7.7.Qatlamlarda sinash ishlarini olib
borish tartibi
Mahsuldor qatlamlarni ―pastdan - yuqoriga‖ sxemasi bo‗yicha sinash ishlariga
quyidagi jarayonlar kiradi: burg‗ilash jarayonida qatlamni ochish, geofizik
tadqiqotlash, mustahkamlash kolonnasini tushirish va sementlash, chuqur joylashgan
qatlamning o‗zida kolonnani teshish, shu qatlamning o‗zini sinash va izolyatsiya
qilish, qatlamdan yuqorida joylashgan kolonnani teshish va uni sinash. Bu
operatsiyalar
quduqning
geologik
qirqimining
yuqori
gorizonti
sinashni
tugallaguncha davom ettiriladi.
Qatlamlarni ―yuqoridan - pastga‖ sxemasi bo‗yicha sinash yuqorida joylashgan
istiqbolli gorizontlar quduqni chuqurlashtirishda burg‗ilash jarayonini olib borish
davomida sinaladi hamda tugallashga uchta operatsiya kiradi: ochish, pastki qatlamni
o‗zini sinash va geofizik tadqiqotlash. Xuddi shunday ishlatish quduqlarini tugallash
kabi ko‗rsatilgan majmualar qidiruv quduqlarini qazishda qo‗shimcha oqimni
jadallashtirish jarayonlari va qatlam quduq tubi zonasidagi tog‗ jinslarini
mustahkamlash ishlari ham kiradi.
Qatlamlarni ochish, sinash va tekshirish ishlari tugallashning majmuasi
tarkibiga kiradi, ular bu ishlar siklining boshlang‗ich bosqichi hisoblanadi hamda
ishlatish va qidiruv quduqlarining qazib o‗tish sifati keyingi bosqichdagi
operatsiyalarni samarasiga bog‗liq bo‗ladi.
Burg‗ilash jarayonida mahsuldor qatlamlarni ochish sifatining asosiy
ko‗rsatgichi quduq tubi zonasida tog‗ jinsining kollektor xossalarini maksimal
darajada saqlab qolish hisoblanadi. Burg‗ilanadigan quduqlarda qatlamlarni sinash va
tekshirish maqsadida – qatlamning tabiiy geologik-fizik parametrlari aniqlanadi.
Bundan kelib chiqqan holda mahsuldor qatlamlarni ochish, tekshirish va sinash
ishlarining asosiy yo‗nalishlarini rivojlantirish belgilangan.
Mahsuldor qatlamlarni ochish usullari ikkita asosiy yo‗nalish bo‗yicha
taksamaralashtiriladi:
anomal yuqori qatlam bosimli qatlamlarni ochish uchun
texnika va texnologiyalarni yaratish va gidrostatik bosimdan past bo‘lgan
qatlamlarni ochish usullarini ishlash.
Birinchi yo‗nalish asosan qidiruv quduqlarida
yangi ishga tushiriladigan konlarda mahsuldor qatlamlarni ochish muammolarini
egallab oladi. Ikkinchi yo‗nalish ishlashda turgan so‗nggi bosqichda ishlatilayotgan
konlardagi qoldiq neft uyumlarining zaxiralarini qazib olish maqsadida qatlamlarni
ochish usullarini taksamaralashtirish kiradi.
Quduqlarni qazishda geologik, fizik, texnik va boshqa xususiyatlarning xilma-
xilligi mahsuldor qatlamlarni ochishda quduq tubi zonasida joylashgan tog‗
jinslarining tabiiy kollektorlik xossalarini maksimal darajada saqlab qoladigan
universial usullarni yaratishga imkoniyat bermaydi.
Shuning uchun mahsuldor qatlamlarni ochish usullarni taksamaralashtirish bir
nechta yo‗llar bilan olib boriladi: burg‗ilash eritmalarini ishlash uchun yangi
kimyoviy reagentlarni va qatlamning g‗ovaklik kanallarini vaqtinchalik bekitib
turadigan maxsus qo‗shmalarni izlab topish; shunday burg‗ilash eritmasini olish
kerakki, qatlamning suyuqligi bilan bir xil xossaga ega bo‗lgan suyuqlikni topish;
qatlamga ortiqcha bosim bermaydigan mahsuldor qatlamlarni ochish usullarini
ishlash. Har bir alohida holat uchun mahsuldor qatlamlarni ochish usuli kollektorning
fizik-geologik xususiyati va qatlam suyuqligining fizik –kimyoviy xossalariga
bog‗liq holda tanlanadi. Bunda birinchi navbatda qatlamning bosim qiymati,
o‗tkazuvchanligi va quduq tubi zonasining moddaviy tarkibi, qatlam qirqimida
bo‗kuvchi loylarning mavjudligi, yoriqlilik darajasiga bog‗liq holda tanlanadi.
Mahsuldor qatlamlarning bosimi gidrostatik bosimdan yuqori va gidrostatik
bosimga tenglashganda burg‗ilash eritmasining zichligini o‗zgartirish orqali
takomillashtiriladi.
Burg‗ilash eritmalariga asosan filtratlarni va qattiq zarralarni
quduq tubi zonasidagi qatlam tog‗ jinsiga minimal kirib borish talablari qo‗yiladi;
mahsuldor qatlamda joylashgan loyli materiallar bilan filtratlarni o‗zaro
309
reaksiyalanishiga yo‗l qo‗yilmaydi; qatlamning g‗ovaklik fazosida erimaydigan
cho‗kindilarning shakllanishining oldini olish; yuqori haroratda, bosimda va qatlam
suvlari bilan kontaktlashganda eritmaning barqarorligini ta‘minlash hamda qatlamga
kirib borgan filtratlarni va qattiq zarralarni quduqlarni sinash vaqtida oson chiqib
ketishini ta‘minlash talablari qo‗yiladi.
Bu talablar mahsuldor qatlamlarni ochishda qo‗llaniladigan har qanday
suyuqliklar uchun taalluqlidir. Tajriba sinov ishlari quduqlarni burg‗ilashda eng ko‗p
qo‗llaniladigan burg‗ilash eritmasi suv asosidagi eritma hisoblanadi. Uning salbiy
tomoni mahsuldor qatlamlarni ochishda kimyoviy ishlov bermasdan qo‗llab
bo‗lmasligidir.
Qatlamning tabiiy parametrlarini yomonlashishiga suv va neft bilan
tayyorlangan emulgatorlar qo‗shilgan (kraxmal, KMS, bentonit va boshqalar)
emulsiyali eritmalar kam ta‘sir qiladi. Bu eritmalar kichik zichlikka, suv
beraoluvchanligining kichikligi va yaxshi moylash xossasiga ega ekanligi mahsuldor
qatlamlarni suv asosidagi burg‗ilash eritmalari ochishga nisbatan qatlam sifatli
ochilishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatishi bilan tavsiflanadi. Ba‘zi malumotlarga
asoslanadigan bo‗lsak ―neftdagi suv‖ emulsiya qo‗llanilganda quduq tubi zonasi suv
bilan yuvilib yoki suv asosidagi burg‗ilash erimasi bilan ochilganda quduqning
solishtirma mahsulligining kattaligi 4 – 20 marta yuqori jekanligini ko‗rsatgan []. Shu
bilan birgalikda emulsiyali eritmaning tarkibida suvning mavjudligi qatlamda aniq
o‗zgarishlarni keltirib chiqaradi.
―Neftda suv‖ emulsiyada suvning miqdorini kamaytirish orqali neft asosidagi
eritmalarni olish mumkin qaysiki, u xom neftdan yoki dizel yonilg‗isidan har xil
kimyoviy
komponentlar qo‗shib tayyorlanadi. Bu eritmaning xossalari
(qovushqoqlik, zichlik, filtratsiya, barqarorlik va boshqalar) keng chegaralarda
boshqariladi. Neft asosli eritmaning zichligi 0,9 dan 2,2 g/sm3 gacha o‗zgaradi,
filtrlanishi nolgacha keltiriladi. Bu ko‗rsatilgan eritmalar 200°S. haroratgacha
o‗zining barqarorligini saqlaydi.
Eritmaning tarkibidagi suv miqdori 3%dan oshib ketmaydi, qatlamlarni
ochishda quduq tubi zonasidagi tog‗ jinsining kollektorlik xossasiga kam ta‘sir
ko‗rsatadi va qatlamning tabiiy parametrlari maksimal darajada saqlanadi.
Yuvuvchi suyuqlik sifatida oddiy neftdan foydalanish mumkin. Qatlamlarni
ochishda xom neftdan neftli asosli eritma sifatida foydalanilganda qatlamning
loylanishi va suvlanishi bartaraf qilinadi hamda qatlamlarni yuqori sifatda ochilishini
ta‘minlaydi. Eng yaxshi eritmalardan biri shu konning o‗zidan qazib olinadigan
neftdan foydalanish hisoblanadi chunki, u qatlam nefti bilan bir xil tarkibga ega
bo‗ladi, qatlamga kirib borganda ham quduq tubi zonasini kam o‗zgarishga olib
keladi.
Tajriba ma‘lumotlaridan shuni aytishimiz mumkinki, neft asosli eritmalardan
yoki neftdan foydalanilganda quduqning mahsulligini 1,5 marta va undan ham yuqori
bo‗lishi ta‘minlanadi.
Bu ko‗rsatilgan eritmalar AQSH va Rossiya davlatlarida past qatlam bosimli
konlarda mahsuldor qatlamlarni ochishda keng qo‗llanilgan. Respublikamizda esa
mahsuldor qatlamlarni ochishda va kern namunalarini burg‗ilab ochishda keng
qo‗llanilgan. Amaliyotda qatlamlarni ochishda qo‗shmali burg‗ilash eritmalari
qo‗llaniladi ya‘ni, qatlam tog‗ jinslarining g‗ovaklik kanallarini vaqtinchalik berkitib
qo‗yishga mo‗ljallanadi. Yuvuvchi eritmaning suyuqlik fazasining filtratsiyalanishini
uchishi va qatlamga qattiq zarralarning kirib borishi quduq tubi zonasidagi g‗ovakli
kanallardagi suniy to‗siqlarning shakllanish darajasiga katta qiymatda bog‗liqdir.
Shu maqsadda burg‗ilash eritmalariga kalibirovkalangan qattiq zarralar
qo‗shiladi, tezda qatlamning kanallarida (yoriqlarida) ko‗prikni hosil bo‗lishiga olib
keladi. Quduqlarni burg‗ilash jarayonida foydalaniladigan to‗ldiruvchilarning farqi,
ular qatlam g‗ovakliklarida vaqtinchalik beqilishni ta‘minlaydi va quduqlarni
o‗zlashtirish jarayonida quduq tubi zonasining o‗tkazuvchanligini tezda tiklanishini
ta‘minlaydi.
311
Do'stlaringiz bilan baham: |