2. Koaksial kabel. Bu kabeldan ma'lumotlar uzatishning ikita turli tizimida foydalanish mumkin: signalni modulyatsiyalab modulyatsiyalamasdan uzatish. Birinchi holda raqamli signal (ShK) shaxsiy kompyuterdan qanday shaklda uzatilsa, undan shunday shaklda foydalaniladi va darhol kabel bo`ylab qabul qilish stantsiyasiga uzatiladi. Ikkinchi holda raqamli signal analogli signalga aylantiriladi va u qabul qilish stantsiyasiga yo`naltiriladi, u yerda u yana raqamli signalga aylantiriladi. Signalni aylantirish operatsiyasini modem (modulyator/demodulyator) bajaradi; har bir stantsiya o`z modemiga ega bo`lishi kerak. Ma'lumotlarni uzatishning bu usuli ko`p kanalli (o`nlab kanallar bo`yicha uzatishni ta'minlaydi, buning uchun faqat bitta kabeldan foydalanadi) hisoblanadi. Bunday usul bilan tovushlarni videosignallarni, ma'lumotlarni uzatish mumkin. Kabel uzunligi 50 km gacha yetishi mumkin. Signallarni modulyatsiyalab uzatish modulyatsiyalamasdan uzatishga nisbatan ancha qimmat turadi. Shuning uchun yirik korxonalar o`rtasida ma'lumotlarni uzatishda undan foydalanish ancha samarali bo`ladi. Koaksial kabellar (coaxial cable), ular televizion antennaga juda o`xshash. O`tkazish tezligi 10 Mbit/sek gacha va eng yuqori ta'sir radiusi 4000 m bo`lgan bitta uzatish kanaliga ega. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi.
Koaksial sim to`rt qatlamdan tashkil topgan bo`ladi: uning eng ichki qatlami metall simdan iborat. Bu izolyatsiya bilan o`ralgan bo`lib, u 2-qatlamini tashkil kiladi. 3-qatlam izolyatsiyasi yupqa metall ekran bilan qoplangan bo`ladi. Ekran egiluvchan o`qi, ichki sim egiluvchanlik o`qi bilan ketma-ket tushadi. Shuning uchun ham koaksial sim deyiladi. To`rtinchi qatlam plastik qatlamdan iborat bo`lib, u uchta qatlamni qoplaydi.
Keyingi paytda keng rivojlangan kabel televideniesida ishlatiladigan sim koaksial simdir. Kabel televideniesi yordamida bir qancha kanallar orqali ko`rsatuvlar berilishining sababi ham koaksial simlar orqali bir paytda bir qancha turli signallarni uzatish imkoniyati borligidandir. Bunda har bir signal turiga bittadan kanal mos keladi. Har bir kanal o`z chastotasida ishlaydi, shuning uchun ular oraliqda bir-biridan mustaqil hisoblanadi. Koaksial simning asosiy afzalligi, uning katta kenglikda ishchi chastotalariga ega bo`lganligi tufayli katta xajmdagi ma'lumotlar oqimini yuqori tezlikda uzatishi mumkinligidadir. Bu imkoniyat yuqori tezlik bilan ishlaydigan mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarini yaratish imkoniyatini beradi.
Koaksial simlarning ikkinchi afzalligi ularning turli tashqi qarshiliklarga chidamliligi va nisbatan uzoq masofalarga ma'lumotlarni (signal shaklidagi) uzatishi mumkinligidadir.
Koaksial simlari uchun qabul qilingan andozalar mavjud bo`lib, u Internet kompyuter tarmog`i uchun Internet yo`g`on simi (taxminan qo`lning katta barmog`i yo`g`onligida) deb ham yuritiladi. Bundan tashqari, yo`g`onligi taxminan kichik barmoq yo`g`onligida bo`lgan, hozirda keng tarqalgan Cheapernet yoki Thinnet simlari mavjud. Yo`g`on va ingichkaroq koaksial simlar albatta o`z xususiyatlariga ega: yo`g`on simlar ingichkaga nisbatan uzoqroq masofaga ma'lumotlarni uzatadi va tashqi qarshilikka chidamliroqdir. Yuqorida aytganimizdek, afsuski, bu simlarni to`g`ridan-to`g`ri kompyuterga ulab bo`lmaydi. Buning uchun qo`shimcha bog`lovchi sifatida “BNC” bog`lovchisidan foydalaniladi.
Koaksial simining asosiy xususiyati uning universalligidir, ya'ni uning yordamida deyarli barcha turdagi: tovush, video va hokazo signallarni uzatish mumkin.
Omninet, Onet kompyuter tarmog`i bunday simlarni birinchi bo`lib ishlatgan. 1-tarmoqlarda bunday simlar orqali ma'lumotlarni uzatish tezligi 1 m/bit atrofida bo`lgan, (Ethernet tarmoqlarida ishlatilgan) koaksial simlarga nisbatan uzatish tezligi 10 barobar kam. Keyingi tarmoqlarda uzatish tezligi koaksial simlar orqali uzatilish tezligiga barobarlashdi. Ammo ma'lumotlarni uzatish masofasi koaksial simlar uzatishiga nisbatan 5 marta kamdir.