Yumshoq magnit materiallar
Magnit materiallar yumshoq va qattiq turlarga bo’linadi. Yumshoq magnit materiallardan magnitli o’tkazgichlar tayyorlanadi. Bu materiallarning magnit singdiruvchanligining boshlang’ich qiymati katta bo’lishi kerak. Yumshoq magnit materiallarida solishtirma qarshilik nisbatan katta qiymatga, koerisitiv kuch (Hc0,1 A/m) esa kichik qiymatga ega bo’lishi kerak. Bu materiallarga sof temir, temirning kremniy, nikel va kobalt bilan qotshimalarini misol tariqasida keltirish mumkin.
Texnik sof temir. (qo’shimchalari 0,1%) oddiy pechlarda olinadi. Uning ayrim magnit xossalari jadvalda keltirilgan. Bu temir o’zgaruvchan tok zanjirida ishlatiladigan elektr magniti yoki rele uchun o’zaklar tayyorlashda ishlatiladi. Ular varaq yoki silindr shaklda yupqa (0,2-4mm) qilib tayyorlanadi.\
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |