ПСИХОЛОГИК КОРРЕКЦИЯ
3-mavzu. Korreksion ta’sir kilishda kasbiy tayyorgarlikning asosiy komponentlari
1. Nazariy komponent – korreksion ishlarning nazariy asosini bilish.
2. Amaliy komponent – aniq korrektiv metod va metodikalarni bilish.
3. SHaxsiy tayyorgarlik – psixologning shaxs muammolarini psixologik ishlarda bilishi kerak.
Korreksion ishni alohida olib boruvchi psixolog, tayanch fundamental tayyorgarlikka ega bo‘lib, korreksion ta’sir eta olish metodlarini bilishi kerak.
Nazariy komponent asosida quyidagilar nazarda tutiladi: psixologik taraqqiyot ontogenezi, psixologik taraqqiyot bilimlarini bilim va tarakkiyot orasidagi o‘xshashlik va farqlarni, asosiy nazariyalar haqidagi bilimlarni, shaxsning tip va modelini, guruhlarning ijtimoiy-psixologik farqlanish bilimlarini, zaruriy bilimlari.
Professional tayyorgarlikda 3 ta asosiy yondashuv bo‘lishi mumkin:
- bir nazariyaga tayanib ishlash, bir xil yondashuv;
- ekletizm – turli nazariyalarga endashish;
- umumiy yondashuv.
Bir yondashuvga tayanish predmetga chuqurroq kirishga amaliy va nazariy bilimga mukammal ega bo‘lishga, lekin shu bilan birga ba’zi bir cheklovlarni ajratadi.
Eklektizm – bunda psixolog har xil nazariy va amaliy bilimlardan foydalanadi. Bunday mutaxassisning ishi samaraliroq bo‘lishi mumkin (asosan boshlangich boskichda) lekin u vakt o‘tib tayanch bilimlari kamlik qilgani uchun qiynchiliklarga duch keladi.
Umumiy «kontinual» yondashuv – bu professional yondashuv bo‘lib, bunda mutaxassis bir nazariyaga yondashib hammasini o‘rganadi, professional fundamentga ega bo‘ladi, nazariy bilimini oshirib boradi, bunday professional nazariyaning konseptual tasavvuriga ega bo‘lgan xolda yondashuvni boshka amaliy bilimdan olishi mumkin.
Tayyorgarlikning amaliy komponenti.
Aniq metod korreksion metodikalarni egallash bilan aniqlanadi. Oxirida «yonish sindromi»ni olish mumkin. Bu sindrom har xil kasb egalari, insonlar bilan ishlovchi shaxsiy kuch-quvvat, idrokini ishlatuvchi mutaxassislarda uchraydi.
Har bir psixologda umumiy va shaxsiy maxsus usullari bo‘lishi mumkin.
Umumiylari:
- o‘z fikr-mulohazalarini erkin ayta oladigan har bir psixolog o‘z o‘quvchilarida yomon yoki saqlanib qoluvchi kayfiyatni bartaraf qila olishi mumkin. SHuning uchun erkin o‘zini his qilish juda muhim.
- o‘z xohishi-istagini bajarish, ko‘p psixologlar bo‘lishi kerak, shart degan qoida bilan ishlaydilar.
Psixolog faoliyatida mukammal ishlashi uchun o‘z xohishlari bo‘lishi, bajarilishi, ko‘pincha dam olishi, yakka qolishni xohlaydi.
Agar psixolog affekt holatida bo‘lsa u affektdan qutulmoqchi bo‘lgan o‘quvchiga yordam ko‘rsata olmaydi. Agar psixologning irodasi mustahkam bo‘lmasa, iroda bo‘yicha qilingan korreksion ishlari hech qanday natija bermaydi. Agar kattalar o‘zlarini baxtsiz va yakkalangan sezsalar, ular farzandlarini baxt va sevgi hislari tuyg‘ulari bilan tarbiyalay olmaydilar.
SHaxsiy tayyorlanmaganlik korreksion ishlarda psixologik to‘siq bo‘lib qolishi mumkin. Agar psixologni yoshlikda qattiq urishgan yoki jazolashgan bo‘lsa, u shaxsiyatga tegish kabi kamsitilishini boshidan kechirgan bo‘lsa – unda o‘quvchini kamsitmaslik kabi korreksion qoidaga bo‘ysunmasligi mumkin. Kattalar bu qoidani noto‘g‘ri deb bilmasliklari mumkin. Masalan: meni ham yoshlikda urishishgan, jazolashgan, lekin men yaxshi inson bo‘ldim deb hisoblashlari mumkin. Bu holatda psixolog va o‘quvchi o‘rtasida psixologik rezonans paydo bo‘ladi. Agar o‘quvchi bolalarga u qilayotgan holati salbiy tomondan ko‘rsatilsa, (hozir sen shunday qilayotgan bo‘lsang, katta bo‘lsang qanday bo‘lasan) o‘quvchi (bola) buni eslab qoladi, amalda bajarishi ham mumkin.
«Zamonamiz qaxramoni» M.YU.Lermontov romanida shunday yoziladi: YOshlikdan meni taqdirim shunday edi. Hamma meni yuzimdan yomon hislatlarni o‘qir edilar, vaholanki ular yo‘q edi; ular takidlashardi va ular paydo bo‘ldi. Men to‘g‘ri ko‘ngil edim – meni pismiqlikda ayblardilar: men shunga aylandim. Men yaxshilik va yomonlikni chuqur his etardim; meni hech kim erkalamas edi, hamma haqoratlar edi. Men g‘ayir bo‘lib qoldim. Men jahldor edim, boshqa bolalar esa quvnoq va sho‘x edilar. Men o‘zimni ulardan yuqori his etardim, kattalar meni ulardan past qo‘yardilar. Men ichiqora bo‘lib qoldim. Men butun dunyoni sevishga tayyor edim, - meni hech kim tushunmadi, men ichiqora bo‘lib qoldim. Men rost so‘zlar edim – menga ishonmas edilar; men yolg‘onchiga aylandim»
Bu romandan keltirilgan parcha bizga ta’kidlashning effektini ko‘rsatadi. Katta odam quyidagicha fikrlashi mumkin: bu bola to‘liq bo‘lmagan oiladan, unda shaxs rivojlanishi defektlari bo‘lishi mumkin yoki men ham to‘liq bo‘lmagan oiladanman – men unda nima bo‘lishim mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |