Madaniyatshunoslik



Download 292,39 Kb.
bet19/47
Sana26.02.2022
Hajmi292,39 Kb.
#470314
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47
Bog'liq
1-mavzu madaniyat

Tutanxamon— Misrda yangi podsholik davrida mil. av. 1347-1337 yillarda hukmronlik surgan fir’avn. Tutanxamonning shohlar vodiysidagi maqbarasi 1922 yil ingliz arxeologi P.Karter tomonidan topilgan. Undan oltin sarkofagidan tashqari, fir’avn tirikligida yaxshi ko‘rgan san’at asarlari va uning qurol, buyumlari: oltin niqobi, rafiqasi tasviri, fir’avn 2 g‘ildirakli jang aravasi ustida aks ettirilgan haykalcha, oltin, ganch, qora va qizil yog‘ochlardan ishlangan haykalchalar, o‘q-yoy, xanjar, quticha, o‘rindiq va boshqa buyumlar topilgan. Bu noyob san’at asarlari jahonning ko‘pgina mamlakatlarida namoyish etilgan.
Yosh hukmdorning jasadi qo‘yilgan markaziy xonadan turli oziq-ovqatlar, kiyim-kechaklar, qimmatbaho buyumlar topilgan. Xona eshigi oldiga uning haykali o‘rnatilgan. Xona devorlari ham sof oltindan ishlangan bo‘lib, qadimiy tosh tobut butun xonani egallagan edi. Fir’avnning jasadi oltin g‘ilofga solingan, yuzida oltin niqob, uning ustiga esa son-sanoqsiz marjonu-bilaguzuklar tashlab qo‘yilgan. Qolaversa, oyog‘idagi sandal ham oltindan, qo‘l-oyoqlarining barmoqlariga ham oltin g‘ilof kiydirilgan.Xullas, Tutanxamon dahmasidagi boylikni hisoblash qiyin. Lekin, qolgan 79 ta dahmalardagi qimmatbaho anjomlar o‘g‘irlangan, talon-taroj qilingan bo‘lishiga qaramay, bundan ham ko‘p bo‘lganini isbotlovchi tarixiy ma’lumotlar bor.
Ierogliflar (yun. muqaddas va o‘yiq)-bir so‘z, bo‘g‘in yoki tovushni ifodalashga xizmat qiluvchi grafik ifoda. Ierogliflarning eng qadimgisi Misr yozuvi belgilari bo‘lib, mil. av. IV ming yilik oxirida qo‘llanilgan. Hozir 5 mingga yaqin Misr ieroglifi ma’lum. Misr ierogliflari orasida quyidagilar farqlanadi: 1) bir qonsonatli belgilar (30 ga yaqin); bular misr tilidagi undosh tovushlarni ifoda etgan; 2) morfemalarni fonetik ifodalash uchun ikki va uch konsonatli belgilar; 3) bir butun so‘zni ifodalash uchun ideogrammalar; 4) determinatlar - so‘z ma’nosini aniqlashtiruvchi yordamchi (talaffuz etilmaydigan) ideografik belgilar.
Qadimgi podsholik davrida fir’avnlar saroyida bo‘lajak mirzalarni tayyorlaydigan maktablar tashkil qilingan. Keyinchalik ibodatxonalar va yirik davlat idoralari qoshida ham maktablar ochilgan. Maktabda 5 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘qitilgan. 12 yoshidan talabalar idoralarda mirzalik qilgan. Mashg‘ulotlar tong sahardan kech paytgacha davom etgan. Maktabda qattiq intizom joriy qilingan, tan jazosi qo‘llanilgan. O‘quv, yozuv va hisob asosiy fanlar bo‘lgan. O‘quv fanlaridan tashqari maktabda gimnastika mashg‘ulotlari va suzish, yaxshi muomalaga o‘rgatishgan. Ibodatxonalar qoshidagi maktablarda umumiy va diniy bilimlar bilan birga astronomiya, tibbiyot o‘rgatilgan.
Mil.av. IV ming yillikdan boshlab mis ishlatila boshlangan, kulolchilik dastgohlari paydo bo‘lgan. Mil. av. III ming yillardan shishasozlik rivojlana boshlagan. Mil. av. II ming yillikdan bronza jezdan foydalanila boshlangan. Temirdan yasalgan ilk buyumlar mil. av. II ming yillik o‘rtalariga oiddir. Misrliklar oltin va kumushdan haqiqiy san’at asarlarini ijod qilganlar. Ilk podsholik davrida omoch paydo bo‘lgan. Umuman olganda qadimgi Misr hunarmandchiligining 30 dan ortiq kasb turlari bo‘lgan.
Qadimgi, ayniqsa, o‘rta podsholik davrida matematika sohasida katta yutuqlarga erishilgan. Jumladan, sanoq tizimi kashf etilgan. Misr yozuvida 1, 10, 100, 1000, 10000, 100000, hatto millionni ham bildiruvchi alohida belgilar bo‘lgan. Misr astronomlari yulduzlar, sayyoralar harakatini o‘rganib, birinchi yulduzlar osmoni xaritasini tuzganlar. Shunday xaritalar Senmut maqbarasi, Edfu va Dendir ibodatxonalarining shiftlarida saqlanib qolgan.
Qadimgi misrliklar geografiya fani sohasida ham dastlabki ma’lumotlarga ega bo‘lganlar. Qadimgi Misr geograflari o‘z o‘lkalari va Arabiston yarim orolining xaritasini chizganlar. Ular chizgan Arabiston cho‘llaridagi oltin konlari joylashgan rayonning xaritasi hozirgacha saqlanib qolgan.Misr astronomlari dunyoda birinchi bo‘lib alohida taqvim tuzganlar. Unga ko‘ra, bir yil 365 kunni tashkil qilib, u 12 oyga bo‘linadi. Har oy 30 kundan iborat bo‘lgan, qolgan 5 kunni esa bayram qilishgan. Qum va suv soatlari ham dastlab Misrda kashf etilgan.
Misrliklardan farqli o‘laroq, qadimgi Mesopotamiya aholisi yerdagi hayotga ko‘proq e’tibor qilishgan. Ular o‘lim bilan insonning bu dunyoda hayoti tugaydi deb o‘ylashsa-da, narigi dunyoga ishonishgan. Misrliklardan farqli ravishda, narigi dunyoni inson ruhi mangu suv va ovqatga zoriqib yashaydigan qo‘rqinchli dunyo deb tasavvur qilishgan. Shuruppakning Mesopotamiyaliklarga nasihatida aytiladiki "Shirin hayotdan tashqari biron narsa aziz emas".
Mesopotamiyaliklarning quvonchli hayot haqidagi qarashlari "Gilgamesh" dostonida ham tasvirlanadi. "Gilgamish" dostoni tuproq, suv, havo, quyosh, inson hayoti va tiriklikning abadiy manbai ekanligi haqida bo‘lib, bobilliklar bu asarda shaxsiy hayot muammolari bilan ko‘proq qiziqqanlar.
Mesopotamiyada yashagan va Shumer, Akkad, Bobil va Ossuriya kabi yirik davlatlar barpo etgan xalqlar yuksak darajada taraqqiy etgan ilm-fan, adabiyot va san’at hamda diniy mafkuraning ustuvor bo‘lganligi bilan ajralib turgan.
Shumerlar iqtisodining asosini sug‘orma dehqonchilik tizimi tashkil qilgan. Shuningdek, chorvachilik, metalsozlik ham muhim ahamiyatga ega edi. Mil. av. III minginchi yil boshlaridan shumerliklar bronzadan mehnat qurollarini yasashgan, mil. av. II minginchi yil oxirlariga kelib esa temir davri boshlanadi.
Mesopotamiyaning katta yutuqlaridan biri bu yozuvning ixtiro qilinishi edi. Ilk yozuv mil. av. IV ming yillikda janubiy Mesopotamiyada shumerlar tomonidan kashf qilingan. U suratli yozuv bo‘lib, so‘z rasm orqali ifoda etilgan. Bu fanda ieroglif deb nomlangan. Ammo suratli yozuv bilan so‘zlarni ifodalash cheklanganligi sababli bu yozuv takomillashtirilib, belgili mixxat yozuvi kashf qilingan.
Mixxat - qadimgi Old Osiyoda qo‘llanilgan, mix yoki ponachalarga o‘xshash chiziqli (belgi)larni loy taxtachalarga o‘yib tushurishdan iborat ideografik yozuv tari, mil. av. III ming yillik boshlarida shumerlar tomonidan yaratilgan. Bunda ayrim buyumlar va umumiy tushunchalarning nomi rasmlar bilan ifodalangan, masalan, oyoq tasviri "yurish", "turish", "olib ketishi" ma’nolarini an’latgan. Bunday belgilar miqdori 1000 tagacha yetgan. Shumer mixxati dastlab yuqoridan pastga, keyinchalik gorizantal holda- chapdan o‘ngga qarab yozilgan. Mil. av III ming yillik o‘rtalarida mixxatning so‘z-bo‘g‘inli shakli paydo bo‘lgan, belgilar miqdori 600 tagacha qisqartirilib, rasm-belgilar soddalashtirilgan. Ayni shu davrda shumer mixxati akkadliklar (bobilliklar va ossuriyaliklar) tomonidan o‘zlashtirilib, somiy tillarga moslashtirilgan, belgilar soni 300 taga tushirilgan. Akkadliklar ishlab chiqqan mixxat keyinchalik, mil.av. II-I ming yilliklar davrida, bir qancha qo‘shni xalqlar tillari (xett, elam, urartu, qadimgi fors)ga maslashtirilgan holda qo‘llana boshlagan. Bu davrda mixxatlar harf-tovush-bo‘g‘in yozuvlariga ancha yaqinlashib, shunday yozuvlarning kelib chiqishiga asos bo‘lgan. Mil.av 1 ming yillik oxirlarida mixxatlar o‘rnini oromiy yozuvi egallagan.
Mesopotamiyada qadimdan boshlab maktablar vujudga kelgan bo‘lib, ularda o‘ziga to‘q kishilarning farzandlari ta’lim olgan. Maktablarning quyi sinflarida adabiyot, til, grammatika fanlari o‘qitilgan. Yuqori sinflarida esa astronomiya, matematika, geometriya, tibbiyot va veterinariya hamda diniy darslar o‘tilgan. Maktablar davlatni boshqarish uchun xodimlar tayyorlagan.
Qadimdan Mesopotamiya mirzalari adabiy, tarixiy asarlarni teri, sopol, loy taxtachalarga yozib, ularni avval oftobda quritgan, so‘ngra xumdonlarda pishirilib, o‘ziga xos kitoblar yaratilgan va kutubxonalarni tashkil qilganlar. Bunday kutubxonalar Ur, Nippur, Nineviya, Bobil, Ashshur kabi shaharlarda mavjud bo‘lgan. Ularning ichida eng kattasi Ossuriya podshosi Ashshurbanipalning Nineviyadagi kutubxonasi bo‘lib, unda 30 mingdan ortiq tshbitiklar saqlangan.
Mesopotamiyadagi uchinchi kuchli davlat - Ossuriya edi. Ossuriya mil. av. III ming yillikda tashkil topib, mil. av. II ming yillikning ikkinchi yarmida gullab-yashnagan. Ossuriya Yaqin Sharqda savdo yo‘llarining kesishgan joyida joylashganligi sababli tez orada kuchli davlatga aylandi. Arxitektura Ossuriya madaniyatida yetakchi o‘rin egallardi. Arxitektura obidalari ichida eng kattalari Dur-Sharrukinda qurilgan podsho Sargon II ning saroy majmuidir. Mazkur saroy devorlarida haykallar tasviri (hayvonlar) aks ettirilgan. Ossuriyada saroy devorlarida podsho hayotidan lavhalar va tabiat ko‘rinishlari tasvirlangan. Masalan, podsho Ashshurbanipal II ning Nineviyadagi saroyi devorlarida «Katta sherlar ovi» tasvirlanib, unda yaralangan, o‘layotgan va o‘lgan sherlarning holatlari ustalik bilan aks ettirilgan.
Ikki daryo oralig‘ida yashagan qadimgi xalqlarning dini ayrim mahalliy ma’budlarga sig‘inishdan iborat edi. Ammo bu hol boshqa ma’budlarga sig‘inishni istisno etmasdi. Mil. av. III ming yillikda shumerlar dinida ayniqsa, ayrim jamoalarning homiylari bo‘lmish ma’bud va ma’budalarga sig‘inish kuchayadi, bular, odatda, o‘simlik dunyosi hamda sug‘orma dehqonchilikning ham ma’budlari edi. Quyosh ma’budi — Utu, Oy ma’budi — Zuen (Nanna), Osmon ma’budi — An, muhabbat ma’budasi — Innin (Inanna), yer osti suvlari ma’budi, donolik va madaniy ixtirolar homiysi — Enki kabilarga hamma joylarda sig‘inilsa-da, ularning o‘z jamoa markazlarida ham ibodat qilinardi.
Shumerlarda Enlil ma’budi — eng oliy ma’bud hisoblanar, Enlil, An va Enki ulug‘ ma’budlar uchligini tashkil etardi. O‘simliklar dunyosi, shuningdek, chorvachilik sohasining o‘lib boruvchi va qayta tiriluvchi ma’budlari — Dumuzi-abzu (Tammuz) va boshqalarga topinish ham, shumerlar hayotida zo‘r ahamiyatga molik ibodat deb sanalardi. Shumerlar o‘limdan keyingi dunyoni qop-qorong‘u yer osti shahari deb tasavvur etishardi. Bu zulmat shahrida Eresh-ki ma’budasi (yoxud Nergal ma’budi) hukmronlik qilarmish. Yaxshilik va yovuzlik ruhlariga ishonish ham keng tarqalgan edi.
Moddiy madaniyat sohasida Shumerda arxitektura qurilishi sohasi muhim o‘rin tutgan. Bu yerda xom g‘isht kashf qilingan bo‘lib, ulardan ibodatxonalar - olti, yetti qavatli zikkuratlar qurilgan. Ularning ichida taniqlisi Ur shahridagi «Xram-tog‘i» (mil. av. XX11-XX1 asrlar) bo‘lgan. Zikkuratlar birgina diniy marosimlarni o‘tkazish joyigina bo‘lmay, rasadxona-observatoriyalar vazifasini ham bajarganlar. Osmon yoritqichlari harakatini kuzatish bilan astronom kohinlar shug‘ullanishgan. Qadimgi Mesopotamiya astronomlari Quyosh va Oy tutilishini oldindan bilganlar. Ular Quyosh yili 365, Oy yili 354 kunligini aniqlab, shu asosda astronomiya taqvimini tuzganlar.
Haykaltaroshlik sohasi rivojlanib, ibodatxonalar uchun kichik hajmdagi haykalchalar yasalgan. Misol uchun, Lagashdagi ayol haykalchasida (bo‘yi 26 sm.) etnik qiyofa belgilari ham namoyon qilingan. Bu davrga taalluqli misdan yasalgan Sargonning boshi tasvirlangan haykalchada podshohning botirligi, kuchli irodasi va qahrli xarakteri ifoda qilingan.
Shumerda badiiy adabiyot rivoji yuqori darajaga ko‘tarilgan. Noyob asarlardan «Dehqonchilik to‘plami», «Gilgamesh haqida doston» kabi asarlar yaratilgan. Dostonda Gilgamesh va Enkidularning do‘stligi, qahramonliklari va sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi.
Mil. av. III minginchi yil oxiriga kelib Shumer inqirozga uchradi va uni Bobil bosib oldi. Bobil tarixi ikki davrga bo‘linib, qadimgi davri mil. av. II ming yillikning birinchi yarmini va yangi davri mil. av. I ming yillikning o‘rtalarini o‘z ichiga oladi.
Qadimgi davrning eng rivojlangan vaqti mil. av. 1792-1750 yillarda podsho Xammurapi hukmronlik qilgan. Xammurapi yirik davlat tuzib, bu davlatni o‘zi tuzgan qonunlar asosida boshqargan. Xammurapi to‘plami mixxat yozuvida bazal’t tosh ustuni sathida bitilgan. Qonunlar to‘plami 282 moddadan iborat bo‘lib, u kirish, qonunlar va xulosadan iborat. Kirish qismida qonunlarni chiqarishdan maqsad, mamlakatda adolat o‘rnatishdan iborat, deb ko‘rsatilgan. Unda podshoh ulug‘lanishi bilan birga xususiy mulk himoya qilingan. Masalan, kimki ibodatxonaning yoki podshoning mulkini o‘g‘irlasa, u o‘ldirilishi lozim; o‘g‘irlik molni olgan kishi ham o‘ldirilishi kerak...
Xammurapi qonunlari o‘z davrining muhim, yuridik hujjati hisoblanadi. Balandligi ikki metr bazal’t ustunida Xammurapining tik turgan holda, kursida o‘tirgan Quyosh va adolat ma’budi Shamash qo‘lidan hokimiyat belgisi — tayoqni olayotgan holati tasvirlangan. Bu jihatdan u tasviriy monumental asar hamdir.
Yangi Bobilning gullab-yashnashi podshoh Navuxodonosor II (mil. av. 605­562 yy.) davriga to‘g‘ri keladi. Uning davrida dunyoning yetti mo‘jizasidan biri - "Semiramidaning osma bog‘lari" qurilgan bo‘lib, uni sevgi ramzi deb ham atashadi. Jahonda eng go‘zal bu bog‘ni Bobil podshosi o‘z sevikli rafiqasi sharafiga qurdiradi. Sababi, malika bog‘u-rog‘larga burkangan tog‘li Midiya mamlakatidan edi. U o‘z yurtini sog‘inib xarxasha qilaverganidan podshoh bir bog‘ qurib, rafiqasining ko‘nglini shod qilmoqchi bo‘lgan va saroy yonidan qurilishga joy ajratgan. Tepalikda barpo etilgan to‘rt qavatli bu bog‘ qadim zamon muhandislarining bilimi va tafakkuri namunasidir.
Bir tasavvur qilib ko‘ring-a: naqshinkor ustunlarga tayangan ravoqlar ustidan g‘isht, murakkab tarkibli bog‘lovchi material, ichiga hozirgi sementga o‘xshash loy to‘ldirilgan chin to‘shalgan, yana g‘isht terilgan va nihoyat suv o‘tmasin deb qo‘rg‘oshin quyilgan; har qavatga mana shu tarzda "zamin"qurilganidan keyin uning ustidan ulkan daraxtlarni ushlab tura oladigan darajada qalin qilib unumdor tuproq qatlami yotqizilgan. Bog‘ning bir qavatidan ikkinchisiga keng zinalar orqali chiqilgan.
Bog‘ uchun dunyoning Mag‘ribu-Mashrig‘idan eng nodir va ko‘rkam daraxt ko‘chatlari, anvoyi gullar keltirilib, ekilgan. Ularni minglab qullar parvarish qilishgan, Frot daryosidan charxpalak yordamida chiqarilgan suv bilan sug‘orishgan. Bog‘dagi daraxtlar yashil bo‘lib, uzoqdan qaralganda muallaq havoda o‘sayotgan bo‘lib ko‘ringani uchun unga "Semiramidaning osma bog‘lari"deb nom berilgan. Bobil bog‘ining dovrug‘i qo‘shni mamlakatlarga, hatto Iskandar Zulqarnaynga ham yetib boradi. Bobilni ishg‘ol qilgan jahongir uning go‘zalligidan hayratga tushadi, shaharning saroyi, ayniqsa, muallaq bog‘laridan lol qolib, uni o‘zining poytaxti deb e’lon qiladi.
Navuxodonosor II davrga mansub "Bobil minorasi" (balandligi 90 metr) — zikkurati o‘z davrining eng ulkan arxitektura inshooti bo‘lgan. Minora to‘g‘risida "Bibliya"da ham eslatib o‘tiladi.
Yunon olimi Gerodot (mil.av. 490-425) Bobilda bo‘lib, bu davlat poytaxtining go‘zalligidan hayratda qolganini yozadi. Shahar ko‘chalari keng, tekis, ikki tomonida ko‘p qavatli binolar saf tortgan. Qisqasi, Bobil o‘sha zamon shaharlari ichida eng go‘zali bo‘lgan va bu shaharda ta’rifga sig‘maydigan bog‘lar bunyod etilgan.
Fan taraqqiyotining muhim omili insonning xo‘jalik faoliyati bo‘ldi, chunki, u o‘lchovlar tizimini ishlab chiqishni, yer maydoni o‘lchamlarini, don omborlari va sun’iy suv havzalari hajmini aniqlash usullarini bilishni, kanallar qazish, imoratlar qurish va hunarmandchilikda band bo‘ladigan ishchi kuchini hisoblay olishni talab qilardi. Ana shu omillarning natijasi sifatida mil.av. III ming yillik oxirida Shumer-Bobil matematikasi yaratildi.
Bobil matematiklari shumerliklar yaratgan oltmishlik pozitsion hisob tizimidan keng foydalanishgan; shu tizim asosida turli hisoblash jadvallari: sonlarni bo‘lish va ko‘paytirish, sonlarning kvadratlari, kublari hamda kvadrat va kub ildizlari va boshqa jadvallarni tuzishgan. Bir soatni 60 minutga, bir minutni 60 sekundga bo‘lish Bobilda kashf etilgan.
Qadimgi Bobilda matematika, geometriya, astronomiya, tibbiyot, tarix va boshqa fanlarga qiziqish erta boshlangan. Yerlarni o‘lchash, masofani aniqlash, hosilni hisoblash va savdo-sotiq ishlarini yuritish uchun matematika va geometriya kerak bo‘lgan. Bobilliklar 100 va 1000 lik sonlarni alohida belgi bilan ifoda etganlar, hatto doiraning 360 gradus ekanligini aniqlaganlar.
Bobilliklar kvadrat tenglamalarni yechishgan, "Pifagor teoremasi"ni va turli "Pifagor sonlari"ni topish usullarini (Pifagordan ming yildan ortiq vaqt ilgari) bilishgan; yer maydonlari, joylar, ayrim binolar tarxlarini chizishgan (lekin masshtabga rioya qilishmagan), fazoviy jismlarning hajmini aniqlay olishgan.
O‘sha davrda tibbiyot ham jadal rivojlandi. Jarrohlik yo‘li bilan tuzalmas oyoq-qo‘llarni kesib tashlash, singan joylarni bitirish, ko‘zga tushgan oqlarni olib tashlash va boshqa muolajalar bajarilar edi. Mil. av. II ming yillikning ikkinchi yarmidan hozirgacha yetib kelgan tibbiy matnlarda inson tanasining bo‘laklari anatomik tizimga solinganligi ma’lum bo‘ldi. Ba’zi kasalliklar va tegishli dori-darmonlar ham muayyan tizimga solingan ekan.
Bobilliklar kimyo borasida ham katta muvaffaqiyatlarga erishishgan. Bu yutuqlar, albatta, sof amaliy tarzda bo‘lgan. Mil. av. II ming yillikdan boshlab jez tayyorlashning ko‘plab retseptlari saqlanib qolgan, sirkori sopol buyumlar va ularning rang-barang naqshlari ma’lum bo‘lgan.
Bobilda geografik tasavvurlarni ibtidoiy chizmalar — «dunyo xaritasi»da umumlashtirishga harakat qilingan. Xaritada yer yassi ko‘rinishda va uni tog‘lardan oqib keluvchi Dajla va Frot daryolari kesib o‘tgan tarzda tasvirlangan. Bularning hammasi dunyo okean bilan o‘ralgan va yer ham uning ustida suzib yuradi deb tasavvur qilinishiga asos bo‘lgan. Bobilliklar o‘zlari yashayotgan joyni odamlar yashaydigan quruqlikning markazi deb bilganlar. Okean «Osmon to‘g‘oni» bilan o‘ralgan, uning ustida bir necha (uchta yoki yettita) osmon gardishi o‘rnashgan, yer ostida esa jahanam ("Ulug tog") joylashgan deb taxmin qilganlar.
Bobilliklarning qadimgi madaniyati, diniy e’tiqodlari, falsafiy qarashlari, adabiy asarlari, bilimlari, o‘lchov birliklari, afsona va rivoyatlari nasldan-naslga o‘tib, rivojlanib, boyib Sharqdagi ko‘pgina xalqlarning madaniy-ma’naviy taraqqiyotiga, ijtimoiy-falsafiy fikrlar rivojiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatgan. Bobil mil. av. 539 yili Eron qo‘shinlari tomonidan bosib olindi. Shu bilan Mesopotamiya xalqlari qadimiy madaniyati va san’ati tarixi tugadi.
Shоhning аsоsiy mаjburiyatlаri fuqarоlаrgа bоg‘liq ishlаr bo‘lgаn: mаmlаkаtdа tаrtib vа оsоyishtаlik, mоddiy fаrоvоnlik vа ijtimоiy аdоlаtni tа’minlаsh. Qadimgi Misrdаgi «Gеrаkliоpоl shоhining o‘z o‘g‘li Mеrikаrgа nаsihаtlаri» dа аytilishichа: «Hаqiqаt o‘rnаt vа yеrdа uzоq yashaysаn. Shundаy qilki, yig‘lаyotgаnni оvut, bеvаgа jаbr qilmа, insоnni оtаsining mоl-mulkidаn bеnаsib qilmа».Yanа hukmdоr zаmindа tаrtib-intizоm bo‘yichа yuksаk missiyani bаjаrib, gоhidа bеhаd kаttа hаjmdаgi qurilish-хo‘jаlik fаоliyatini аmаlgа оshirgаn. Ulug‘ vа bаhаybаt Misr pirаmidаlаri, Buyuk Хitоy dеvоri, Bаbil ehrоmi, Pеrsеpоl sаrоyi qurilishlаri хudоlаr оldidаgi hukmdоrlаrning «ijоbiy» хususiyatlаridаn dаlоlаt bеrаdi.
Diniy аqidаlаr hukmrоnligi kishilаr hаyotini bеlgilаdi. Insоn qаyеrdа оsmоn bo‘lsа- хudоlаr dunyosi vа yеrni- оdаmlаr dunyosi dеb bildi. Ulаr dоimо o‘zаrо munоsаbаtdа, bir butunlikdа оlаm dаrахtining tаnаsi vа shохlаri kаbi viqоr bilаn yashashgаn. Хudоlаr insоnlаr hаyotining bаrchа sоhаlаrigа fаоl аrаlаshgаn, uning tug‘ilishi, o‘limini vа o‘limidаn kеyingi tаqdirini bеlgilаgаn. O‘sha dаrvlаrdа diniy tа’limоtdаn tаshqаri hеch qаndаy bоshqа dunyoqаrаsh bo‘lmаgаn. Insоn хudоlаrdаn hаttо аrzimаs nаrsаlаr hаqidа mаslаhаt so‘rаgаn vа ungа хаtlаr yozib ibоdаtхоnаgа оlib bogаn. Misоl uchun, qadimgi Bоbil аhоlisining mаktubidаn biridа shundаy so‘zlаr bitilgаn: «Mеning оtаm, Хudо аyt! Sеning quling Аpil-Аdаt shundаy dеydi: Nimаgа sеn mеngа e’tibоr qilmаysаnh Sеndаn bоshqа kim hаm bоrh Sеni sеvuvchi хudо Mаrdukkа yoz: mеning gunоhimdаn o‘tsin».
Bаrchа Qadimgi Sharq tsivilizаtsiyalаri tаbiiy-ilmiy bilimlаrni to‘plаb ulkаn nаtijаlаrgа erishdi vа jаhоn fаni rivоjlаnishigа ulkаn tа’sir ko‘rsаtdi. Bizgаchа yеtib kеlgаn Pаpirus yozuvlаri misrliklаrning mаtеmаtikа vа gеоmеtriya (turli shaklning hаjmi vа yuzаsini o‘lchаsh), аstrоnоmiya (аniq quyosh tаqvimining tuzilishi kеyinchаlik Yevropa tаqvimgа аsоs bo‘lgаn), tibbiyot (аnаtоmiya tuzilishi, miya vа qоn tоmirlаri hаqidаgi tа’limоt, jаrrоhlik), kimyo (turli mоddаlаrning хususiyatini o‘rgаnish vа bu bilimlаrdаn mаyitni mumiyolаshdа fоydаlаnish) sоhаlаridаgi kеng tushunchаlаri hаqidа dаlоlаt bеrаdi. Аtrоfdаgi mаmlаkаtlаrgа Mеsоpоtаmiya mаtеmаtikаsi vа аstrоnоmiyasi kаttа tа’sir ko‘rsаtdi. Hоzirgа qаdаr biz Mеsоpоtаmiyadа tuzilgаn vаqt vа burchаk o‘lchоvi uchun 60-bo‘lаkli tizimdаn fоydаlаnаmiz. Mеsоpоtаmiyaliklаr mаtеmаtikа vа аstrоnоmiyagа оid kаshfiyotlаr qilib, оy fаzаlаrini bo‘lish tizimini yarаtdi, quyosh tizimigа оid jаrаyonlаr, yulduz vа sаyyorlаr ro‘yхаti, ko‘plаb hаrаkаt hоlаtlаrini аniqlаsh bo‘yichа yangiliklаr kiritdi. Ikki dаryo оrаlig‘i- аstrоlоgiyaning hаm vаtаnidir.
Xulosa qilib aytganda, bu o‘lkada tabiiy iqlimning qulayligi, yer osti boyliklarining mavjudligi, geostrategik joylashuvning mosligi — bular boshqa o‘lkalarga nisbatan ertaroq sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik, hunarmandchilik va savdoning vujudga kelishiga hamda rivojlanishiga sabab bo‘lgan. Moddiy madaniyatning rivojlanishi esa, ma’naviy-madaniy rivojlanishiga olib keldi. Ilk davlatlarning vujudga kelishi bilan madaniy taraqqiyot darajasi yanada tezlashdi. Natijada Mesopotamiya ilk sivilizatsiya beshiklaridan biriga aylandi.

Download 292,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish