Issiqlikga chidamlilik sinovi kamerasi. Issiqlikga chidamlilik sinovlari uchun maxsus issiqlik kameralaridan yoki kombinatsiyalashgan termobarokameralardan va termovlogakameralardan foydalaniladi. Loyiha darajasi jihatidan sodda bo’lgan issiqlik kamerasi ikki devorli shkaf (18.1rasm) ko’rinishida bo’lib, ular orasiga issitgich 2 o’rnatilgan. Qizigan havo ventilyator bilan so’rib olinadi va kamerani ichki (ishchi hajmi) qisqimiga haydaydi. Issiqlikning bir qismini sinalayotgan mahsulot (buyum)ga berib, havo devorlar orasidagi erkin muhit orqali isitgichga qaytarib keladi, hamda isitgichda qizigandan so’ng yana kameraga kelib tushadi. Havoning bunday aylanishi uni uzluksiz harakatlanishini va kameraning hamma nuqtalarida bir xil harorat bo’lishini taminlaydi. Kameraning ishchi hajmida haroratni bir tekis taqsimlanishini taminlash uchun isitgich elektr kamera ostida, devorida, kamera eshigida o’rnatilishi mumkin. Sinalayotgan mahsulotga (buyumga) nazorat o’lchash asboblari vat ok bilan taminlash elektr tarmog’i maxsus izoliyatsiyalangan chiziqlar(ulash liniyalari) orqali ulanadi.
18.2 rasm
18.2 rasm
Ba’zi hollarda tashqi isitgichga ega sinov qurilmalaridan foydalanish maqsadga muvofiq. SHu xil qurilma (18.2 rasm)lar yaxshi izalyatsiyalangan kameraga va yopiq ventilyatsiyaga ega bo’ladi. Belgilangan haroratni havo ishchi muhit orqali tserkulyatson ventilyator 5 orqali haydaladi. Harorat datchigi kameradagi haroratni nazorat qiladi. Bu datchik ko’rsatishi asosida harorat nazorat qiluvchi 2 elektro termik qurilmasi 8 ga dastur belgilaydi, u esa kameraga kelib tushayotgan havoni zarur haroratgacha isitib beradi. Kameradan chiqgan havo dastlabki isitish va tozalash qurilmasi 4 ga kelib tushadi, u yerda esa namlik datchigi o’rnatilgan. Bu datchik signali nisbiy namlik nazorat qilgichi 3 ga kelib tushadi. Bu nazorat qilgichga boshqa namlik datchigi 7 dan ham signal kelib tushadi. Bu signallarni solishtirib, nazorat qilgich havo namligi 6 orqali havoni zarur nisbiy namlik qiymatiga olib boradi.
Sovuqga chidamlilik sinovlari uchun kameralar. Past harorat ikki xil zarur usul bilan olinadi:
Sovituvchi agent (suyuq azot, qattiq ko’mir angidrid quruq muz, kislorod) yordamida bevosita sovitish;
Kompressor yordamida bevosita sovitish.
Kichik kameralarni bevosita solishtirishda uglerod ikki oksididan keng foydalaniladi. Qattiq uglekislotani (korbanat angidridni) qizitish uni havosiz va karroziya keltirib chiqarmaydigan gazga aylanishiga sabab bo’ladi. Qattiq holatdagi korbanad angedrid bazida qisqa vaqt sinovlarida qo’llash maqsadga muvofiq. SHu xil sinovlar kamerasi 18.3-rasimda tasvirlangan.
Bu usul quyidagi kamchiliklarga ega;
Konveksiya yo’li bilan issiqlik almashish yaxshi emasligi sababli kamerada harorat doimiy bo’lmaydi, chunki sovuq havo odatda kamera ostiga tushadi;
Kameradagi haroratni kamera ichidagi mahsulot miqdoriga bog’liqdir;
Kamera o’lchamlari chekli darajada bo’lishi
Havoni ventilyator yordamida aylantirish yuqoridagi kamchiliklarning boshidagi ikkitasini bartaraf etadi. Ushbu usul quyidagi afzalliklarga ega:
Harorat tez o’rnatiladi;
Iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq;
Xizmat ko’rsatish oson;
SHovqin chiqarmasligi.
Bilvosita sovutish usuli suvning bog’lanish paytida atrof muhit energiyasini yutish xususiyatiga asoslangan. Ushbu usulni texnik jihatdan amalga oshirish sovutish tizimini kompressor yordamida bog’lanishiga asoslangan. Bu tizimni ishlash printsipi quyidagicha: - gazsimon sovuq agent kompressor yordamida kondeksiatsiya uchun yetarli bosimgacha siqiladi. Suyuq sovuqlik agent radiator bo’ylab o’tib, bog’lanadi va atrof-muhitni sovutadi. Qurilmada berk zanjir keltirilib, freon gaz aylanib turadi.
Kondetsator 1 dan yuqori bosim ostidagi suyuq freon bug’lantirgich 2 kelib tushadi va bu yerda u bog’lanadi, hamda kengayadi. Bunda issiqlik yutadi, yani kamera ishchi muhitni sovutadi. Bug’lantirgichdagi freon bug’lanib past qiymatli bosim kompressori 3 yordamida so’rilib, ularni sovutgich 4 ga haydaydi. Bu yerda gaz sovutiladi va siqiladi. Sovutgichdan freon o’rtacha bosim kompressori 5 yordamida so’rilib, sovutgich 6 ga uzatiladi.
Sovuqga chidamlilikga sinash uchun termakameralardan ham boshqa yuqorida bayon etilgani kabi MPS xildagi teriobarakametrlar, hamda turli TKS xilidagi past haroratli maxsus kameralardan ham foydalanish mumkin. TKS-0,15-70 past harorat kamerasi Freon-22 da ishlovchi ikki bosqichli sovituvchi FDS-0,15m mashinsi va boshqarish pulьtidan iborat. Kameradagi harorat rejimi -200c gacha diapazonda -+ 20c aniqlik avtomatik tarzda ushlab turiladi.
Sanoatda ishlab chiqarilgan kombinatsiyali kameralar zamonaviy – past va yuqor haroratlarni olish hamda bir vaqtning o’zida kamera bosimini kamaytirish imkonini beruvchi termobarometrlar – MPS500y, MPS1000Y hisoblanadi. Xil belgisidan so’ng turgan son kameraning foydali hajmini metriallarda ifodalaydi.
Proportsional regulirovka qilish diapazoni 20oS ga teng (belgilangan ma’nodan chap va o’ng tomonga 10 oS dan), bu o’z navbatida uskunaning to’la shkalasining bir necha foiziga muvofiq bo’ladi. Regulirovka qilish diapazoni boshida isitgich impulьs davriyligi davomiyligini bildiruvchi o’n soniya vaqt mobaynida qo’shilgan turadi. Haroratning nominal ma’nosiga yaqinlashganda isitgichning qo’shilgan holatida davomiylik kamayadi, qo’shilgan holatning vaqti esa oshadi. Bunda davriylikning umumiy davomiyligi doimiy ravishda 10 soniyani tashkil qiladi. Belgilangan harorat ma’nosiga yetganda isitgichning o’chirilgan va qo’shilgan holatida vaqt bir xil bo’ladi va 5 soniyani tashkil qiladi. Belgilangan harorat ma’nosidan o’tganda qo’shilgan holatning davomiyligi 5 soniyadan kamayadi va diapazonni regulirovka qilish oxirida 0 ga tenglashmaguncha kamayib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |