LABORATORIYA ISHI – 3 Fleshkani yuklanuvchi holatga keltirish Nazariy qism: Ko‘plab foydalanuvchilar «Windows» yoki boshqa distributivdagi operatsion tizim bilan yuklanuvchi fleshkani yaratishda «UltraISO» dasturi xizmatiga tayanishadi – bu esa o‘z navbatida oddiy va tezkor usul bo‘lib, odatda yaratilgan yuklanuvchi fleshka ko‘plab kompyuter va noutbuklarda ishlaydi. Ushbu qo’llanma orqali turli variantlarda qadamma qadam «UltraISO»da yuklanuvchi fleshkani yaratish jarayonini ko‘rsatib beriladi.
«UltraISO» yordamida siz har qanday operatsion tizimning (Windows 10, 8, Windows 7, Linux) obrazidan, shuningdek turli «LiveCD»lari bilan yuklanuvchi fleshkani yaratishingiz mumkin.
Boshlanishiga «Windows» va boshqa operatsion tizimlarni o‘rnatish yoki kompyuterning reanimatsiyasi uchun yuklanuvchi USB saqlash qurilmasini yaratishning eng keng tarqalgan variantini ko‘rib chiqamiz. Ushbu misolda biz, «Windows 7» yuklanuvchi fleshkasini yaratishdagi har bir bosqichni ko‘rib o‘tamiz, keyinchalik esa ushbu operatsion tizimni har qanday kompyuterga o‘rnatish mumkin bo‘ladi. Kontekstdan shunisi ma’lumki, bizga ISO fayl ko‘rinishidagi «Windows 7», 8 yoki 10 (yoki boshqa OT)ning yuklanuvchi ISO obrazi, «UltraISO» dasturi va muhim ma’lumotlarni o‘zida saqlamagan (chunki ularning barchasi o‘chiriladi) fleshka kerak bo‘ladi. Ishga kirishamiz.«UltraISO» dasturini ishga tushiring, dastur menyusida «Fayl» → «Otkrit»ni tanlang, operatsion tizim obrazi fayli joylashgan manzilni ko‘rsating va «Otkrit» tugmasini bosing.
Amaliy qism: 1. Fleshkani kompyuterga ulang.
2.Пуск menyusini oching va cmd.exe dasturini Administrator xuquqi bilan oching.
3. Paydo bo’lgan oynada diskpart buyrug’ini kiriting.
4. Keyin list disk buyrug’ini kiriting. Bu buyruq yordamida kompyuterdagi barcha aktiv disklarni ko’rishimiz mumkin.
5. So’ng biz fleshka qanday raqamli diskda ekanligini bilgan xolatda select disk 2 buyrug’ini kiritamiz.
6. Fleshkadagi barcha ma’lumotlarni o’chirib yuborish uchun clean buyrug’ini kiritamiz. Bu buyruq sistemani formatlaydi va yakunda quyidagicha javob beradi “DiskPart: очистка диска выполнена успешно”.
7. Keyin create partition primary buyrug’ini kiriting.
8. select partition 1 ni kiriting. DiskPart birinchi bo’limni aktiv sifatida qabul qilib oladi.
9.active buyrug’ini kiritib Enter ni bosing. Bu jarayon bo’limni aktivlashtirishga olib keladi.
10. So’ng format fs=ntfs quick ni kiriting. NTFS fayl tizimidagi bo’limni tezda formatlash jarayoni amalga oshadi.
11.Yakunda exit buyrug’ini kiritib Enter tugmachasini bosing. Shu bilan jarayon yakuniga yetadi.