Tarmoqni tashkil etishda kabellarni ahamiyati Bog`lash uchun qo`llaniladigan kabellar uzatish muhiti deb yuritiladi.
Tarmoqlarning o`zaro aloqasida kommutatsiya vositalari. MHT ni kabellarning istalgan tipi bilan yaratish mumkin. Kabellar asosan uchga bo`linadi:
1. Eng arzon kabel telefoniyada foydalaniladigan eshilgan sim juftidan iborat bo`lgan o`rama juft kabelidir. O`rama juft kabellari (tvisted pair – vitaya para) telefon simini eslatadi. O`tkazish tezligi: 100 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi. U ekranlangan va ekranlanmagan bo`lishi mumkin. Ekranlangan kabel elektr magnit halaqitlariga ancha bardoshli bo`ladi. Lekin amaliyotda aksariyat hollarda ekranlanmagan kabeldan foydalaniladi, chunki bunday turdagi kabeldan telefon liniyalarini o`tkazishda foydalaniladi va ekranlangan kabeldan ancha arzon. Kichik muassasalar uchun juda qulay.
Ushbu kabelning kamchiliklari signallarning so`nish koeffitsienti yuqoriligi va elektr magnit halaqitlariga yuqori darajada sezgirligi, shuning uchun MHT da o`rama juftlikdan foydalanishda faol qurilmalar o`rtasidagi eng yuqori masofa 100 metrgacha bo`ladi.Mahalliy kompyuter tarmoqlari ingichka (Ethernet) koaksial sim yoki «vitaya para» bazasida ko`riladi. Odatda bunday koaksial simlar yordamida tashkil qilingan tarmoq umumiy shina (sim) orqali birlashtiriladi.
Bu esa ma'lum noqulayliklarga olib keladi. Masalan, koaksial simning biror joyida uzilish bo`lsa, tarmoq kompyuterlari ishlamay qoladi. Sim uzilgan joyni topish masalasi esa amrimahol bo`lib qoladi. Shuning uchun hozirda lokal kompyuter tarmoqlarini yaratish strukturalash printsipiga asoslanadi. Bunda har bir struktura alohida «vitaya para» simlari bilan ulangan bir necha kompyuterlar tarmoq adapteri (moslovchisi) orqali kompyuter bilan bog`langan shaklda tuziladi. Bunda har bir struktura alohida «vitaya para» simlari bilan bir necha kompyuterlarning tarmoq adapterlari orqali kompyuterlarga ulangan holda bo`ladi. Tarmoqni kengaytirish uchun unga yangi shunday struktura qo`shiladi xolos. «Vitaya para» printsipida tarmoq tuzishda qo`shimcha joylar (yangi kompyuterlar olinganda) tashkil qilish uchun qo`shimcha simlar tortiladi. Natijada yangi foydalanuvchini tarmoqqa qo`shish bir yoki bir necha panellarda kommutatsiyani o`zgartirishga olib keladi xolos. Toking ring («vitaya para») asosida qurilgan tarmoqlar biroz qimmatroq bo`lsada, kelajakda u o`zini to`la oqlaydi va ko`p yillar buzilmay ishlaydi.