Pishiqlik ko‘rsatkichini va uzilishdagi nisbiy uzayishini o‘lchash.
Paxta tolasining pishiqligi solishtirma uzilish kuchi ta’rifi bilan gk/ teks da
ifodalanadi.Uzilishdagi nisbiy uzayish (Elongation) tolaning uzilishi paytidagi
uzayishining foizda ifodalanadi.
Ko‘rsatkichlarni o‘lchash dinamometrik usul bilan o‘lchash analizatorida
amalga oshiriladi. Bunday qisqichlar orasidagi masofa 1/8 (3,2 mm) bo‘lib, uzilish
kuchi ta’sirida tolalar yassi tutamining uzilishi aniqlanadi.
Tolaning pishiqligini o‘lchash uchun uning uzunlik ko‘rsatkichi bo‘yicha
o‘lchovdan o‘tgan tutami ishlatiladi. Tizim avtomatik ra-vishda qisqichlar o‘rnini
aniqlab, so‘ngra tolalar uzilishini amalga oshiradi.
Har bir namuna solishtirma uzilish kuchi ko‘rsatkichlari va uzilish-dagi nisbiy
uzayishi bo‘yicha yangi olingan tola tutamini kamida 2 marotaba qayta ko‘rish
yo‘li bilan o‘lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |