O‘lchashlarni bajarishga tayyorgarlik
Paxta tolasining rangi va tashqi ko‘rinishini aniqlash uchun namuna tanlash
O‘z DSt 604, O‘z DSt 614- ga muvofiq bajariladi.
34-rasm. Etalon namunalar.
O‘lchashni bajarish
Paxta tolasining rangi va tashqi ko‘rinishini aniqlash maxsus jihozlangan
klassyor xonalarida bajariladi. Operator sinalayotgan namunani klassifikator
stoliga, tashqi ko‘rinish etalon namunalari (34-rasm) joylashgan quti bilan yonma-
yon qo‘yadi va solishtirma yo‘li bilan ko‘proq yaqin keluvchi etalon namuna
topiladi. Keyin operator sinalayotgan namunani yuqori va pastki bo‘laklarga
ajratadi (kitob shaklida ochib) va namunaning ichki yuzasini etalon namunalar
bilan solishtiradi. Agar namunaning tashqi va ichki yuzalar rangi hamda tashqi
ko‘rinishi muvofiq kelmasa, baholash natijasi sifatida past ko‘rsatkich olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |