tizmasining devorida zichlanma hosil qiladi. Bir vaqtda zalotnik konusli plashkaga
siljitadi, ularni ishlatish tizmasida tadbiq bo‗lishiga majbur qiladi va unda
yakorlanadi.
Silindr va shlipslar qirqilmasi birgalikda
konus bilan pastga siljiydi,
manjetlarni va plashkalarni ishchi holatini qayd qiladi. Quvurlar tizmasi ko‗tarilganda
va tortilganda pakerni bo‗shatadi, natijada vintlar qirqiladi va stvol plashka
tutqichdan bo‗shatiladi. Stvolning yuqoriga qarab harakatlanishi davom ettirilganda
manjetlar qisiladi. Bunda stvol porshenga borib tayanadi, uni silindrga tirkalguncha
olib boradi, o‗z navbatida plashkaga nisbatan konusni siljitadi va ularni bo‗shatadi.
Quvurlardagi bosim ko‗tarilganda va vintlar qirqilganda pakerning o‗tish
teshigi ochiladi.
Pakerdan qatlam agenti bosim ostida stvoldagi o‗tish
teshigi orqali silindrga
borib tushadi. Vintlar quvurtutqichlar bilan qirqilgandan keyin u yuqoriga ko‗tariladi
va plashka konusga tortiladi va bir vaqtda manjetni qisadi. Pastki plashkani
yakorlanishi sodir bo‗ladi va paker bilan ishlatish tizmasi qisiladi. Plashkalarni
teskariga siljishiga shlipslar to‗sqinlik qiladi. Vintlar qirqilib NKQlarning tizmasi
ko‗tarilgandan keyin paker birdaniga bo‗shaydi, bunda stvolning burtiki konusga
tiraladi va uni plashkaga nisbatan siljitadi (5.14-rasm, b) 2PD-YAG pakerning asosiy
xususiyati plashka tagidagi bo‗shliqni A teshik orqali
paker tagidagi zona bilan
birikishini hisobiga plashkaga yuqoridagi yakorning doimiy yakorlanishidir. Paker
o‗tkazilganda qatlam agentining bosimi ta‘sirida quvurning bo‗shlig‗idan B teshik
orqali zolotnik tagiga va konusga kirib keladi. Zolotnik vintlarni qirqadi, porshen va
konusni ushlab turgan joydan bo‗shatib yuqoriga siljiydi. Halqa bilan silindrga
zichlangan konus bosim ta‘siri ostida plashkaga kiradi, ishlatish tizmasining devoriga
siljishga majbur qiladi va yakorlydi.
Bir vaqtda porshen zolotnik bilan birgalikda hamda itargich yuqoriga siljiydi
va manjetni qisadi. Bunda shlipslar itargichning qirqimlariga kontaktlashadi,
manjetlarni va plashkalarni ishchi holatda qaydlaydi.
Quvurlar tizmasi yuqoriga
ko‗tarilganda vintlar qirqiladi va paker bo‗shatiladi.
303
Stvol yakor korpusi bilan birgalikda ko‗tarildi va manjetni bo‗shatadi, itargich
burtigi silindrni ko‗taradi, konusni plashkadan chiqaradi va uni bo‗shatadi. Yuqori
yakorning
plashkasi,
manjet
germetizatsiyalanadi
va
plashkadagi
bosim
muvozanatlashgandan keyin bo‗shatiladi.
PD – YAGM paker yuqoridagi va pastdagi yakorlovchi moslamalardan,
zichlagichlardan, klapanli moslamalardan va gidravlik uzatmalardan tashkil topgan.
Paker quduqqa nasos quvurlarida tushiriladi, uning egariga sharik tashlanadi va
bosim
hosil qilinadi, uning ta‘sirida plashka radial siljib harakatlanadi va ishlatish
tizmasining devoriga yakorlanadi. Suyuqlik B teshik orqali porshenning tagiga
to‗planadi va uni yuqoriga siljitadi, natijada vintlar qirqiladi va qisilmalar
bo‗shatiladi,
konus esa pastga siljib, plashkani siljitadi va uni yakorlaydi. Bir
vaqtning o‗zida manjet qisiladi.
Ajratishlarning germetikligi quvur og‗irligi hisobiga o‗qli yuklama hosil
qilinadi, uning ta‘sirida vintlar qirqiladi, stvol vtulka bilan birgalikda pastga
harakatlanadi va qo‗shimcha holda manjetni qisadi. Plashkaning va manjetning ishchi
holati qaydlashni shlipslar ta‘minlaydi, porshen va plashkani teskari siljishini oldini
oladi. Pakerda klapan o‗rnatilgan bo‗lib, uni quduqdan ko‗tarib olishdan oldin paker
tagining zonasida yuvish amalga oshiriladi. Tizma quvurlari
yuqoriga tortilganda
shtok yuqoriga siljiydi, A teshikni ochadi va uning yordamida quvur fazosi quvurning
orqa fazosi bilan ulanadi. Yuvilgandan keyin quvurlardagi bosim pasayadi, uning
evaziga plashkalar bo‗shatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: