Mafkuraviy jarayonlarning tizimli tahlili



Download 15,13 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi15,13 Kb.
#907211
Bog'liq
1Ma\'ruza resurs


1-Mavzu: Mafkuraviy jarayonlarning tizimli tahlili fanining maqsad va vazifalari.
Reja:
1.“Mafkuraviy jarayonlarning tizimli tahlili” kursining predmeti, vazifalari va tadqiqot ob’ekti.
2.G`oya va mafkuralarning shakllanish va taraqqiyot xususiyatlari.
3. Inson, ijtimoiy guruh, qatlam, sinf, millat, xalq maqsad muddaolarining milliy g`oyda ifodalanganligi.
4. Mafkuraviy jarayonlarning tizimli tahlil qilish zaruriyati.
5 . Milliy g`oya va mafkura fanining ijtimoiy-gumanitar fanlar tizmida tutgan o`rni.


Tayanch so`z va iboralar: Goya, mafkura, predmet, o’ekt, fanning maqsadi, fanning vazifalari.

1.“Mafkuraviy jarayonlarning tizimli tahlili” kursining predmeti, vazifalari va tadqiqot ob’ekti. XX asrning oxiri XXI asrning boshlariga kelib jahondagi barcha xalqlarning hayotida katta, ya’ni yirik imperiyalarning parchalanib ketishi, milliy mustaqil davlatlarning tarix sahnasiga kelishi, jamiyatni avtokratik boshqarishdam demokratik boshqaruvga o’tishi, inson huquq va manfaatlarini himoya qilishning kuchayishi, odamlar ongida demokratik tafakkurning tez shakllanib borishi, globallashuv jarayonlarining shiddatli kechishi, nanotexnologiyalarning jadal sur’atlar bilan ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilishi, ekologik xavfsizlikni ta’minlashning tobora xalqchil tus olishi kabi misli ko’rilmagan o’zgarishlar sodir bo’ldi. Jamiyatda sodir bo’layotgan bunday o’zgarishlar moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish jarayoni dialektikasini chuqur o’rganish masalasini kun tartibiga qo’ydi. Bu masalaning yechiminitopishesajahondayuzberayotgang’oyaviyvamafkuraviy jarayonlarning tarixiy ildizi, falsafiy asoslariga nazar tashlab, ularning asl maqsad-muddaolarini bilib olish, shunga muvofiq tarzda mamlakatimizda g’oyaviy va mafkuraviy ishlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Bu esa o’z navbatida "Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar" fanini nazariy jihatdan boyitish, amaliy jihatdan esa tezkor harakat qilish ishlarini yo’lga qo’yishni talab qilmoqda.
1. G`oya va mafkura fanining ob’ekti va predmeti Har bir fanning o’ziga xos ob’ekti va unga mos keluvchi predmeti mavjuddir.
Fanning ob’ekti - kishilarning maqsadi, faoliyati, diqqat-e’tibori qaratilgan ob’ektiv borliq, moddiy va ruhiy dunyo, voqelik, mavjudot, voqea, hodisa, jarayon, shaxs, narsa, buyum va hokazolardir.
Fanning predmetini ana shu ob’ektlar va ularni aks ettirishdan hosil bo’lgan bilimlarning majmui va o’rganiladigan masalalar tashkil qiladi.
Har bir fanni o’rganish, eng avvalo, uning ob’ektini va predmetini aniqlab olishdan boshlanadi. Bu esa o’rganilayotgan fanning boshqa fanlardan farqini ko’rsatadi.
Barcha fanlarni ob’ekti va predmetiga ko’ra ikkita katta guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga tabiat qonuniyatlarini o’rganuvchi matematika, fizika, ximiya, biologiya kabi tabiiy fanlar, ikkinchi guruhga esa kishilik jamiyatining rivojlanish qonuniyatlarini o’rganuvchi falsafa, tarix, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, adabiyot, huquqshunoslik, milliy g’oya, milliy mafkura kabi ijtimoiy fanlar kiradi.
Mafkuraviy jarayonlarning tizimli tahlili fani - eng muhim ijtimoiy fanlardan biri sanaladi. Chunki u kishilik jamiyatiga xos bo’lgan g’oya va mafkuralarni yaxlit ijtimoiy hodisa va voqelik sifatida o’rganadi.
Demak, mavjud voqelikda yuz berayotgan, g’oya va mafkuralarga tegishli narsa, hodisa hamda jarayonlar milliy g’oya va mafkura fanining ob’ektini tashkil etadi.
Mafkuraviy jarayonlarning tizimli tahlili fanining predmeti G’oya va mafkuralarga tegishli narsa, hodisa va jarayonlar turlicha bo’lib, ular bir tomondan: g’oya va mafkuralarning kelib chiqish va rivojlanish qonuniyatlari; bir g’oya va mafkuraning o’rniga boshqa bir g’oya va mafkuraning vujudga kelishi; g’oya va mafkura tamoyillarini ishlab chiqish va uni amalga oshirish; ma’naviy-mafkuraviy munosabatlarni o’rnatish ishlarini tashkil etish; davlatning ichki va tashqi siyosati; jamoat tashkilotlari, ijtimoiy guruhlar, siyosiy partiyalar bilan munosabatlari; xalqlar o’rtasida bo’ladigan o’zaro munosabatlar;
ikkinchi tomondan: mafkuralarning paydo bo’lishi va rivojlanishi; davlat, shaxs, jamoalar o’rtasida bo’ladigan mafkuraviy munosabatlar; qonunchilik, huquq-tartibot; mafkurali shaxs, mafkurasiz shaxs; g’oya va mafkuraga zid xatti-harakatlar; g’oyaviy mas’uliyat, g’oyaviy madaniyat, g’oyaviy tarbiya; mafkuraviy ong, mafkuraviy tafakkur, mafkuraviy munosabat, mafkuraviy faoliyat va h.k.ni qamrab oladi.
G’oya va mafkuralarga oid hodisalar, jarayonlar xilma-xil va ko’p qirralidir. SHu sababli, g’oya. va mafkuralar tabiiy, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlarning turli sohalarida o’rganiladi.
Milliy g’oya va mafkura fani g’oya va mafkuralarning nazariy muammolarini o’rganadi. SHu o’rinda "nazariya" so’zining ma’nosi nima, degan tabiiy savol tug’iladi. Nazariya - jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini mujassamlashtirgan amaliyotning mantiqan ilmiy umumlashtirilishidir.
Nazariya va amaliyot - o’zaro chambarchas bog’liq hodisalar. Nazariya bamisoli amaliyotning yulini yoritib turuvchi kuchli mayoq bo’lib, amaliyot bilan uzviy bog’langan, amaliyotga xizmat qiladi hamda amaliyotdan kelib chiqadi. Amaliyotsiz nazariya -"cho’loq", nazariyasiz amaliyot "ko’r"dir.
Ijtimoiy fanlarning muhim tarkibiy qismi bo’lgan, milliy g’oya va mafkura fani ham amaliyot bilan chambarchas bog’liq bo’lib, g’oyaviy-mafkuraviy amaliyot taraqqiyotining yo’nalishlarini belgilab beradi. U g’oyaviy-mafkuraviy amaliyot xulosalari va tajribalarining mantiqan umumlashmasi, sintezidir.
Milliy g’oya va mafkura fani hayot tarixiy taraqqiyot jarayonida ilgari surgan vazifalar negizida o’z xulosa va takliflariga aniqliklar kiritadi, ularni boyitadi va rivojlantiradi. G’oya va mafkura har bir jamiyat ijtimoiy taraqqiyotining muhim ko’rsatkichidir.
Download 15,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish