Mahsulot sifati tahlili


Mahsulot sotish hajmiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili (ming so‘mda)



Download 46,84 Kb.
bet4/5
Sana06.07.2022
Hajmi46,84 Kb.
#750295
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mahsulot sifati tahlili

Mahsulot sotish hajmiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili (ming so‘mda)







Ko‘rsatkich

Shartli belgi

Hisobot yili

Rejadan og‘ish

Sotish hajmiga
ta’sir

reja

haq.

1


Yil boshida tayyor mahsulot qoldig‘i


Qyb

16166

25352

+9186



+9186

2

Tovar mahsulot ishlab chiqarish

T

268682

281126

+12444

+12444

3

Yil oxirida tayyor mahsulot qoldig‘i

Qyo

24394

26098

+1704

-1704

4

Mahsulot sotish
(moddalar:1+2-3)

R

260454

280380

+19926

X

Bizning misolimizda mahsulot sotish rejasi 19926 ming so‘mga yoki 7,6% ziyod bajarilgan (19926 *100 : 260454). Ulardan 9186 ming so‘m yil boshi uchun tayyor mahsulot qoldiqlari ortishi ulushiga to‘g‘ri keladi. Tovar mahsulotlarni rejadan tashqari ishlab chiqarish 12444 ming so‘mni tashkil qiladi va sotish ham xuddi shu miqdorga ortgan. Biroq tayyor mahsulot qoldiqlarining rejadan tashqari o‘sishi yil oxirida sotish hajmining 1704 ming so‘mga kamayishiga olib keldi.

3.7-jadval

Sotish hajmiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili natijalarini umumlashtirish




Omillar

Summa, ming so‘m

Rejaga nisbatan foizda

1.

Yil boshi uchun tayyor mahsulot qoldig‘ining ortishi

+9186

+3,5

2.

Tovar mahsulotni rejadan tashqari ishlab chiqarish

+12444

+4,7

3.

Yil oxiri uchun tayyor mahsulot qoldig‘ining
ortishi

-1704

-0,6



Jami

+19926

+7,6

Hisoblashni tekshirish:


+9186 +12444 -1704= +19926 ming so‘m;
+3,5 +4,7 -0,6 = +7,6%.
Tahlil jarayonida omborlarda rejadan tashqari qoldiqlar vujudga kelishi, xaridorlar tomonidan mahsulotlar uchun o‘z vaqtida to‘lovlar amalga oshirilmasligining sabablarini aniqlash va mahsulot sotish hamda tushum olishni jadallashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish zarur.

Yetkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilishini hisobga olgan holda sotish ko‘rsatkichlarini amaliyotda qo‘llash juda muhim ahamiyatga ega, chunki korxona rahbariyatining ishlab chiqa- rilayotgan mahsulotning natural-moddiy tarkibi va uning xaridorlar bilan shartnomalarda nazarda tutilgan talablarga mutanosibligiga e’ti- borini kuchaytiradi. Pul muomalasini tartibga solish uchun mahsulot sotishdan tushumlar miqdorini ham bilish lozim.


Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha reja bajarilishini baholashga o‘tishdan avval umumiy miqdor va mahsulotlar assortimenti bo‘yicha sotish rejasining yil boshi va oxiri uchun sotilmay qolgan tayyor mahsulot qoldiqlari hamda tovar mahsulotlar ishlab chiqarish rejasi bilan muvofiqligini, shuningdek, rejaviy sotish hajmining xaridorlar bilan shartnomalar orqali ta’minlanganligini tekshirish zarur. Amali- yotda shartonmalarning umumiy summasi sotish rejasidan kam bo‘lgan, ya’ni rejalashtirilayotgan sotish ta’minlanmagan holat uchrab turadi. Mahsulotlarning rejalashtirilgan natural-moddiy tarkibi bilan shartnomalar va ularga ilova qilingan spetsifikatsiyalarda qayd qilingan xaridorlar buyurtmalari o‘rtasida tafovut undan ham ko‘proq kuzatiladi.
Bundan tashqari, yil boshi va oxiri uchun sotilmay qolgan tayyor mahsulot qoldiqlari sotshini rejalashtirishda taxminan hisoblanadi, chunki yil boshi uchun ushbu qoldiqlar haqida hisobot ma’lumotlari mavjud bo‘lmaydi (kelgusi yil rejasi hisobot yili yakunlangunga qadar ishlab chiqiladi). Shu sababli mahsulotlarning rejaviy balansi real bo‘lmasligi mumkin. Yil boshi uchun balans bo‘yicha sotilmay qolgan tayyor mahsulot qoldiqlarini aniqlash uchun ularning sotish hajmining rejaviy hisoblashlari uchun qabul qilingan miqdori bilan taqqoslanadi. Tekshirish natijalari bo‘yicha zaruratga ko‘ra sotishning rejalashtirilgan umumiy hajmiga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Mahsulotning natural-moddiy tarkibi bo‘yicha xaridorlar bilan shartnomalarga sotish rejasi mutanosibligiga oid yanada batafsil tahlil rejalashtirilgan ishlab chiqarish assortimenti va yil boshi va oxiri uchun sotilmay qolgan tayyor mahsulot qoldiqlari haqida ma’lumotlar jalb qilinishini taqozo etadi.
Sotish rejasi asoslanganligi va realligi tekshirilgandan so‘ng uning bajarilishini baholashga o‘tish talab qilinadi.
Mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilishi quydagi formula bo‘yicha aniqlanadi (foizlarda):
Kn N 0Nn: N 0 100%.
Bu yerda Kn – shartnoma majburiyatlari rejasi bajarilishi foizi, %;
N 0 – tuzilgan shartnomalar uchun rejaviy mahsulot hajmi, ming so‘m;
Nn – shartnomalar bo‘yicha yetkazib berilmagan mahsulot, ming so‘m.
Shartnomalar bo‘yicha rejaning bajarilmasligi korxona uchun tushum kamayishi, jarima sanksiyalari to‘lashga olib keladi. Bundan tashqari, raqobat sharoitida korxona mahsulot sotish bozorini yo‘qotishi mumkin, bu esa ishlab chiqarish tanazzuliga sabab bo‘ladi.
Shartnoma majburiyatlari bajarilishi tahlili alohida shartnomalar, mahsulot turlari, yetkazib berish muddatlari kesimida tashkil etilishi lozim.
3.8-jadval

Download 46,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish