242
SANOATDA FOYDALANIB BO‘LINGAN KATALIZATOR
QOLDIQLARIDAN MIKROELEMENTLAR OLISHDA FOYDALANISH
O.K.Rahmonov, Z.S.Karimova
Farg‘ona Politexnika Instituti
Annotatsiya: Hozirgi kunda kimyo sanoatida foydalanilib bo‘lingan
katalizatorlarni regeneratsiya qilish va qayta ishlash usullarini yaratish hamda ishlab
chiqishga tadbiq etish ishlab chiqarish sanoatida katta ahamiyatga ega.
Shu nuqtai
nazardan hom ashyo bazasining qisqarishi va ekologik vaziyatning yomonlashishi
bilan bog‘liq holda, hosil bo‘lgan chiqindilarni keyinchalik foydalanishga yaroqli
mahsulotlar qilib qayta ishlash maqsadga muvofiqdir. Ikkilamchi hom ashyo deb
hisoblanishi mumkin bo‘lgan chiqindilarga foydalanib bo‘lingan katalizatorlar kiradi.
Kalit so‘zlar:
katalizator, mikroelementlar, mikroo‘g‘itlar, o‘simlik ,Cu, Zn,
Mo,PHK-4.
Tirik organizmlar va o‘simliklardagi birorta muhim biokimyoviy yoki
fiziologik jarayon u yoki bu turdagi mikroelementlarsiz amalga oshmaydi.
Mis, marganes , temir , rux bor,
oltingugurt, kremniy kabi 30 dan ortiq
mikroelementlar o‘simlik hayotida juda muhim ro‘l o‘ynaydi. O‘simlikning o‘sib
rivojlanishi, gullab meva tugib, mo‘l –ko‘l hosil berishi tuproq tarkibida
mikroelementlar yetarli darajada mavjudligiga bog‘liqligi isbotlangan.
Mikroelementlar ta’sirida o‘simlik barglarida xlorofill ortadi, fotosintez
jarayoni
yaxshilanadi, o‘simlikning barcha qismlarida hayotiy faollik oshadi.
Tuproqda mikroelementlar yetarli bo‘lsa, o‘simliklar azot, fosfor, kaliy va boshqa
elementlarni yaxshi o‘zlashtiradi.
Mikroelementlar o‘simlik organizmi metabolizmida muhim fiziologo-
biologik vazifani bajaradi. Ular to‘qimadagi sintetik jarayonlarda qatnashadi,
xususan, o‘simliklar o‘sishi va rivojlanishida, shuningdek organizmdagi reaksiyaning
tezligi va yo‘nalishini belgilab beradi. Ular yetishmaganda organik moddalar sintezi,
fosfor va azot almashinuvi buziladi, o‘simlik to‘qimlaridagi asosiy almashinish
jarayonlari tezligi pasayadi.
Tarkibida mikroelementlar bo‘lgan kompleks o‘g‘itlar
ishlab chiqarish
jarayoni, asosan, arzon va ishlatilish imkoniyatlari bo‘lgan homashyolarning
yetishmasligi asosida birmuncha qiyin holatda qolib ketmoqda.Shu nuqtai nazardan
rangli metallurgiya ikkilamchi mahsulotlari (kislorod-alangali pech elektrofiltrlari
kukuni – qurumi, rux bug‘lanmasi) va ishlatib bo‘lingan past haroratli katalizatorlar
(PHK – 4), rux atsetatli katalizatorlar qo‘llanilishga qulay va yuqori imkoniyatlarga
ega bo‘lgan homashyo bo‘lishi mumkin.
Ammiak ishlab chiqarish jarayoni murakkab jarayon hisoblanib, bir necha
bosqichlarni o‘z
ichiga oladi, har bir bosqich ma’lum bir katalizatorlar va
adsorbentlar yordamida amalga oshiriladi. Jumladan,
temir, xrom, rux, mis, nikel,
kobalt, molibden va boshqa metallar yoki ularning birgalikdagi aralashmalaridan
tayyorlangan katalizatorlardan foydalaniladi. Barcha katalizatorlar ishlash davomida
243
sodir bo‘ladigan fizik va kimyoviy ta’sirlar natijasida foydalanishga yaroqsiz holatga
keladi.
Reaksiya davomida har qanday katalizatorni aktivligi o‘zgaradi,ba’zan
aktivligi oshadi, lekin ko‘pincha kamayadi va bora-bora butunlay aktivsizlanadi,
ya’ni hamma katalizator ham abadiy ishlamaydi.Vaqt o‘tishi
bilan katalizator
aktivligining kamayishiga katalizatorni eskirishi deyiladi.
Ba’zi moddalar katalizator ishlash jarayonida, uning aktivligini kamaytiradi
yoki butunlay yo‘qotadi.Bunday modda katalizator zaxari yoki kontakt zaxari, ba’zan
esa antikatalizator deb aytiladi.
Qaytmas
zaxarlanishda,
zaxar
katalizatorning
aktivligini
yo‘qotadi.Zaxarlangan katalizatorning aktivligini tiklab bo‘lmaydi. Masalan: H
2
S,
PH
3
ko‘p katalizatorlarni qaytmas qilib zaxarlaydi.
Foydalanib bo‘lingan katalizator qoldiqlari tarkibida qishloq xo‘jaligi
sohalarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan mikroelementlar (temir, rux, mis, kobalt,
molibden va boshqalar) mavjudligi sababli, bu katalizator qoldiqlaridan qishloq
xo‘jaligi uchun mikroelementlar ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega. Qolaversa,
katalizator qoldiqlarini utilizatsiya qilish muammosi qisman bo‘lsada hal etiladi.
Ammiak ishlab chiqarish jarayonida uglerod oksidini suv bug‘i bilan
konversiyalashda past haroratli katalizator PHK-4
ishlatiladi, ular diametri 6mm va
qalinligi 4mm bo‘lgan tabletkalar shaklida bo‘ladi va tarkibi quyidagicha bo‘ladi, %
hisobida: Cu – 44; Zn – 9,0; Cr – 9; Al – 10; S – 0,1. Ishlatib bo‘lingan va ishlatilish
davrida katalizator tarkibida hamma komponentlar oksid holida bo‘ladi.
Ishlatib bo‘lingan PHK – 4 ( past haroratli konversiya katalizatori – 4)
katalizatorini mikroelementli (misli) ammofos ishlab chiqarishda foydalanish uchun
misni sulfat (7,7; 12 va 15% H
2
SO
4
), termik (19 va 32 % P
2
O
5
) va ekstraksion fosfat
kislotalar eritmalariga o‘tishiga turli xil omillar: Q:S moddalar nisbatlari, vaqt va
harorat ta’sirlari o‘rganilgan.
Ekstraksion fosfat kislotasiga misli va ruxli mikroelementlarni kiritish orqali
mikroelementli ammofos olish texnologiyasi taklif qilingan.
Ushbu katalizatorni qayta ishlash orqali kompleks mikroo‘g‘itlar olish ham
mumkin. Kompleks mikroo‘g‘itlar
sifatida borat kislotasi, mis, rux, kobalt va
marganes sulfatlari, ammoniy molibdat va kaliy yodid aralashmalari ishlatiladi.
Kompleks mikroo‘g‘itlar tarkibida 5,5% B, 2,8% Cu, 5,5% Zn, 1% Mo va Co, 11%
Mn bo‘ladi.
Hozirgi kunda ilmiy va amaliy jihatdan mikroelementlarning qishloq
xo‘jaligida ishlatilishi yuqori samara berishi tasdiqlangan. Keyingi 10-15 yil ichida
ko‘pgina mamlakatlarda mikroo‘g‘itlarning qishloq xo‘jaligida ishlatilishi, keng
qo‘llaniladigan o‘g‘itlar bilan birgalikda foydalanish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: