Toshkent shahar Olmazor tumani mahalliy budjeti daromadlari tarkibi10
Ko’rsatkichlar
|
2009 yil
|
2010 yil
|
2011 yil
|
2012 yil
|
so’m
|
jami nis-n, %da
|
so’m
|
jami nis-n,
%da
|
so’m
|
jami nis-n,
%da
|
so’m
|
jami nis-n,
%da
|
Budjet
daromadlari - jami
|
102753110,6
|
100
|
137317334,2
|
100
|
178082040,2
|
100
|
266707122,7
|
100
|
Mol-mulk solig’i va resurs to’lovlari
|
10025396,5
|
9.7
|
13351638,7
|
9.7
|
23434621,0
|
13.1
|
37727818,3
|
14.1
|
Er solig’i jami
|
2947398,2
|
2.8
|
2636940
|
1.9
|
4034632,0
|
2.2
|
5764029,6
|
2.2
|
Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i
|
2268346,5
|
2.2
|
1686457,0
|
1.2
|
2073109,2
|
1.2
|
3053099,1
|
1.1
|
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i
|
678998,1
|
0.6
|
950479,8
|
0.6
|
1961522,8
|
1.1
|
2711089,5
|
1.01
|
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Olmazor tumani mahalliy budjeti daromadlari 2009 yilda 102753110,6 so’mni, 2010 yilda 137317 334,2 so’mni, 2011 yilda 178082040,2 so’mni, 2012 yilda 266707122,7 so’mni tashkil etgan. Yer solig’idan jami tushum 2009 yilda 2947398,2 so’mni, 2010 yilda 2636940 so’mni, 2011 yilda 4034632 so’mni, 2012 yilda esa 5764029,6 so’mni tashkil etgan. Jismoniy shaxslar olinadigan yer solig’i bo’yicha tushumga e’tibor qaratadigan bo’lsak, 2010 yilda ushbu soliqdan tushum 950479,8 so’mni, ya’ni jami mahalliy budjet daromadlarini 0,6 % ini, 2011 yilda 1961522,8 so’mni salmog’i 1,1 %ni tashkil etgani holda, 2012 yilga kelib 2711089,5 so’mga, jami mahalliy budjet daromadlarini 1,01 %ini tashkil etgan. E’tibor qaratadigan bo’lsak yildan yilga mahalliy budjet daromadlari tarkibida yer solig’idan, jumladan jismoniy shaxslar olinadigan yer solig’idan tushum ortib borgan. Bu yil sayin tumanda soliq to’lovchilarning soni va soliq ob’ektini ortib borayotganligidan dalolat bermoqda. Bundan tashqari tuman mahalliy budjeti jami daromadlari ham yildan yilga o’sib bormoqda.
Soliq Kodeksning 287-moddasiga muvofiq, mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo’lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari yer solig’ini to’lovchilardir.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun to’lanadigan ijara haqi yer solig’iga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga yer solig’ini to’lovchilar uchun belgilangan imtiyozlar, soliqni hisoblab chiqarish va soliqni to’lash tartibi tatbiq etiladi.
Uy-joy, yashash uchun mo’ljallanmagan imorat va inshootlar meros bo’yicha o’tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish huquqi va foydalanish huquqi o’tgan yer uchastkalari uchun yer solig’i meros qoldiruvchining soliq majburiyatlari hisobiga olingan holda merosxo’rlardan undiriladi.
Soliq Kodeksining 288-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslar uchun quyidagi yer uchastkalari soliq solish ob’ektidir:
dehqon xo’jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
jamoa bog’dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan,shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalari;
xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
meros bo’yicha, xadya qilinishi yoki olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquq, egalik qilish va foydalanish huquq ham o’tgan yer uchastkalari, qonun xujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalari;
tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari.
Ko’p kvartirali uylar egallagan yer uchastkalari soliq solish ob’ekti bo’lmaydi. Soliq solinadigan baza bo’lib, ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yhatidan o’tkazishni amalga oshiruvchi organning yer uchastkalarining maydoniga doir ma’lumotlari soliq solinadigan bazadir.
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i stavkalari xar yili kelgusi moliya yili uchun O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari tasdiqlanayotganda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori bilan tasdiqlanadi va O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi hamda Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan umumiy tartibda soliq to’lovchilarga yetkaziladi.
Masalan, 2013 yil uchun jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 25 dekabrdagi PQ-1887-sonli qarori asosida belgilab berilgan.
Harakatda bo’lgan soliq turlari yuzasidan soliq stavkalarini tabaqalashtirish soliq tizimidagi eng asosiy jarayon, qolaversa, bugungi kunda muhim muammolardan biri bo’lib hisoblanmoqda, chunki, soliq stavkalari tabaqalashtirishning negizida soliq to’lovchilarning manfaati yotadi. Bunda soliq stavkalarini noob’ektiv tabaqalashtirish soliq to’lovchilarning ba’zilari uchun ortiqcha imtiyoz berishiga yo’l qo’yilsa, boshqa tomondan boshqa soliq to’lovchilarning iqtisodiy manfaati biroz bo’lsada kamaygan bo’ladi. Bundan kelib chiqadiki, soliq stavkalarining tabaqalashtirishdagi eng asosiy e’tibor beriladigan jihatlardan biri bu soliq stavkalarini tabaqalashtirish mezonlarini to’g’ri belgilashdir.
Ma’lumki, davlat iqtisodiyotini tartibga solish funktsiyasini bajarishda bir qator usullardan foydalaniladi. Bular kredit, narx, dotatsiya, subsidiya, sanatsiyalash va soliq tizimi, bo’lib, bularning ichida eng ko’p samara beradigan va qulay bu soliq tizimidir. O’z navbatida soliq tizimi orqali iqtisodiyotni tartiblashda asosiy unsurlar, ya’ni, soliq imtiyozlari va soliq stavkalari muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasida soliq stavkalarini belgilash asosan ikki xil yo’nalishda amalga oshirilishi qonun xujjatlarida belgilangan.
Birinchi usul, bu Oliy majlis tomonidan soliq stavkalaridan yuqori va quyi chegarasi belgilansa, ikkinchi usul, mahalliy hokimiyatlar o’z imkoniyatlaridan kelib chiqib ayrim soliq va yig’imlarning stavkalarini belgilashidir. Lekin amaliyotda soliq stavkalari tabaqalashtirilgan holda belgilanishi asosan yuqori tashkilotlar tomonidan belgilanadi.
Ta’kidlash lozimki, soliq stavkalarini belgilashni takomillashtirish soliq turlarining xususiyatlarini ham hisobga olishni taqozo etadi. Ayrim soliq turlari mavjudligi (aktsiz, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq) ularga soliq stavkasini qa’tiy belgilash ushbu soliq turlarining mazmun mohiyatini yo’qotadi. Ammo, shunday soliq turlari mavjudki, ular bo’yicha soliq stavkalarini belgilashda turli xil omillarni hisobga olish zarur. Masalan, jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig’i stavkalarini tabaqalashtirishda quyidagi mezonlarga asoslanadi, ya’ni yer uchastkalarining zonalar bo’yicha ajratilishiga qarab, ya’ni, Toshkent shahrida 14 zona, viloyatlarda 4 zona, tumanlarda 3 zona, qo’rg’onlarda 2 zonaga;
Mahalliy soliqlar ichida davlat budjeti daromadlaridagi ulushi bo’yicha ikkinchi o’rinda turadigan yer solig’i soliq to’lovchilarni iqtisodiy jihatdan rag’batlantiruvchi va muhim moliyaviy ahamiyat kasb etuvchi soliqlardan biri hisoblanadi.
Hozirgi kunda yer solig’i to’lovchi jismoniy shaxslar ixtiyoridagi yer maydonlari alohida zonalarga bo’linganligini yuqorida ko’rib o’tdik. Har bir zonadagi sotsial, moliyaviy infratuzilmalarning joylashuviga muvofiq, soliq stavkalari o’zgarib turadi. Ya’ni, infratuzilmalar yaxshi tashkil etilgan holatiga ko’ra soliq stavkalari yuqori bo’ladi va aksincha. Bu degan so’z qay yerga kapital ko’p sarflangan bo’lsa, o’sha yerda soliq stavkasi yuqori bo’ladi.
Fikrimizcha, yer solig’i stavkalarini hisoblab chiqarishda yer maydonining joylashuvi, sifati, yetishtiriladigan mahsulot turi e’tiborga olinishi lozim. Boshqacha aytganda yerdan olinadigan amaliy foyda nazarda tutilishi kerak. Bu tadbir yer qiymatining iqtisodiy bahosidan kelib chiqqan holda stavkalarni belgilash yo’li bilan amalga oshirilsa maksadga muvofiq hisoblanadi. Mazkur jarayon mamlakatimiz soliq tizimida amalda tajriba sifatida qo’llanilayotgan me’yoriy qiymatdan yagona yer solig’i borasida olib borilayotgan tadbirlarga o’xshash holatda olib borilishi albatta o’z samarasini ko’rsatadi.
2.3. Mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishda jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig’ining amaldagi holati tahlili.
Hozirgi davr mol-mulk solig’i tarixan rivojlanib kelgan soliqlardan biri hisoblanadi. Bu soliq qadimda ko’chmas mulk hisoblangan yerlardan undirilgan, shuningdek mol-mulk qiymatidan zakot shaklida ham olingan. Turkiston General-gubernatorligi tashkil etilgandan so’ng esa, shahardagi mol-mulkdan yig’imlar Turkiston jamoa yig’imlarida ustun turgan. O’sha davrda shaharlarda kvartira solig’i ham joriy etilgan2. Buyuk bobokalonimiz, sarkarda A.Temur davridagi soliq tizimida ham yer va mulk soliqlari mavjud bo’lganligini alohida ta’kidlash mumkin, Aynan shu vaqtda xiroj, molu jixot, qo’nalg’a, boj, peshkash, sovari va shilon puli kabi soliqlar amal qilib, bulardan “xiroj”- asosiy soliq bo’lib, yerning sharoitiga va yer egasining jamiyatda tutgan ijtimoiy-siyosiy mavqeiga qarab olingan va hosilning o’ndan bir, to’rtdan bir yoki uchdan bir qismini tashkil etgan bo’lsa, “molu jixot” solig’i (arabcha “mol”-daromad va “jixot”-sabab)- umuman soliq, u pul yoki natura shaklida to’lanishi mumkin bo’lgan3.
Hozirgi kunda Respublikamizda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mahalliy budjetga undiriladigan asosiy soliqlardan biri hisoblanadi. Jismoniy shaxslar mol-mulk solig’i mahalliy budjet daromadlarini doimiy shakllantirib turuvchi barqaror, manba bo’lganligi uchun undiriladi. U fiskal funktsiyani bajarib, davlat budjeti daromadlarini to’ldiradi. Shunday qilib, bu soliqning ahamiyati davlat budjetining manfaatdorligidadir.
Jismoniy shaxslar mol-mulk solig’ining yana bir ustun jihati shundaki, bu uning soliq bazasining identifikatsiyasi bilan bog’liq, ya’ni soliq ob’ektining qat’iyligidadir. Shuning uchun ham mol-mulkni soliq to’lashdan qochish maqsadida yashirish qiyin va soliqqa tortish maqsadida uni qiymatini aniqlash egasining hoxishidan kelib chiqmaydi.
Jismoniy shahslarning mol-mulkiga solinadigan soliq - bu to’g’ri soliq bo’lib, u o’zining ushbu sifati bilan moddiy boyliklarni olish va jamg’arish jarayonida undiriladi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq muntazam soliq hisoblanadi, ya’ni u bir yilda bir marta muntazam ravishda undiriladi. Nixoyat bu hududiy soliq bo’lib, u O’zbekiston Respublikasi hududida bo’lgan va unda ro’yxatga olingan ko’chmas mulk uchun to’lanadi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni huquqiy tartibga solishning asosiy manbalariga O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 272-277 moddalari hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 29 dekabrdagi 478-sonli “Jismoniy shaxslarga mulk huquqda tegishli bo’lgan bino va inshoatlarni baholash va qayta baholash to’g’risida”gi nizomni tasdiqlash to’g’risidagi qarori kiradi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 1993 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to’g’risida”gi Qonuni asosida joriy etilgan bo’lib, hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 48-bob, ya’ni 272-277 moddalari asosida undiriladi va huquqiy tartibga solinadi. Mazkur Kodeksning 272-moddasiga muvofiq, mulkida soliq solinadigan mol-mulki bo’lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehkon xo’jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to’lovchilaridir.
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i stavkasi xar yili kelgusi moliya yili uchun O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari tasdiqlanayotganda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi va O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi hamda Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan umumiy tartibda soliq to’lovchilarga yetkaziladi.
Mamlakatimizda jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’ini undirishda proportsional soliq stavkasi turi qo’llaniladi. Bunda mol-mulk solig’i ob’ekti qanday qiymatda bo’lishidan qat’i nazar, bir xil ulushda (proportsiyada), yagona stavkada soliq to’lanadi. Masalan, 2012 yil uchun jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 25 dekabrdagi PQ-1887-sonli qarori asosida belgilab berilgan.
2013 yil uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari quyidagi jadvalda berilgan:
6-jadval
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari11
Do'stlaringiz bilan baham: |