«Махаллий бюджет даромадларини шакллантиришда ва худудий иктисодиётни ривожлантиришда соликларининг ахамияти»FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
kurs ishi 2
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyotiga o’tishda, jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasini chuqur o’rganish natijasida qabul qilingan, o’ziga xos, millatimizning mintalitetidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan, milliy qadriyatlarimizni o’z ichiga oluvchi beshta tamoyilga asoslanadi. Tamoyillardan biri bozor iqtisodiyotiga o’tishda aholining kam ta’minlangan qatlamini kuchli ijtimoiy himoya qilishdir. Albatta, bu vazifani amalga oshirishda davlatimiz budjet mablag’lariga tayanadi. Budjet mablag’lari mamlakatning makroiqtisodiy barqarorlikka erishish yo’lida hukumat tomonidan yaqin va uzoq davrlarga mo’ljallangan davlat dasturlarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Respublikamiz jahondagi rivojlangan davlatlar bilan teng huquqli, o’zaro hamkorlikda iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlarni yo’lga qo’yish uchun harakat qilmoqda. Shu maqsadda mamlakatda iqtisodiy barqarorlikka erishish uchun iqtisodiy, ijtimoiy hamda huquqiy sohalarda islohotlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz I.Karimov o’zining nutqida: “2013 yilda mutanosib va barqaror davlat budjetini shakllantirish maqsadida soliq ma’murchiligini yanada takomillashtirish va erkinlashtirish, mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlash, butun soliq tizimini soddalashtirish va uning oshkoraligini ta’minlash bo’yicha tegishli tadbirlar ko’zda tutilmoqda. Shularning hisobidan soliq yuki darajasining oshmasligi ta’minlanib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan bu ko’rsatkich 21,3 foizni tashkil etadi”.1 Xorijiy investorlarni jalb qilish, xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotimizga kiritish natijasida uni yuksak darajaga ko’tarish hozirgi davrda dolzarb vazifa hisoblanadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun, yetakchi xorijiy moliya institutlari tomonidan qo’yiladigan talablarni bajarmoqlik zarurdir. Jumladan mamlakat iqtisodiyotini barqarorlashtirish, inflyatsiya va budjet defitsitini belgilangan parametrlaridan ortib ketishiga yo’l qo’ymaslik va nihoyat xorijiy investorlarni huquqiy himoya qilishlikdir. Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish budjet siyosatini to’g’ri yuritish, budjet mablag’laridan samarali, oqilona foydalanishni talab etadi. Budjet mablag’lari doimo aniq bir maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi. Demak budjet mablag’laridan oqilona, samarali foydalanish bilangina ana shu maqsadga erishishlik mumkin bo’ladi. Budjet dasturlarining aniq va o’z vaqtida bajarilishi ayni paytda davlat dasturlarining ham pirovard natijada ijobiy bajarilishini ta’minlaydi. Budjet mablag’laridan oqilona foydalanishga esa samarali nazorat tizimini shakllantirmasdan turib erishib bo’lmaydi. Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so’ng o’z daromadlarini mustaqil tasarruf etadigan, o’z xarajatlarini o’zi qoplaydigan bo’ldi. Demak, respublika o’z budjetiga ega bo’lishi bilan birga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini, amalga oshirilayotgan islohotlar natijasidagi tub o’zgarishlarni ta’minlashga e’tibor qaratgan holda makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashni ham budjet tizimining vazifasi qilib qo’ydi. O’zbekiston Respublikasining hozirgi bozor iqtisodiyoti aralash iqtisodiy tizim bo’lib, unda bozor mexanizmi davlatning xo’jalik jarayonlarini tartibga solishi bilan o’zaro hamkorlik qiladi. Bozor munosabatlari sharoitida amalga oshirilayotgan iqtisodiy o’zgarishlarni ta’minlashdagi jarayonlar, jumladan, budjet ijrosi, uni bajarilishini qa’tiy ta’minlashda budjetdan birinchi darajali ustuvor ijtimoiy xarajatlarni moliyalash va undan maqsadli, samarali foydalanishda budjet intizomini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan bir qatorda yechimini kutayotgan muammolar ham mavjud. Mahalliy budjetlar O’zbekiston Respublikasi davlat budjetida muhim tarkibiy qismini tashkil etadi va mahalliy hokimiyatlarning faoliyat ko’rsatishlarida moliyaviy manba bo’lib hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil 14 dekabrdagi “Budjet tizimi to’g’risida”gi Qonunida “Mahalliy budjet - Davlat budjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag’lari jamg’armasini tashkil etuvchi bir qismi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori ko’zda tutilishi ko’rsatilgan. Mahalliy budjetlar tizimi mahalliy talab-ehtiyojlarni to’laroq undirishni hamda davlatning markazlashgan tartibda amalga oshiradigan tadbirlarning bajarilishi bilan chambarchas bog’langan holda ijro etishga imkon yaratib beradi. Mahalliy budjetlar daromadlari asosan mahalliy soliqlar va umumdavlat soliqlaridan ajratmalar hisobiga shakllanadi. Respublika va mahalliy budjetlari o’rtasidagi munosabatlarni, bog’liqlikni yanada takomillashtirish, shubhasiz regionlarni iqtisodiy rivojlantirish ular o’rtasidagi iqtisodiy nomutanosiblikka mumkin qadar barham berishdan iborat. Bundan tashqari, mahalliy budjetlarga tushumlarning yangi manbalarini qidirib topish, soliq undirishning progressiv tizimini joriy qilish va mavjud soliq tushumlari asosini takomillashtirish sohasida bir qancha ishlar amalga oshirilgan bo’lsada bu ishlarning haqiqiy holati hali to’liq o’rganilmagan. Shu sababli mahalliy budjet faoliyatini hamda mahalliy budjet daromadlari bazasini o’rganib chiqish va tahlil qilish zarurdir.
Ishning maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalarni bajarish rejalashtirilgan: - hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda mahalliy budjetlarning roli va ahamiyatini yoritish; - mahalliy soliqlar va yig’imlarni undirishda mahalliy hokimiyatlarning rolini o’rganib chiqish; - mahalliy budjet daromadlar bazasining iqtisodiy tahlil qilish; - mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishda jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’ining amaldagi holatini tahlil qilish; - mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishda jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig’ining amaldagi holati tahlilini qilish; - mahalliy budjet daromadlari bazasini mustahkamlashda rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarining tajribalarini o’rganish; - mahalliy budjet daromadlarini shakllantirish mexanizmini va hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda soliqlarni takomillashtirish yo’llarini yoritish va boshqalar.
Download 0,63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |