Mahsuldor qatlamlarni ochish va


Ingibirlangan burg„ilash eritmalarini qo„llash



Download 7,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/204
Sana30.03.2022
Hajmi7,46 Mb.
#517239
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   204
Bog'liq
fayl 1759 20210908

6.8. Ingibirlangan burg„ilash eritmalarini qo„llash
Ingibitorlar – 
bu kimyoviy reaksiyalarni sekinlatadigan moddadir. Quduqlarni 
burg‗ilashda ingibirlash haroratning, minerallashgan qatlam suvlarini va oson 
bo‗kadigan tog‗ jinslariga agressiv ta‘sir qilish sharoitida burg‗ilash eritmasining 
texnologik xossalarini barqarorligini oshirish maqsadida olib boriladi hamda quduq 
devorida suvga sezgir bo‗lgan loylar mavjud bo‗lganda mustahkamligini saqlaydi. 
Quduqlarning devorini mustahkamligini ta‘minlash burg‗ilash ishlarini amalga 


247
oshirishda muhim hisoblanadi. Burg‗ilash eritmasini ingibirlash texnologiyasida ko‗p 
komponentli kimyoviy ishlov berish asosida koagulyatsiya qiladigan agentlar, rN ni 
boshqarish, qovushqoqlikni va suv beruvchanlikni pasaytirgichlar qo‗shiladi. 
Uglevodorod asosidagi eritmalarni ingibirlash mexanizmi belgilangan 
komponentlarning adsorbsiya jarayonida loyning yuzasida shunday faktlar tan 
olinadiki, bu kam holatlarda ingibirlash darajasi miqdorini o‗lchashning urinma 
holatlarida tasdiqlanadi. Xuddi shunga o‗xshash jarayon sintetik asosdagi yuvuvchi 
suyuqliklardan foydalanilganda sodir bo‗ladi. 
Yuqorida ko‗rsatib o‗tkanimizdek, quduq stvoli atrofi zonasida uchta 
konsentrik qatlamlarni amalda mavjudligi to‗risidagi gipoteza bo‗yicha kationaktiv, 
anionaktiv va aralash ta‘sir qilishga bo‗linadi qaysiki, loyli tog‗ jinslariga va 
burg‗ilash eritmasining ko‗rsatgichlariga ta‘sir qilish tavsifi bo‗yicha bir - biridan 
farq qiladi. Birinchi qatlamga burg‗ilash eritmasi tegishi bilan ta‘sir qilish davom 
etishi natijasida zichlanish va kolmatatsiyalanish sodir bo‗ladi yoki agarda 
eritmaning retsepturasi noto‗g‗ri tanlangan bo‗lganda kuchsizlanish sodir bo‗ladi. 
Ikkinchi qatlamga asosan chuchuk suv kapillyar kuch ta‘sirida surilishi 
natijasida suv kirib boradi. Bunda loyli tog‗ jinslarini hajmini oshishi va ichki 
kuchlanishni kuchayishi, quduq devorining bo‗shashi sodir bo‗ladi. Anionli va 
kationli ingibitorlardan birgalikda foydalanib bo‗lmaydi chunki, uning evaziga 
birdaniga qiyin eriydigan moddalar bilan almashinish reaksiyasi sodir bo‗ladi. 
Plastifitsirlangan - koagulyatsiyali xossalarga ega bo‗lgan loyning chidamliligi 
ularni gidratatsiyalanishi yoki kristalli – kondensatsiyali aloqalarni suvga 
mustahkamligini moyil bo‗lmasligining shakllanishini natijasida erishiladi. 
Gidratatsiyalanishning kamayishi sababli, hamma vaqt ham quduq stvolining 
mustahkamligi saqlanib qolmaydi, buning uchun bariy gidrooksidi va kalsiy 
qo‗llaniladi. Loy bu gidrooksidlar bilan o‗zaro reaksiyalanganda kristal 
panjaralarning yangidan shakllanishi natijasida quduq devorining mustahkamligi 
oshadi. Burg‗ilash eritmalarining tarkibida tuzlarning konsentratsiyasini oshishi 
osmotik bosimni kamayishiga va keyinchalik loyni gidratatsiyalanish darajasining 
kamayishga olib keladi.


Yegorova YE.V. o‗zining ishida ingibirlash tizimlarini loyli tog‗ jinslarining 
mustahkamligiga ta‘sir qilish samaradorligini beshta kategoriyaga bo‗ladi:
yuqori samarali (lgC = 2 - 3). 
samarali (lgC = 1 - 2). 
- o‗rtacha samarali (lgC = 0 - 1). 
- кам самарали (lgC = 1 - 0). 
- самарасиз (lgC < -1). 
С – umumlashtirilgan ko‗rsatgich bo‗lib, uning tarkibiga bo‗kish koeffitsiyenti 
kiradi. Normal sharoitda ko‗pgina ingibirlash eritmalari II guruhga mansubdir.
Burg‗ilash eritmalarining ingibirlash xususiyatlariga eng katta ta‘sirni harorat 
ko‗rsatadi. Eng yuqori mustahkamlikni yuqori ko‗rsatgichli harorat va bosim kam 
silikatli tuzli eritmalar ta‘minlaydi. 
Jahon amaliyotida burg‗ilash eritmasi va loyning faolligini nazorat qilish tan 
olingan. Tog‗ jinsining faolligi eritmaning faolligi bilan muvazanatlashganda loyli 
slanetslarning mustahkamligi shunday ko‗rsatgichlarga erishadiki, quduqlarni 
burg‗ilash jarayonida uglevodorod asosidagi eritmalardan foydalanilganda. Bunday 
xossalarni laboratoriya sharoitlarida ham baholash juda qiyin. 
Eritmalarning muhim ko‗rsatgichlari filtratsiya tavsifi va dispersli muhitning 
mineralizatsiyasi hisoblanadi. Bu muhitlar qanchalik darajada qatlam suyuqliklariga 
o‗xshashligi yaqin bo‗lsa, qatlamga kirishi va undan chiqishi juda kam sodir bo‗ladi.
Ingibirlash jarayoning natijasida loyli minerallarning namlanish va bo‗kishi 
kamayadi, polivalayentli ionlarni loyli zarralariga adsorbsiyasi tufayli, sirt faol 
moddalar, ionlarni tadqiqotlash, kichik o‗lchamlarga ega bo‗lganda, kristalli 
panjaralar hamda loyning yuzasida yangi shakllanishlar paydo bo‗ladi. 
F.F.Laptev o‗zining ishida burg‗ilash eritmasining qo‗shmasi sifatida natriy 
silikatdan foydalanishni taklif qilgan. Natriy silikati loyli tog‗ jinslarining tarkibida 
mavjud bo‗lgan tuzlar bilan reaksiyaga kirishganda yuqori qovushqoqli cho‗kma 
hosil bo‗ladi. O‗zaro reaksiyalanishi natijasida erimaydigan silikatlar hosil bo‗ladi 
ya‘ni, loyning alohida qismlarini sementlaydi. Lekin bu yerda loyli zarralarning 
yuzasida himoyaviy qoplamalar shakllanadi va gidratatsiya jarayoni tugallanmaydi. 


249
Loylarga kaliy tuzi, alyuminiy va temirning CО
4
, NО
3
, PО

anionlari bilan
birgalikda ta‘sir qilganda ingibirlash xususiyatini beradi. Tuzlarning bir valentli 
(KCl, NaCl), ikki valentli (CaSO
4
, CaCl
2
), gidrooksidlari (Ca(OH)
2
) va boshqa 
metallar qatnashganda bo‗kish jarayonini sekinlashtiradi, loyning chidamliligi va 
mustahkamligini kuchaytirish kuzatiladi. Ingibirlovchi burg‗ilash eritmalari kalsiyli, 
kaliyli, alyuminiylashtirilgan va tuzga to‗yintirilgan turlarga bo‗linadi. 
Eritmada kaliyning miqdori bo‗yicha tarkibi ingibirlangan yuvuvchi eritmalar 
ohaktoshli (0,15 - 0,3 kg/m
3
), gipsli (0,8 - 1,2 kg/m
3
), kalsiy xlorli (0,4-5 kg/m
3

turlarga ajratiladi. Eritmada Ca
2
+ (boleye 1 - 5 kg/m
3
) ortiqcha tarkibda bo‗lganda 
loyli tog‗ jinslarining parchalanishi sodir bo‗ladi ya‘ni, kaliy miqdorining bunday 
tarkibda bo‗lishi texnologik va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq hisoblanmaydi. 
Kalsiy xlorning mahkamlovchi samarasi loyli minerallar aniq namlikka ega 
bo‗lganda erishadi. Kalsiyli eritmalardan foydalanilganda quduqning devorini talab 
qilingan barqarorlashtirishga olib kelmaydi.
Kaliyli burg‗ilash eritmalaridan foydalanish XX asrning 70 – chi yillaridan 
boshlangan va hazirgi kungacha taksamaralashtirilib borilmoqda. Kaliyli burg‗ilash 
eritmalari massivdagi tog‗ jinslariga samarali ingibirlash ta‘sir qiladi ayniqsa, 
montmorillonit va gidroslyuda ham. Mustahkam bo‗lmagan loyli tog‗ jinslarini 
burg‗ilab o‗tishda jahonda kaliyli burg‗ilash eritmalari keng foydalaniladi ya‘ni, KCl 
ning yetarli darajada arzonligi va mavjudligidir. 
Kaliy xlorli polimerli loyli va loysiz burg‗ilash eritmalari muvaffaqiyatli 
qo‗llaniladi. Bu eritmaning tarkibiga: quyuqlashtirgichlar, har xil modifikatsiyali 
polimerlar (88100 poliakrilamid va boshqalar) va taxminan gidratlangan bentonitlar 
kiradi. Bu eritmaning ta‘sir qilishi uchta prinsipga asoslangan: loyli tog‗ jinslarini 
gidratatsiyasini ingibirlash, qattiq faza tarkibining pastligi va polimerning qoplash 
olish ta‘siri. Bunday eritmalarning tarkibida yuqori molekulyarli akrilamidning 
sopilimerlari natriy akrilat hajmi bo‗yicha 0,15-0,215%konsentratsiyasidan 
foydalaniladi. 
Kalsiy xlorli eritmalardagi polimerlarning hajmiy ulushi loyli slanetslarni 
barqarorligini ta‘minlash uchun katta bo‗lmagan qiymatda bo‗ladi. Olib borilgan 


tadqiqot natijalari bo‗yicha quyidagi xulosani chiqaramiz: anionli polimerlar loyli 
slanetslarni yaxshi himoyalaydi, faqat past haroratda; kationli polimerlar slanetslarni 
barqarorlashtira olmaydi; ionsiz polimerlar slanetslarni yuqori konsentratsiyada 
himoya qila oladi. 
Loyli tog‗ jinslarini barqarorlashtirish polimerning tibiiy polimerlari va 
konsentratsiyaning past samarasi bilan tushintiriladi, loyli minerallning to‗liq 
bo‗lmagan yuzasida musbat zaryadlangan uchastkasida adsorbsiyani chaqiradi. 
Gidroliz darajasi manfiy zaryadlarni polimer malekulasida taqsimlanishini aniqlaydi.
Loyli slanetsda polimerning adsorbsiya jarayoni juda tez sodir bo‗ladi, agar kaliy 
xlorning miqdori 2%dan yuqori qatnashganda. Poliakriamidli va kaliy xlorli 
burg‗ilash eritmasiga ko‗p valentli kationlarni mavjudligi eritmaning xossasini 
yomonlashtiradi va uni samarasiz qiladi.
VNIIKRneftda alyuminiy kaliyli komponentli eritmaning retsepturasi 
ishlangan bo‗lib, qaysiki 150-200°C harorat chegarasidagi ho‗llanmagan loyli tog‗ 
jinslarini ingibirlashni ta‘minlaydi. Bu yuvuvchi suyuqlikning yuqorida keltirilgan 
eritmalardan farqi kaliy ionlari qo‗shilmaydi, polimerli reagentlarlarni sarfiga sifatli 
ta‘sir ko‗rsatadi ya‘ni, suv beruvchanlikni pasaytiruvchi vazifasini bajaradi. 
Alyuminiy kaliyli eritmadan foydalanilganda yuqori samaradorlikka erishiladi. Bu 
ionli kaliy va alyuminiy bilan ikki karrali ingibirlash bilan bog‗liqdir. Kaliy ionlari 
loyli minerallarning paketlar oralig‗idagi fazosiga suvni kirishiga to‗sqinlik qiladi. 
Alyuminiy gidrooksidning adsorbsiyasi loyli minerallarda bog‗langan suvlarning 
miqdorini oshiradi va natijada mustahkam himoya qatlamlari hosil bo‗ladi. 
Bu ko‗rsatilgan eritmalarning hammasi yuqori tarkibdagi qattiq fazalarga ega 
bo‗lganligi uchun mexanik burg‗ilash tezligini pasaytiradi va quduqning qurilish 
narxini oshiradi. Shu sabablarga muvofiq past tarkibli qattiq fazalarga ega bo‗lgan 
burg‗ilash eritmalari va dispergirlamaydigan eritmalar keng qo‗llaniladi. Bunday 
eritmalar sifatida polimerli va tuzlarni eritadigan, loyli minerallarni bo‗kishini va 
dispergirlanishini oldini oladigan eritmalardir. 
Kister E.G. va Dedusenko G.Y.lar birinchi bo‗lib dispergirlamaydigan 
eritmalarni taklif qilishgan. Reagentlar sifatida poliakrilamid, metas va 


251
metilmetakrilatlar qo‗llaniladi. Polimerning vazifasi loyli zarralarni bog‗laydi va 
osmotik jarayonlarni sekinlashtiradi. Tog‗ jinsining zarralari polimerli eritmaga 
tushganda ular qoplama bilan qoplanadi va dispergirlanmaydi, natijada eritmada 
qattiq fazalarning miqdori kamayadi va mexanik o‗tish tezligi oshadi. Polimerli 
eritma quduqning devorini mustahkam filtratsiya qobig‗i bilan qoplaydi qaysiki, 
loyni gidratatsiyalanishini oldini oladi, quduqning devorini eroziyalanishini va 
qatlamga burg‗ilash eritmasining filtratsiya bo‗lishini chegaralaydi. Bu eritmalar tog‗ 
jinsiga ta‘sir etishi bo‗yicha uglevodorod asosidagi yuvuvchi suyuqliklarga 
tenglashtiriladi. 
Polimerli loyli eritmalar har xil ko‗rinishi bo‗yicha kremniy organik birikmali 
asosdagi gidrofobli eritma hisoblanadi. Kremniy organik birikmalar o‗zining defilligi 
sababli loyli tog‗ jinslarida adsorbsiyalanadi va bunda gidrofobli to‗siq hosil qiladi 
ya‘ni, loyni dispres muhiti bilan kontaktlashishiga to‗sqinlik qiladi. Shuning uchun 
kremniy organik birikmali eritmalar va himoyalash reagentlari yuqori kolloidli loyli 
tog‗ jinslaridagi quduqlarni qazishda foydalaniladi. 
Kompleks reagentlar asosidagi polimerli eritmalarning tarkibida ikki va undan 
ko‗p polimerlar bo‗ladi, ulardan biri flokulyant xossasiga, boshqasi esa – 
barqarorlashtirish xossasiga ega. Polimerli loyli eritmalarni tuzilmali – mexanik 
xossalarini boshqarish uchun NTF va Al2(SO4)3 ning (ionli metallar bilan kompleks 
birikmalarni hosil qilish uchun organik moddalar bilan ishlov berish) komplekslari 
bilan ishlov berish taklif qilingan.
Olib borilgan tadqiqotlar bilan bo‗kishni oldini olish uchun polimerlarni 
himoyaviy harakati yetarli emas, natijada yuvuvchi suyuqliklarda loyli zarralarni 
dispergirlashni kamaytirish uchun eritmaga tuzli eritmalar ayniqsa KCl tuzlari 
qo‗shiladi.. 
Ilmiy tadqiqot ishlarida ingibirlash samaradorligiga erishish uchun eritmaga 
gidrolizlangan poliakrilamid (GPA) qo‗shiladi ya‘ni, kaliy tuzining burg‗ilash 
eritmasining 
tarkibida 
qatnashishi 
loylarning 
gidratatsiyalanishini 
va 
dispergirlanishini oldini olishga hech qanday ta‘sir ko‗rsatmaydi. 


Bu polimersiz loysiz yuvuvchi suyuqliklar suvga polimerli qo‗shmalari qo‗shib 
tayyorlanadi, qaysiki, u reologik xossalarini olib chiqish xususiyatini va burg‗ilash 
tog‗ jinslarining flokulyatsiyalanishini yaxshilaydi. Polimerlarning suvli 
eritmalarining gidrogeliga o‗tuvchi metallarning tuzli qo‗shmalari qo‗shilganda har 
xil mineralizatsiyali namokoblar shakllanadi 
Loysiz burg‗ilash polimerli eritmalar loyli va argillitli katta bo‗lmagan 
qatlamchalarga ega bo‗lgan mustahkam qirqimlarni, polimer – tuzli loysiz eritmalar 
esa kam plastik loyli tog‗ jinlarini burg‗ilashda qo‗llaniladi. Polimerli tizimlardan 
foydalanilganda quduqning stvolini mustahkamligi saqlanadi. Hamma vaqt ham 
quduqning devorini barqarorligini ta‘minlab bo‗lmaydi chunki, aniq loylar o‗zining 
barqarorlik mexanizmlariga ega bo‗ladi. 
Dedusenko G.Y., Ivannikov V.I. lar o‗zlarining ishida polimer loyli 
zarralarning qirralarida adsorbsiyalanadi hamda loyli slanetslarning mustahkamligiga 
salbiy ta‘sir ko‗rsatadi degan fikrlarni berishgan. Ular o‗zlarining so‗nggi ishlarida 
akril qatoridagi polimerlar loyli fazoning qatlamlari oralig‗ida adsorbsiyalanadi 
degan ilmiy g‗oyalarni tasdiqlashgan. Buning natijasida shunday xulosaga kelish 
mumkinki, polimerli eritmalar ta‘sirida loyning barqarorlashish mexanizmi yetarlicha 
o‗rganilmagan. Hozirgi vaqtda polisaxaridlar asosidagi polimerli eritmalar keng 
qo‗llaniladi (biopolimerlar, polianionli sellyulozalar va ishlab chiqarish kraxmallari), 
ular kislorodli yoki suvda eriydigan qattiq fazalarda yuqori ingibirlash va 
kolmatatsiyalash xossalariga egadir. 
«M-IDrillingFluidsCo» kompaniyasi tomonidan 1991 yilda Alyaskida 
gorizontal va kuchli egrilangan gorizontal quduqlarni burg‗ilashda Flo-Pro yuvuvchi 
suyuqliklari sinalgan. Bu suyuqlikning asosi biopolimer asosidagi ksantli smolalar 
hisoblanadi qaysiki, eritmaning tuzilmasida tikstrop xossalariga ega bo‗lgan 
xususiyatlarni shakllantiiradi. Bu eritma past siljuvchan tezlik, murt gel 
shakllantiruvchi tuzilma, yuqori oqish tezligida past qovushqoqlikka ega bo‗lib 
yuqori qovushqoqligi bilan ajralib turadi. Yuqori ingibirlash, NaCl, KCl, NaBr va 
boshqalar kiritilganda qatlam suyuqliklari bilan moslashib ketadi.


253
Polimerli ionli alyuminiy bilan faollashtirilganda suvberuvchanlikni pasaytirish 
va barqaroralashtirish, suvli asosdagi chuchuk va minerallashgan eritmalarni 
inkapsulyatsiyalash va ingibirlash xossasi uchun mo‗ljallangan eritmalarni 
shakllantiradi. Kationlar qo‗shilgan anionli polimerlarning tabiati elektrik
zaryadlangan uchastkalarni neytrallashtirish yo‗li orqali loyli tog‗ jinslarini 
ingibirlash samaradorligiga erishish imkoniyatini beradi. Bu kompleks yordamida 
amalda quduqning devorini mustahkamligini oshirish mexanizmi paydo bo‗ladi. 
Burg‗ilash eritmasining ingibirlash turini tanlash loyli tog‗ jinslarining 
barqarorlash 
mexanizmlarini 
yotish 
sharoitlar, 
texnologik 
va 
iqtisodiy 
imkoniyatlariga bog‗liq holda tanlanadi. 

Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish