Mahkam Mahmud


Darsni mustahkamlash uchun savollar



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/24
Sana30.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#105311
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
bolalar adabiyoti

Darsni mustahkamlash uchun savollar

1. Shoirning ozodalikka bag‘ishlangan qanday she’rlarini bilasiz?

2. „Suvarakxon“ asarining tarbiyaviy ahamiyati nimada?

3. „Doktor Voyjonim“ asaridan siz o‘zingizga qanday xulosa

chiqardingiz ?



251

  Samuil Yakovlevich

        Marshak

             (1887 — 1964)

Hozirgi zamon rus bolalar adabiyotida Samuil Yakovle-

vich  Marshakning  roli katta. U rus bolalar adabiyotida  kich-

kintoylar uchun katta she’riyat  yaratib bergan ulkan  san’atkor,

taniqli tarjimon, yetuk dramaturg, mohir pedagog va bilimdon

muharrirdir.

S. Y. Marshak 1887- yilda  Voronej shahrida tish texnigi

oilasida tug‘ildi. Bo‘lajak san’atkorda shoirlik iste’dodi  juda  erta

uyg‘ondi.  „Òo‘rt-besh yoshlarimda, — deb eslaydi shoir, —

she’rlar yoza boshladim. O‘n bir yoshlarimda, bir qancha poe-

malar yaratdim. Goratsiyning „Odamlar“ini tarjima qildim“.

S. Y. Marshak 1897- yilda Ostrogoj gimnaziyasiga o‘qishga

kiradi. Bu yerda bo‘lajak  shoir o‘z zamonasining  yetuk san’at-

korlari bilan yaqindan tanishadi. Marshakning ijodiy faoliyati

shu yerda chechak otadi. 1906- yildan boshlab felyetonlari, she’r

hamda  tarjimalari  bilan matbuotda  chiqa  boshlaydi.

S. Y. Marshak 1912- yilda Angliyaga  jo‘naydi. London uni-

versitetining san’at fakultetiga o‘qishga kiradi. Òa’til kunlari u

mamlakatning diqqatga sazovor joylarini yayov kezib tomosha

qiladi: baliqchilar bilan dengizda sayr qiladi, qishloq maktabla-

rida bo‘ladi. Ingliz xalq qo‘shiqlarini, ertaklarini sevib tinglaydi.

Bu yerda Marshak  V. Bleyk, Robindranat Òagor va boshqalar-

ning  she’r va poemalarini ingliz  tilidan  tarjima qiladi.

1914- yilda Rossiyaga  qaytib kelgan Marshakning hayoti

bolalar olami bilan chambarchas bog‘lanib ketadi. U 1915 —22-

yillarda  bolalar uylarida tarbiyachi, o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi.

Bu Marshakning bolalar shoiri bo‘lib kamol topishida katta rol

o‘ynaydi.

S. Y. Marshak 20- yillarda  o‘zining  she’r, ertak va poemalari

bilan yosh kitobxonlarning sevimli shoiri sifatida tanildi. „Qa-




252

yerda ovqatlanding, ey chumchuq“, „Ahmoq sichqoncha haqida

ertak“, „Kecha va bugun“, „Sirk“ va boshqa shu kabi  mashhur

asarlari o‘sha yillarda maydonga kelgan edi.

1939- yilda  Marshakning „Petya nimadan qo‘rqar edi?“,

„Korablcha“ singari mashhur  she’rlari bosilib chiqdi.

Ikkinchi jahon urushi davrida shoir ijodining asosiy qismini

urush, bosqinchilarga qarshi kurash  mavzusi tashkil etdi.

Ayniqsa, 1943- yilda yaratilgan  „O‘n ikki oy“ nomli  ertak-

dramasi tez orada  millionlab yosh  kitobxonlar orasida  mashhur

bo‘lib ketdi.

„Har qanday  bolalar  adabiyotida ikki  yosh mavjud bo‘ladi,

u olamga bolalar  nigohi bilan qaraydi, ammo  uni  kattalardek

idrok qiladi, aql-tajribasiga  suyanib ish ko‘radi,“ — degan shoir

bir umr bolalarni sevdi, ular  uchun  g‘oyaviy-badiiy yuksak

asarlar  yaratish uchun  tinmay  ijodiy  ish olib bordi.

S. Y. Marshakning nomini  olamga  yoygan, bolalar  shoiri

sifatida  tanitgan  she’rlaridan  biri „Ahmoq sichqoncha haqida

ertak“dir.

Bu ertakda shoir bolalar hayoti  va xarakteriga  mos bo‘lgan

qiziqarli  sujet  topa olgan. Kimki o‘ziga  ortiqcha  oro bersa,

oqibatini o‘ylamay ko‘r-ko‘rona  ish tutsa, o‘zidan  kattalarning

pand-nasihatiga amal qilmasa, hayotda ko‘p narsa  yutqazadi, o‘z

baxtini  qo‘ldan  boy beradi,  degan  fikr  ertakning  asosiy  g‘oyaviy

mazmunini tashkil etadi.

Kichkintoylarning otaxon shoiri S. Y. Marshak bu asarda turli

hayvon va jonivorlar misolida ularning yashash sharoitlari,

tovushlari, qolaversa yemak ovqatlari bilan ham yosh kitobxonlarni

oshna qiladi.

S. Y. Marshak „Yong‘in“, „Pochta“, „Musobaqalar doskasi“

asarlari bilan ham rus bolalar adabiyoti taraqqiyotiga katta

hissa qo‘shdi.

S. Y. Marshak yaratgan juda ko‘p qahramonlarni o‘zi shaxsan

tanigan, bilgan yoki eshitgan bo‘ladi, ba’zan esa gazeta material-

lari asosida yaratadi. Binobarin, bu qahramonlarning, albatta,

hayotiy prototi pi mavjud. Jumladan,  student V. Burskiy („No-

ma’lum qahramon haqida qissa“), Igor Chkalov („Qahramonning

o‘g‘li“), Katya Budanova („Katya Budanova“), Seryoja Smirnov

(„Sizning kitobingizni qanday nashr qiladilar?“) va boshqalar

shunday qahramonlar sirasiga kiradi. Shoir „Noma’lum qahra-

mon haqida qissa“ poemasida oddiygina hayotiy bir voqeani aks



253

ettirish bilan 30- yillar rus bolalar dostonchiligida ijobiy qahra-

mon qiyofasini yaratish yo‘llarini ko‘rsatib berdi.

S. Y. Marshak Rossiyada hayot kechirayotgan har bir kishi

bir-biriga mehribon, jonkuyar, shuningdek, vaqti kelganda mardlik,

jasorat ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini, ayni paytda oddiy,

kamtarin, o‘zlarining qo‘lga kiritgan ulkan muvaffaqiyatlari, erish-

gan jasoratlari bilan kerilmasliklarini, manmanlikka berilmas-

liklarini, oddiy hayotiy detal — o‘t ichida qolgan bir qizchaning

hayotini saqlab qolgan bola misolida tasvir etadi. Bola, mana, ko‘rib

qo‘yinglar, men jasorat ko‘rsatdim, deya ko‘kragiga urib maqtanish

o‘rniga, tezgina odamlar orasiga kirib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Bu

qahramonni keyinchalik barcha qidiradi. Lekin hech kim topa

olmaydi.


Hozir ham o‘quvchilar o‘rtasida maktab jihozlarini asrab-

avaylab tutmaydiganlari topilib turadi. Bunday bolalarga shoir

o‘zining „Stol kelgan qayerdan?“ degan she’rida maktab jihozlari

o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaganligini, buning uchun katta-

larning qanchadan qancha vaqtlari, mehnatlari sarf etilganligini

tushuntirib beradi.

„Marshak bizning bolalar adabiyotimizning asoschisi va

bilimdoni,“ — deb yozgan edi M. Gorkiy. Bunday yuksak maq-

tovga S. Y. Marshak halol mehnati, kichkintoylarni astoydil sevishi,

ardoqlashi sababli erishdi.




Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish