О‘lchashlarning ruxsat etilgan xatoligi
1. Ikki har xil laboratoriyada olingan ikki namunani sinash (usulning
kelishuvchanligi) natijalari orasidagi yoki, bir laboratoriyada har xil sharoitda
olingan ikki sinov (usulning qaytariluvchanligi) orasidagi farqlanish, namlikning
massaviy nisbatini aniqlashni tо‘g‘riligini tekshiruvchi nazorati ostida olingan
natijalarning ruxsat etilgan farqlanishidan, paxtaning namligi 10% gacha bо‘lganda
±
0,5 abs. % dan va USX-1, о‘lchash moslamasi qо‘llanilganda va namlik 10 % dan
yuqori bо‘lganda
±
5 nisb. % dan oshmasligi kerak.
2. Paxtaning namligi 10 % gacha bо‘lganda USX-1, VXS-1, VXS-M1
о‘lchash qurilmalarida namlikni aniqlashning xatoligi quritish shkafida
aniqlanganiga nisbatan
±
0,5 abs. % dan oshmasligi va namlik 10% dan yuqori
bо‘lganda
±
5 nisb. % dan oshmasligi kerak.
3. Quritish shkafida namlikni aniqlashning hisobga olingan sistematik xatoligi
±
0,2 % dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |