Mahalliy tarmoq Kompyuterlarni bir-biri bilan bog`lash. Tarmoqni tashkil etishda kabellarni ahamiyati



Download 42,48 Kb.
bet1/14
Sana07.07.2022
Hajmi42,48 Kb.
#752851
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
MINTAQAVIY TARMOQ TEXNOLOGIYALARI


MINTAQAVIY TARMOQ TEXNOLOGIYALARI
Reja:

  1. Mahalliy tarmoq

  2. Kompyuterlarni bir-biri bilan bog`lash.

  3. Tarmoqni tashkil etishda kabellarni ahamiyati



Insoniyat turmush tarzining rivojlanishi yangi-yangi kashfiyotlarning yaratilishiga sabab bo`lmoqda. Inson yangilik yaratish jarayonid har xil to`siqlarga duch keladi va shu to`siqlarga engib o`tish mobaynida yana yangi ixtirolar vujudga kelaveradi. Lekin, hayot tajribalaridan ma'lumki, ko`pincha yangi kashfiyot ma'lum bir muammoni hal qilish jarayonida vujudga keladi. Biz so`zsiz kompyuterning XX asr ning buyuk kashfiyotlaridan biri desak yanglishmaymiz. Davr talabiga ko`ra bugunga kelib kompyuter texnologiyasi juda rivojlanib ketdi. Ma'lumotlarni boshqarish, ayniqsa, hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etmokda. Ma'lumotlarni boshqarish tizimlariga bo`lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Katta hajmdagi ma'lumotlar bazasi va axborotlar ustida ishlashga to`g`ri kelyapti. Jamiyat taraqqiyotida yuz berayotgan jadal o`zgarishlar uning bir qismi bo`lgan informatika sohasiga ham o`z ta'sirini ko`rsatmokda. Bu ta'sir shunchalik kuchliki, axborot texnologiyalarida bo`layotgan o`zgarishlar yillar ichida emas, balki oylar ichida o`zgarib va boyib bormoqda. Axborot texnologiyalarida juda katta yutuq va o`zgarishlar amalga oshdi. Yangi axborot texnologiyalarining yoki kompyuter texnologiyalarining paydo bo`lishi bu sohadagi xizmat qilish uslubini tubdan o`zgartirdi. Tasavvur qilib ko`ring, yaqin-yaqinlargacha biror masalani kompyuterda echish uchun algoritmlarni, dasturlash tillaridan birini, dasturni kompyuter xotirasiga kiritishni, uning xatolariyu natijani taxlil qilishni talab qilar edi. Bu ishni faqat mutaxassislargina amalga oshirar edilar. Ammo bu sohada mutaxassis bo`lmagan foydalanuvchilar sonining kundan-kunga ko`payishi jamiyat oldida ma'lum qiyinchiliklarni tug`dirdi. Windows ni yoki bu asosida qurilgan informatsion texnologiyani yana ham tushunib olish uchun quyidagiga e'tiboringizni qaratmoqchimisiz. Supermarketda barcha ta'minot masalasini uning direktori hal qilsa, servisda ham xuddi shu hol ro`y beradi. Yangi axborot texnologiyasining direktori Windows dir. Agar sizga matn muharriri kerak bo`lsa, Windows sizni u bilan ta'minlaydi, siz hisob-kitob qilmokchimisiz, marhamat, Windows sizga elektron jadvalni taklif etadi. Ayniqsa, bu tizimda, Inernet, elektron pochta (E-mail) kabi imkoniyatlarining mavjudligi, Windows ning roli beqiyosligidan dalolat beradi. Bu sistemaning tarkibida xizmat qilishning yuzlab turlari mavjudki, ularni o`rganish va foydalanish jamiyatning har bir a'zosi, ayniqsa, talabalar uchun juda muximdir. Kompyuter faqatgina DOS buyruqlarni tushunadi. DOS bilan kompyuter orasidagi interfeys matnli bo`lib, barcha buyruqlar qo`lda klaviaturada kiritiladi. Axborot texnologiyasi-bu aniq texnik dasturlar vositasining majmui bo`lib, ular yordamida biz ma'lumotlarni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan hayotdagi turli-tuman masalalarni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan hayotdagi turli-tuman masalalarni hal etamiz. Xususan, axborotning eng asosiy turlaridan biri-iqtisodiy axborotlardir. Uning oddiy ma'lumotdan farqli tomoni shundaki, u odamlarning katta jamoalari bilan, tashkilotlar bilan, korxonalar va boshqa iqtisodiy strukturalardagi boshqarish jarayonlari bilan bog`liqligidadir. Informatika keng ma'noda fan, texnika va ishlab chiqarish, ya'ni inson faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekommunikatsiya yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish bilan bog`liq bo`lgan yagona sohadir.
Axborot texnologiyalarini qo`llashning eng muhim sohalaridan biri – telekommunikatsiya va aloqa tarmog`i hisoblanadi. Bu yerda axborot tizimlari axborot oqimlarini boshqarib va trafikni tartibga solib aloqa tarmog`ining uzluksiz ishlashini ta'minlaydigan zarur vosita hisoblanadi.
Hisoblash texnikasi vositalarining rivojlanishi, ayniqsa shaxsiy kompyuterlarning paydo bo`lishi mahalliy hisoblash tarmog`i (MHT) deb nomlanadigan yangi tipdagi axborot-hisoblash tizimlarining yaratilishiga olib keldi.
Kompyuter tarmoqlarining paydo bo`lish sabablaridan biri resurslaridan hamkorlikda foydalanish, alohida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Tarmoq orqali foydalanuvchilar bir vaqtning o`zida bir xil ma'lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bu holat axborot tashuvchilardagi joyni tejaydi. Bundan tashqari, printer, skaner, modem, lazer disklar majmuining birgalikda ishlatilishi qo`shimcha mablag`ni asraydi.
Kompyuterlardan turli xil masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashinish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo`ladi. Kompyuterlarning o`zaro axborot almashinish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuiga kompyuter tarmoqlari deyiladi ya'ni kompyuterlarning o`zaro turli ma'lumotlar programmalar almashish maqsadida biriktirilishi kompyuter tarmoqlari deyiladi. Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog`liq bo`ladi. Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma'lumotlar ombori va boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig`indisi tushuniladi. Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin. Kompyuterlar uchun shunday tarzda (tarmoqqa biriktirilgan holda) foydalanish juda ko`p afzalliklarga ega. Masalan kompyuter tarmog`iga ulangan bir printerni barcha foydalanuvchilar birgalikda ishlatishi biror tashkilot miqyosida xisobotni tez tayyorlash uchun uni bo`limlarga bo`lib har bir bo`lagini alohida tarmoq kompyuterida tayyorlash mumkin. Fayllar, kataloglar, printer, disklar tarmoqda birgalikda foydalanishi mumkin. Bu esa o`z navbatida tejamlarga olib keladi. Shuning uchun ham kompyuterlar tarmoqlarga biriktiriladi. Kompyuterlarning fizik jihatdan birlashtirilishi (simlar yoki boshqa yo`llar bilan) tarmoq o`zidan-o`zi ishlayveradi degani emas. Tarmoqdagi kompyuter tarmoq operatsion sistemasi boshqaruvida ishlaydi. Hozir ko`p ishlatilayotgan Windows XP tarkibida mahalliy tarmoqda ishlash imkoniyatini beruvchi programmalar mavjud.
Hozirgi vaqtda axborot-hisoblash tizimlarini 3 ta asosiy tipga bo`lish qabul qilingan.Ularni xududiy jihatdan quyidagilarga ajratish mumkin:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish