Ishemiya Ishemiya-to’qimaga qon oqib kelishini kamayishi yoki to’xtab qolishi natijasida qon aylanishining buzilishi Kelib chiqishiga ko’ra turlari: - Angiospastik ishemiya- tomirlarni toraytiruvchi ta’sirotlar ostida vujudga keladi
- Obturatsion ishemiya-arterial tomir embol yoki tromb bilan bekilib qolganda ,tomir endoteliysi o’zgarganda kelib chiqadi.
- Kompression ishemiya-arteriyaga tashqaridan bosim bo’lganda uning ezilishidan kelib chiqadi.
Patogenezi Ishemiyaga uchragan sohaga qon kam kelishi yoki butunlay kelmay qolishi oqibatida gipoksiya rivojlanadi. ATF anaerob glikoliz hisobiga hosil bo’la boshlaydi. Bu holat oxirigacha oksidlanmagan moddalar(sut kislota, pirouzum kislota) ko’payib ketishiga olib keladi. Hujayra membranasining Naᶧ va suvga o’tkazuvchanligi oshadi va fiziologik faol moddalar hosil bo’lishi ko’payadi.Natijada kapillar o’tkazuvchanligi oshib ,qonning suyuq qismi tomirdan chiqadi,hujayralar shishadi,distrofiya va nekroz kuzatiladi. Oqibatlari Ishemiyaning oqibatlari quyidagi omillarga bog’liq: - Yopilgan yoki toraygan arteriyaning diametriga:arteriyaning diametri qancha katta bo’lsa,asorati shuncha og’ir bo’ladi
- Arteriyaning torayish tezligiga:qon tomir sekin yopilsa, organning qon bilan ta’minlanishi anostomoz orqali tiklanishi mumkin.
- Ishemiyaning davom etish muddatiga;
- A’zo yoki to’qimaning kislorod yetishmovchiligiga sezgirligiga;
- Kollateral tomirlarning qay darajada rivojlanganligiga.
Staz Staz- bu qon aylanishining mahalliy buzilishi bo’lib, kapillarlarda, mayda arteriyalarda, venalarda qon oqimining to’xtashi bilan xarakterlanadi. Bunda tomirlar keskin kengayib ketadi va bir biriga yopishgan eritrotsitlar bilan to’ladi.
Staz turlari
Chin staz
Ishemik staz
Venoz staz
Staz rivojlanishida biologik faol moddalar (serotonin,bradikinin,gistamin), to’qimada muhitning kislotalilik tomonga siljishi muhim ahamiyatga ega. Natijada tomir devori o’tkazuvchanligi ortadi, tomirlar kengayadi, qon quyuqlashadi, qon oqimi sekinlashadi, eritrotsitlar bo’kadi. Plazma gemoglabin bilan birga qon tomir devoridan tashqariga chiqa boshlaydi. Kapillar staz bo’lgan soha to’qimalarida oziqlanishning buzilishi kuzatiladi. Kapillar ichiga kirib ta’sir qiluvchi omillar, eritritsitlar plazmolemmasining fizik xususiyatlarini o’zgarishi natijasida agregatsiya vujudga keladi.
Stazning oqibatlari turlicha bo’lishi mumkin:
Agarda qonda va qon tomir devorida chuqur o’zgarishlar bo’lmasa, stazni keltirib chiqargan sabablar yo’qotilsa ,shikastlangan joyda qon aylanishi tiklanadi.
Agarda tomirning shikastlanishi og’ir bo’lsa, eritrotsitlar agregatsiyasi kuchli bo’lsa, staz o’tib ketmaydi, natijada to’qima o’limiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |