Mahsulot sifati nazorati



Download 0,54 Mb.
bet41/41
Sana11.04.2022
Hajmi0,54 Mb.
#542490
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
MSN uslubiy qollanma

Tuman ta’siri sinovlari


Dengiz (sho‘r) tuman ta’siri sinovini o‘tkazishning maqsadi mahsulotning korrozion chidamliligini aniqlashdan iborat. Sinaladigan mahsulotlarni mahsus kameraga joylashtirishadi. Bu kamerada +27+-3 OS harorat belgilanadi va dengiz tumani effektini beruvchi ma’lum bir tarkibli sho‘r eritma sepiladi. Eritmani sepish butun sinov mobaynida har 45 daqiqada 15 daqiqadan (2.7 yoki 10 sutka) amalga oshiriladi. Sinov jarayonida sho‘rli eritmaning tomchilari mahsulotga tegmasligini ta’minlab berishadi. Sinov muddati tugagach mahsulotlarni kameradan olib chiqishadi va ko‘rib chiqishgach 6-12 soat mobaynida normal sharoitlarda ushlab turishadi va ishga yaroqliligini tekshirib ko‘rishadi.
Dengiz (sho‘r) tumani kamerasi 100% nisbiy namlikda +25 dan +60 OS gacha haroratni ta’minlab berish imkonini berish kerak. Bundan tashqari kamera sho‘rli eritmani va xavo haroratini sutka mobaynida davriy kiritib turish imkonini beruvchi avtomatik programmalashtiruvchi uskunaga ega bo‘lishi kerak.
Kamerada sepiladigan tuzlar eritmasi distilyasiya qilingan suvda quyidagi retsept bo‘yicha tayyorlashadi: xlorli natriy 27 g/l; xlorli magniy 6 g/l; xlorli kaliy 1 g/l; xlorli kalsiy 1 g/l. Eritmani sepishni purkagich yoki aerozol apparatining sentrifugasi bilan amalga oshirishadi. Kamerada olinadigan tumanning asosiy ko‘rsatkichlari sifatida disperlik va suvlik xizmat qiladi. Odatiy tumanning suvligi 2-3 g/m3, disperligi esa – 1 dan 5 mkm gacha bo‘lgan 90% tomchini tashkil qiladi.

Atmosfera bosimi ta’siri sinovlari


Uchuvchi apparaturalarda va yuqori tog‘ hududlaridagi apparaturalarda mahsulotlarni ishlatish sharoitlari ularni balandlilikka sinashni talab etadi, ya’ni normal, yuqori va past haroratda past atmosfera bosimida.
Atmosfera bosimi ta’siri sinovlari normal haroratda KB (19.2. rasm) kabi barokameralarda olib borishadi. Bu barokameralardagi ish bo‘shlig‘idagi bosimni vakuum nasoslar yordamida kamaytirishadi. 1 kamera germetizatsiya qilingan shkafga o‘xshaydi. Uning shishadan qilingan eshiklari sinov ostidagi mahsulotlarni kuzatish imkonini beradi. Kameraning oldingi devorida quyidagilar urnatilgan: kameraga havo qo‘yuvchi jo‘mrak 5, elektrodvigatel nasosi 2 va kamerani yoritish tizimini boshqaruvchi tugmachalar. Ventil 4 ni chapga burib kamera – manometr – nasos tizimini birlashtiradi, ventilni o‘nga burib esa shu tizimni yopishadi. Kameraga atmosfera havosini ventil 5ni chapga burib amalga oshirishadi. Bosimni o‘zgartirish tezligini ventillar yordamida boshqarishadi. Kamerani ichidagi bosim o‘lchovini, tashqaridagi va kamera ichkarisidagi bosimlarning har xilligi o‘lchovini manometr 3 bajaradi. KB kameralari foydali sig‘im bilan farqlanuvchi bir nechta turlanishga ega. Masalan, KB-0.07 kamerasi 0.07 m3 foydali sig‘imga ega.
Mahsulotlarni ish holatida balandlikka atrofdagi havoning yuqori haroratida sinash uchun kamerada kerakli havo bosimini mahsulotning ish haroratini hisobga olgan holda o‘rnatishadi (19.3. jadval). Kameraga mahsulotni joylashtirishdan oldin uning normal sharoitdagi asosiy parametrlarini ko‘rib chiqishadi. Havoning 3*105 Pa bosimi barokamerada doimiy bo‘lishi kerak. Kameradagi toblash tugagach sinovlar dasturida (SD) kelishilgan mahsulotlar parametrlari o‘lchanadi. So‘ngra kameraning ichidagi bosim bilan tashqaridagi bosimni tenglashtirishadi va eshikni ochishadi. Mahsulotni ko‘zdan kechirayotganda himoya qatlamlaridagi va izolyasion materiallaridagi yoriqlarga, germetikliklarni saqlanishiga, shuningdek, elementlarni o‘zgartiruvchi kontaktlar holatiga ham e’tibor berishadi.
Past haroratdagi sinovlarni MHni hisobga olgan holda o‘tkazishadi.
Balandlilikka bir vaqtning o‘zida past yoki yuqori haroratning ta’siri bilan sinovlar o‘tkazish uchun kombinatsiya qilingan KTXB va KTXVB termobarakameralar va termonamkameralardan foydalanishadi. Sovuq sharoitda va past atmosfera bosimida mahsulotlarni sinash uchun KNT-2M kabi past bosimli va past haroratli kameralardan foydalanishadi. Uning tavsiflari: harorat +25+-10 OS dan -60 OS gacha bo‘ladi, bu chegaralardagi haroratni o‘zgartirish uchun ketadigan vaqt 2.5 soatga teng bo‘ladi, qoldiq bosim – 665 Pa gacha bo‘ladi.
Kalit so‘zlar. Sinovlar, namga chidamlilik, namlantirish, shudring nuqtasi, davriy rejim, atmosfera bosimi.
Nazorat savollar.

  1. Namga chidamlilik nima?

  2. Namga chidamlilik sinovlari o‘z ichiga nimalarni oladi?

  3. Tuman va shudring nima?

  4. Qanday holatlarda atmosfera bosimiga sinovlar o‘tkaziladi?






Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish