi.
Paxta tolasining chiziqli zichligi — tola massasini uning uzunligiga nisbati
aniqlaydigan kattalikdir. Bu ko‘rsatkich tolaning qalinligini aniqlaydi.
Mikroneyr ko‘rsatkichi namunadagi tola qalinligining havo o‘tkazuvchanlik
bo‘yicha xarakteristikasidir.
Ba’zi bir seleksiya navlari uchun mikroneyr ko‘rsatkichi mikro-grammni
duymga nisbatida bo‘lgan chiziqli zichlik bilan to‘g‘ri kelishi mumkin.
Xalqaro kelishuvlarga binoan bu ko‘rsatkich paxta tolasining
har xil seleksiya
navlari uchun shartli mikroneyr shkalasi birligida qo‘llaniladi.
Sinalgan namunalarning massasi shu tipdagi asbob uchun o‘zgarmas va u
g‘o‘zaning seleksiya naviga bog‘liq emas.
Namunalarni sinashdan avval iqlim sharoitda, harakatdagi havo oqimi ostida
kamida 4 soat yoki harakatsiz havo oqimi ostida 12 soat davomida yoki namuna
vaznining o‘zgarishi 2 soat davomida 0,25 foizdan oshmagan
hollarda undan kam
vaqt davomida ushlab turiladi.
Mikroneyr ko‘rsatkichini aniqlash uchun LPS-4 qurilmasi qo‘llanilganda
sinash uchun namuna massasi 9,0±0,02 g. Sinash uchun namuna kichik-kichik
qismlarda qurilmaning kamerasiga tolalarning to‘p-to‘p bo‘lib yig‘ilib qolishiga
yo‘l qo‘yilmaydigan qilib joylashtiriladi. Zichlashgan va yig‘ilib qolgan tolalar
albatta qo‘l bilan titiladi. Namuna orqali qurilmaning konstruksiyasiga bog‘liq
bo‘lgan ma’lum bosim (yoki oqim) ostida havo oqimi yuboriladi.
Asbob shkalasi
bo‘yicha hisob ± 1 foiz aniqlikda bajariladi.
Mikroneyr va LPS-4 asboblarida mikroneyr ko‘rsatkichini aniqlash uchun
100
ishlatilayotgan namuna sinash oldidan paxta analizatoridan o‘tkazilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: