3
“Zakovat” intellektual klubi nodavlat notijorat tashkiloti
hududiy koordinatorlari
hamda kiritiladi.
4.3 Tashkiliy qoʻmita tanlovni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq barcha
bosh masalalarni hal etadi, shu bilan birga ariza, shikoyat va takliflarni koʻrib
chiqadi.
Shuningdek, “Zakovat” intellektual oʻyinini oʻtkazish boʻyicha savollar
tarkibini tasdiqlaydi va sir tutilishini taʼminlaydi.
V. Savol-javob jarayoni
5.1. Jamoalarga jami 20 ta savol (10 ta savoldan 2 ta tur), Respublika
bosqichida ham jami 30 ta savol (10 tadan 3 ta tur) beriladi.
5.2. Savollar oʻzbek tilida,
mantiqiy mazmunga ega, “Nima? Qayerda?
Qachon?” oʻyinlarining xalqaro standartlariga javob beradigan koʻrinishda boʻladi.
5.3. Jamoalarga bir paytda bir xil savol beriladi, jamoalar oʻz javoblarini
maxsus javob blankalariga yozib berishlari lozim boʻladi. Maxsus javob blankining
yuqori qismida albatta jamoa nomi, tur va savol raqami koʻrsatilishi kerak.
Ushbu
maʼlumotlar hamda jamoaning javob varianti maxsus javob blankning bir tomonida
boʻlishi kerak.
5.4. Har bir savolni oʻylash uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. Boshlovchi 50 soniya
boʻlganda vaqt tugashiga 10 soniya qolgani haqida ogohlantiradi.
5.5. 1 daqiqa vaqt tugagach, jamoalar oʻz javoblarini maxsus javob blanklariga
yozishlari uchun yana qoʻshimcha 10 soniya beriladi. Bunda boshlovchi 10 dan 1
gacha ovoz chiqarib sanaydi.
5.6. Jamoalar savol berilib, “vaqt ketdi” ishorasi bildirilgan soʻng jami 1
daqiqayu 10 soniya ichida javob variantlarini yozib, maxsus javob blankni baland
koʻtargan holda turishlari lozim.
5.7. Jamoalarning javob variantlari oldindan maxsus
tayinlangan sekundantlar
tomonidan yigʻib olinadi va hisob-komissiyasiga topshiriladi. Javob blanklarini
jamoa aʼzolari tomonidan mustaqil olib kelinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
5.8. Oʻz vaqtida javob blankini koʻtarishga ulgurmagan jamoaning javobi
qabul qilinmaydi. Bunda jamoaning javobi garchi toʻgʻri boʻlsa ham, ochko
berilmaydi. Kechikkan jamoaning javob blankiga kechikkanligi toʻgʻrisida
maxsus
belgi qoʻyiladi.
5.9. Javob varianti tushunarli husnihat bilan yozilgan boʻlishi va aniq javobni
koʻzlashi lozim. Mantiqiy tugallanmagan javob varianti qabul qilinmaydi.
5.10. Javob blankida faqat 1 ta javob varianti aks etishi lozim. Ikki yoki undan
ortiq variant yozilgan javob variantlari, garchi ulardan biri toʻgʻri boʻlsa ham, qabul
qilinmaydi va jamoaga ochko berilmaydi.
5.11. Ustiga chizilgan, ustidan boʻyalgan yoki qavsga olingan javob variantlari
hisobga olinmaydi. Masalan, savolning toʻgʻri javobi “Qulf va kalit” deylik. Bunday
vaziyatda jamoa javob blankiga “qulf” soʻzini yozdi va qavs ichida “(kalit)” deya
qoʻshib qoʻydi. Bunday holatda jamoaning javobi aniq javob sifatida qabul
qilinmaydi va ochko berilmaydi.
5.12. Jamoalar turnir davomida qoʻshimcha manbalardan (telefon, planshet,
shpargalka va h.k.) foydalanishi taqiqlanadi. Kuzatuvchilar tomonidan bunday holat
4
aniqlangan taqdirda jamoa aʼzolari toʻliq tarkibi bilan
turnirdan chetlatiladi va
ularning barcha ochkolari bekor qilinadi.
5.13. Jamoa aʼzolari savollarga javob izlash jarayonida ularga chetda turgan
tomoshabinlar yoki boshqa shaxslar tomonidan javob variantlarini aytish qatʼiyan
taqiqlanadi. Kuzatuvchilar tomonidan bunday holat aniqlangan taqdirda javob
variantini aytishga uringan tomoshabin turnir oʻtayotgan bino hududidan chiqarib
yuboriladi, javob varianti aytilgan jamoaning esa ushbu
savol uchun bergan javobi
qabul qilinmaydi.
5.14. Savol-javoblar oʻynalayotgan jarayonda jamoa aʼzolarining oʻrnidan
turishi, joy almashishi, boshqa jamoa vakillari yoki boshqa shaxslar bilan gaplashishi,
baland ovozda, boshqalarga xalaqit beradigan darajada shovqin qilishi va oʻyin
jarayoniga oid boʻlmagan boshqa xatti-harakatlar qilishi taqiqlanadi, favqulodda
holatlar bundan mustasno. Bunday holat aniqlangan taqdirda jamoaga ogohlantirish
berilishi yoki 1 ochkodan 3 ochkogacha jarima ochkosi ushlab qolinishi mumkin.
Agar ogohlantirish va jarima ochkolaridan keyin ham
ushbu holat takrorlanaversa,
jamoa turnirdan chetlatiladi va ularning barcha ochkolari bekor qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: