2.3-jadval
Kichik biznesni investitsiyalashni tavsiflovchi ko’rsatkichlar30
Ko’rsatkichlar
|
|
|
Yillar
|
|
|
2016 yilda
2000 yilga nisbatan o’zgarishi
|
2000y.
|
2005y.
|
2010y.
|
2015y.
|
2016y.
|
Kichik biznes sub’ektlari tomonidan asosiy kapitalga qilingan investitsiyalar miqdori, mlrd. so’m
|
1107,2
|
893,2
|
1365,3
|
2055,2
|
4745,8
|
4,3 marta
|
Kichik biznes sub’ektlari tomonidan amalga oshirilgan 1 so’mlik investitsiyalarga to’g’ri keladigan mahsulot miqdori, so’m
|
7,9
|
14,4
|
13,0
|
11,7
|
8,6
|
108,8 %
|
Kichik biznesni investitsiyalashni tavsiflovchi ko’rsatkichlarning tendentsiyasini tahlil etadigan bo’lsak, ular tomonidan asosiy kapitalga qilingan investitsiyalarning joriy baholardagi miqdori yuqori o’sish sur’atiga ega bo’lgan (4,3 marta).
Shuningdek, 1 so’mlik investitsiyalarga to’g’ri keladigan mahsulot miqdori ushbu davrda 8,8 foizga o’sgan. Bu esa, sezilarli darajadagi o’sish sur’ati hisoblansada, ushbu ko’rsatkich 2007-2009 yillarga nisbatan sezilarli darajada pasayganligini ko’rish mumkin. Mazkur pasayish ushbu davrda kichik biznes sub’ektlari tomonidan asosiy kapitalga qilingan investitsiyalar miqdorining o’sish sur’atini ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdorining o’sish sur’atidan yuqori bo’lganligi bilan izohlanadi.
Kichik biznesni investitsiyalash borasida erishilgan ijobiy yutuqlar bilan birga, ayrim muammolar ham mavjud.
Jumladan:
yetarli darajada texnik-iqtisodiy asoslangan investitsion loyihalarning mavjud emasligi;
yuqori likvidli garov ob’ektlarining etishmayotganligi natijasida uzoq muddatli investitsion kreditlaridan foydalanish darajasi pastligi ;
ustuvor tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilayotgan kichik biznes sub’ektlariga berilgan kreditlarni davlat tomonidan bonifikatsiya qilishni yo’lga qo’yilmaganligi; amaliyotini mavjud emas.
Buning uchun esa, bizning fikrimizcha, taklif etilayotgan investitsion loyihalarini kompleks ekspertiza qilish, to’lov qobiliyati yuqori bo’lgan uchinchi shaxslarning kafilligi asosida kreditlar berish mexanizmini joriy etish vatijorat banklari kreditlari foiz stavkalarining kamida 50 foizini Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi bazaviy stavka sifatida qabul qilinishidan kelib chiqqan holda davlat mablag’lari hisobidan bonifikatsiya qilish mexanizmini joriy etish maqsadga muvofiqdir.
Mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlanishi va iqtisodiy faollik aksariyat jihatdan, ichki omillardan tashqari tashqi omillarga ham bog’liqdir. Biroq, KBXT sub’ektlari mustaqil ravishda tashqi bozorga chiqa olmaydi. Bunday holat, birinchidan, katta sarf-xarajatlarni talab etsa, ikkinchidan, xorijiy mamlakatlar bozorining holati va qonunchiligining o’ziga xos xususiyatlari haqida etarlicha axborot va bilimlarga ega emasligi bilan izohlanadi.
Bugungi kunda kichik biznesning mamlakat eksportidagi ulushini o’sish tendentsiyasini kuzatish mumkin. 2006 yilda 10,7%ni tashkil etgan bo’lsa, 2011 yilga kelib 18,8 %ga o’sib, 8,1 f.p.oshgan va o’sish sur’atlari ham ushbu davrda o’rtacha 49 % yillik o’sishni tashkil etgan.
KBXTning mamlakat importidagi ulushi mos ravishda 34,5%dan 37,4%ga, yoki2,9 f.p.ga oshgan va yillik o’sish sur’atlari o’rtacha 14,5 %ni tashkil etgan. Ammo kichik biznesning respublika eksportidagi ulushi bilan importidagi ulushi o’rtasida sezilarli darajadagi nomutanosiblik mavjud. Ushbu holat kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatidan etarli darajada samarali foydalanilmayotganligidan dalolat beradi.
Fikrimizcha, kichik biznesning mamlakat eksportidagi ulushi bilan importidagi ulushi o’rtasida sezilarli darajada farq bo’lishiga yo’l qo’ymaslik lozim. Buning sababi shundaki, import to’lovlari mamlakat ichki valyuta bozoridagi xorijiy valyutalar taklifining kamayishiga olib keladi. Ushbu kamayish import hisobiga yangi texnika va texnologiyalarni kichik biznes sub’ektlarining ishlab chiqarish faoliyatiga joriy qilish yo’li bilan sifatli, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni eksport qilish hisobidan olinadigan valyuta tushumlari bilan qoplanishi lozim.
Shuningdek,KBXT sub’ektlarining mintaqalar kesimidagi rivojlanish tendentsiyasida quyidagilarni kuzatish mumkin. Bugungi kunda YaHMdagi ulushiga ko’ra eng yuqori ko’rsatkich Samarqand (73,4%), Namangan (54,3%), Jizzax (41,4%), Surxondaryo (36,1%) va Toshkent (30,5%0) viloyatlari va eng past ko’rsatkichlar Xorazm (7,1%), Andijon (9,7%), Navoiy (9,8%) va Qashqadaryo (12,2%) viloyatlari tashkil etadi.
Bunday holatlarning mavjud bo’lishi kelajakda KBXT sub’ektlarini iqtisodiy jihatdan mavjud salohiyatlari va imkoniyatlaridan samarali foydalanish borasida amaliy tadbirlar ishlab chiqishni taqoza etadi.
2011 yil 7 fevralda qabul qilingan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturida kichik biznes sub’ektlarining eksport salohiyatini oshirish bo’yicha aniq vazifalarning qo’yilganligi ularning mamlakat eksportidagi ulushini oshirish nuqtai-nazaridan muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Dasturda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtirokini kengaytirish masalalarini tubdan hal etish, ularning eksport salohiyatini oshirishga, eksportga mo’ljallangan mahsulotini jahon va mintaqaviy bozorlarga olib chiqishni rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlash alohida ustuvor yo’nalish sifatida e’tirof etilganligi kelajakda KBXT sub’ektlarinig tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |