480
KOLBASA MAHSULOTLARINI TAYYORLASHNING YANGICHA
INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI
Sh. Hasanov, A. Ollaberganova
Sog'lom va to'yimli ovqatlanish inson hayoti va sog'lig'ini saqlashning muhim
shartlaridan biridir. Bugungi kunda ko'plab tibbiy tadqiqotlar natijasida ovqatlanish
va yurak-qon tomir kasalliklari, xavfli o'smalar, semirish,
II turdagi qandli diabet,
osteoporoz va boshqalar paydo bo'lishi o'rtasidagi bog'liqlik isbotlangan.10 noyabr
2020 yilda O‘zbekiston respublikasi prezidentining “Aholining sog‘lom
ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori
qabul qilindi. Ushbu qarorda oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish tarkibidagi
o'zgarishlar, shu jumladan sut va go'sht mahsulotlari, sabzavot va mevalarni iste'mol
qilish ulushining oshishi tufayli ovqatlanish yaxshilash ko’zda tutiladi. Bolalar
ovqatlari,
alkogolsiz ichimliklar, sut va non mahsulotlari kabi 400 dan ortiq
boyitilgan ovqatlar ishlab chiqariladi .
Amarant noan'anaviy o'simlik xom ashyosiga tegishli bo'lib, sog'lom oziq-ovqat
mahsulotlarini kengaytirish, shuningdek funktsional maqsadlar uchun oziq-ovqat
qo’shimchalarini ishlab chiqarish uchun eng istiqbolli hisoblanadi
Amarant unining qo’shilishi kolbasa ta’miga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi,
aksincha ,
mahsulot ta’mi yoqimli va suvli bo’ladi. Yangi noan’anaviy o’simlik
qo’shimchalarini xususan amarant unini ishlatish rux va temirning optimal miqdorini
ta’minlaydi, shuningdek, kanserogen moddalar va anemiyani oldini olish
xususuyatiga
ega.Organoleptik
ko’rsatkichlarini
tahlil
qilish
pishirilgan
kolbasalarning yuqori organoleptik xususiyatlarini ko’rsatadi.Pishgan kolbasa
tayyorlashning texnologik jarayoni quyidagi operatsiyalardan iborat: sho’r suvda
ushlab turilgan go’sht
xomashyosini maydalash, piyoz tayyorlash,shprislarni
tayyorlash, batonlarni bog’lash, qovurish, pishirish va sovutish, qo’shimcha
komponent sifatida amarant un va suv 1:2,5 nisbatda.Amarantunining miqdori
maydalangan go’shtga nisbatan 5-15% ni tashkil qiladi. 1-jadval.
Qaynatilgan
kolbasa retsepturasi.
481
Toshkent kimyo texnologiya instituti Analitik,fizikaviy va kalloid kimyo
kafedrasida rentgen emission mikroskop yordamida olingan namunalarining rentgen
diffraksiyasi sxemasi 1-rasmda keltirilgan.Tayyor mahsulotda rentgen emission
mikroskop yordamida makro- va mikroelement tarkibi o’rganiladi.
1-rasm. Ammarant uni qo’shilgan va qo’shilmagan kolbasaning rentgenogrammasi
Laboratoriya tajribalari Xorazm Ma’mun
Akademiyasi ilmiy
laboratoriyalarida bajarildi.Mavjud retseptura asosida mahsulotning organoleptik,
fizik-kimyoviy xossalarini tekshirib unga mos texnik shart ishlab chiqib ishlab
chiqarishga tavsiya etish va buning natijasida kolbasa mahsulotlarining assortimentini
ko’paytirish va mahsulot tannarxini kamaytirishga erishishni taklif etish niyatidamiz.
Noan’anaviy o’simlik moylarini kolbasa retsepturasiga kiritish orqali uning foydali
jihatlarini oshirish va xomashyo tarkibiga kiritiladigan hayvon yog’ining ulushini
kamaytirishga erishish buning natijasida ham foydali
va parxezbop mahsulot
retsepturasini yaratishni yo’lga qo’yish hisoblanadi. Amarant uni tarkibida saraton
kasalligiga qarshi ishlatiladigan skvalen moddasi uning foydali jihatlarini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: