Madaniyatshunoslik


Tushunchа, «ilmiy» bilim (vijnyanа)



Download 292,39 Kb.
bet21/47
Sana26.02.2022
Hajmi292,39 Kb.
#470314
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47
Bog'liq
1-mavzu madaniyat

2. Tushunchа, «ilmiy» bilim (vijnyanа).
3. Hаmmа nаrsаni bilish (prаjnya), ya’ni birinchi dаrаjа mаntiqsiz fikrlаsh, ikkinchisi – mаntiqiy, uchinchisi mаntiqdаn ustun idrоk qilishgа muvоfiq kеlаdi.
Hindiston haqli ravishda qadimgi Sharqning yuksak madaniyatli mamlakatlaridan biridir. Hindiston yarim oroli qadimdan tabiiy rang-baranglik, boy o‘simlik, hayvonot va qimmatbaho yer osti boyliklariga ega bo‘lgan. Yarim orolda ser suv Hind va Gang kabi daryolar mavjud.
Mil. avv. V ming yillikning oxiri IV ming yillikdan boshlab Hind daryosi vodiysida sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik vujudga kelgan. IV ming yillik o‘rtalariga kelib bu joyda o‘ziga xos eng oqadimgi hind madaniyati vujudga kelgan. Dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik, savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida qishloq va shaharlar paydo bo‘lgan. Nihoyat, Hind daryosi va uning Panjob viloyatida qadimgi davlatlar yuzaga keladi. Bu davlatlarning Mohinjo-Daro, Xarappa kabi katta shaharlari bo‘lgan. Mohinjo-Daro hozirda Pokiston hududida joylashgan bo‘lib, shaharning maydoni 270 gektardan iborat. Bu yerdan arxeologlar ko‘chalar, pishiq va xom g‘ishtdan qurilgan turar joylar, saroylar, omborxonalar, ibodatxonalar va podsho qarorgohining qoldiqlarini topishgan. Shaharda pishiq g‘ishtdan qurilgan suv tarmog‘i va kanalizatsiya ham bo‘lgan. Badavlat kishilarning uylari, shuningdek ibodatxonalar 2-3 qavatli qilib pishiq g‘ishtdan 4,5 ming yil avval qurilgan.
Xarappa shahridan arxeologlar 500 ga yaqin yodgorliklar topishgan. Shahar qurilishi Mohinjo-Daro bilan deyarli bir xil. Shaharda me’morchilik, to‘qimachilik, kulolchilik, toshtaroshlik, zargarlik, qurolsozlik ancha rivoj topgan. Xarappaliklar o‘zlarining ieroglif yozuvlariga ham ega bo‘lgan. Ikkala shaharda ham yirik g‘alla omborlari topilgan bo‘lib, bu davlatni markazlashganlik darajasini ko‘rsatadi. Hindlar dunyoda birinchi bo‘lib paxtadan mato to‘qib, kiyimlar tikkanlar. Chunki shahardan kiyim tikish, qurolsozlik ustaxona qoldiqlarni topilgan. Xarappa suv yo‘li va quruqlik orqali shumerlar bilan savdo aloqalari olib borgan ilk quldorlik davlati edi.
Mil. avv. II ming yillik o‘rtalaridan boshlab Eron va Turon orqali Hindistonga ko‘chmanchi, chorvador oriy qabilalari bostirib kiradi. Ular Gang va Panjob daryo vohalarining unumdor yerlariga kelib o‘rnashganlar va keyinchalik mahalliy xalq bilan aralashib ketganlar. Oriylar bilan mahalliy xalq o‘rtasidagi qonli janglar hindlarning xalq og‘zaki ijodiyoti namunalari bo‘lgan «Mahobxarat» va «Ramayana» dostonlarida ham aks ettirilgan.
Hindlar o‘zlarining qadimiy yozuvlariga ega bo‘lganlar. Ularda astronomiya va matematika ham ancha rivoj topgan. Hindlar quyosh va suv soatlaridan foydalanganlar, o‘zlarining taqvimlarini tuzganlar. Xalq og‘zaki ijodining yuksak namunasi – Vedalar, gimnlar, qo‘shiqlar, afsunkor va diniy duolardan iborat to‘plam tuzilgan. Vedalarda hayot va o‘lim masalalari bo‘yicha fikr yuritiladi. Bu ta’limotga ko‘ra jon doimo bo‘ladi va u kishi vafotidan keyin boshqa tanaga o‘tadi. Hindlarning Veda ta’limoti inson mutloq jon bilan qo‘shilishi, o‘z jonini boshqara olmasligi, bu juda qiyin bo‘lishiga qaramay uning mumkinligi to‘g‘risida fikr-mushohada yuritiladi. Ana shu ta’limot asosida yoga harakati kelib chiqqan.
Vedalarda o‘adimgi Hindiston aholisining Varnalarga (kastalarga) bo‘linishi haqida ham ta’limot bor. Shu ta’limot asosida qadimgi diniy e’tiqod, Braxmanizm paydo bo‘lgan. Braxmanizm qadimgi diniy e’tiqodlardan biri bo‘lib, mil. avv. IX-VIII asrlarda vujudga kelgan. Bu e’tiqodga ko‘ra, Xudo Braxma olamni va odamni yaratgan deb hisoblagan. Hind ruhoniylari braxmanlar deb atalganlar. Braxmanlarning ta’kidlashicha, xudo odamlarni o‘z tanasining turli qismlaridan yaratgan. Xususan, xudo o‘z og‘zidan braxmanlarni; qo‘llaridan kshatriylarni – jangchi, rojalarni; sonlaridan vayshiylar - hunarmandlar, savdogarlar, dehqonlarni; loyga belangan oyoqlardan esa shudralar, ya’ni xizmatkorlarni yaratgan deb ta’lim beriladi. Shulardan keyin esa eng past toifa - hazar qilinadiganlar yaralgan. Shunday qilib, braxmanlar ta’limotiga ko‘ra, xudo odamlarni turli toifalarga – kastalarga bo‘lib, bola qaysi kastadan tug‘ilgan bo‘lsa, u umri bo‘yi o‘sha toifada qolishi kerak bo‘lgan. Toifalarni aralashib ketishiga yo‘l qo‘yilmagan.
Mil. avv. VI asrda Hindistonda buddizm dini paydo bo‘ladi. Bu ta’limotning asoschisi Gautama Shakyamuni. U shimoliy Hindistonda mil. avv. 566-476 yoki 563-473 yillari yashagan. Budda so‘zining sanskritcha (oliy bilimlarni egallagan, haqiqatga erishgan) ma’nosini beradi. Buddizm braxmanizmdagi odamlarni kastalarga bo‘linishini qoralab, jamiyatdagi barcha kishilar teng bo‘lishini e’tirof etadi.
Buddizm ta’limoti to‘rt haqiqatda o‘z ifodasini topgan:

  1. Turmush azob-uqubatlardan iborat;

  2. Azob-uqubatlar sababi – kishilarning istaklari va nafslaridir:

  3. Azob-uqubatdan qutilish uchun kishilar o‘zlarining istak va nafslarini tiyishlari kerak;

  4. Azob-uqubatlardan halos bo‘lish uchun Budda kashf etgan qoidalarga amal qilishi kerak.

Buddizm ta’limoti asosida boshqa odamlarga nisbatan yaxshi insoniy munosabatda bo‘lish, boshqa tirik mavjudodga nisbatan zo‘ravonlik ishlatmaslik, ayniqsa, o‘ldirishni ma’n etish g‘oyasi yotadi. Demak, inson axloqida gumanizm asosiy o‘rin tutadi.
Mil. avv. III asrda podsho Ashoka tomonidan Buddizmni qabul qilinishi bilan u davlat diniga aylandi. Buddizm dinining nodir bir tomoni bu, boshqa dinlarga nisbatan murosasozlik qilishdir.
Eramizning I asrida Buddizm Markaziy Osiyo orqali Xitoyga, Xitoydan Koreya, Yaponiya, Mo‘g‘iliston va Tibetga tarqaladi.
Mil. avv. III-II ming yilliklaridayoq Hindistindonda hisobning o‘nli tizimi tarkib topgan edi. Shuningdek nolni bildiradigan belgi birinchi Hindistonda ishlatilgan. Bu yangilikni dunyoga ommalashtirgan siymo bu buyuk vatandoshimiz Al Xorazimiydir.
Tabobat olamida hind arboblari kasallikni anioqlash va uni davolashda katta yutuqlarga erishganlar. Davolashda ishlatiladigan dori-darmonlar 1000ga yaqin bo‘lib, silash, uqalash, vanna qilish, jarrohlik usullaridan keng foydalanganlar. Hind kimyogarlari bo‘yoo‘ va turli kimyoviy moddalarni kashf etganlar. Hindiston shaxmat o‘yinining vatani hisoblanadi.
Me’morchilikda ham katta yutuqlarga erishilgan. Hind ustalari g‘isht va boshqa buyumlardan ajoyib imoratlar, saroylar qurganlar. I-VII asrlarda Bombey yaqinida tog‘ni o‘yib, 24 ta g‘or monastirlari va 5 ta ibodatxona qurilishi, ya’ni Ajanta majmuasi dunyo madaniyatida arxitektura, haykaltaroshlik va tasviriy san’atning o‘ziga xos sintezi hisoblanadi. Chunki uning qurilishida yuqorida ko‘rsatilgan san’at turlarining hammasidan foydalanilgan. Mil. avv. 950 va milodning 1050 yillari davomida Chandellas sulolasi davrida qurilgan Vxodjuraxo-ertaksifat sevgi bayrami ibodatxonasi o‘zining ajabtovur ko‘rinishi jihatidan qovunga o‘xshaydi. Hindlar o‘sha davrdayoq haykaltaroshlik sohasida o‘zining nozik did, ulug‘vorlik va insonparvarlikni tarannum etuvchi, kishini hayratga soluvchi asarlarni yaratganlar. Bularga xudo Vishna (Krishna) va Shiva timsolidagi haykallarni nisbat berish mumkin.
Hind madaniyati O‘rta Osiyo, Xitoy singari qo‘shni mamlakatlar xalqlari ma’naviy hayotiga ham ma’lum darajada ta’sir ko‘satgan.
Shunday o‘ilib, o‘adimgi Hindiston madaniyati jahon sivilizatsiyasining o‘adimgi beshiklaridan biri sifatida shuhrat topib, u jahon madaniyati rivojiga o‘z samarali ta’sirini ko‘rsata olgan eng qadimgi madaniyatlardandir.
Xitoy Markaziy va Sharqiy Osiyodagi eng qadimgi davlat. Tabiati keskin o‘rgatuvchan va mo‘tadil. Markaziy Xitoy tog‘laridan boshlanib Tinch okeani havzalariga quyadigan Xuanxe (Sariq daryo) va Yantszi daryolari Sharqiy Xitoy pasttekisligi orqali oqib o‘tadi. Yog‘ingarchilik vaqtlarida Xuanxe daryosi toshib, ko‘plab tashvishlar keltirganligi uchun unga xitoyliklar «Tentak daryo», «Xitoyning sho‘ri», «Ming xil kulfat keltiruvchi daryo» deb nom berishgan. Shu daryolarning bo‘ylaridagi yerlar unumdor bo‘lib, ilk dehqochilik vujudga kelgan. Bu o‘lka qadimdan o‘simliklar va hayvonot olamiga boy, yer osti qazilma boyliklari ham mashhur bo‘lgan.
Xitoy sivilizatsiyasi mil.avv. 3 ming yillik oxirida shakllandi. Xitoy tarixini tarixchi Sima Syan o‘z «Tarixiy xotiralar» asarida sulolaviy davrlarga bo‘lgan. qadimgi Xitoyda o‘o‘hna Mesopatamiya va Misr singari qadimiy o‘ziga xos madaniyat yaratilgan.
Хitоy mаdаniyatining o‘zigа хоs fаrqli jihаti shundаki, qаdimdаn dinlаrdаgi mistik ibtidоgа ахlоqqа nisbаtаn ikkinchi dаrаjаdа qаrаlgаn, mаdаniyatdаgi bеlgilоvchi g‘оya Оsmоn tаsdiqlаgаn buyuk «ахlоqiy-ijtimоiy-siyosiy tаrtib» bo‘lgаn.
Хitоy mаdаniyati vа tsivilizаtsiyasining ming yillаr dаvоmidа аsоsiy ruhiy, ахlоqiy vа g‘оyaviy mаnbаi mil. аvv. 551-479 y. yashagаn buyuk mutаfаkkir Kоnfutsiy tа’limоti hisоblаnаdi. Bаrchа eng muhim nаrsаlаr hаr qаndаy tsivilizаtsiyaning «qiyofаsini» bеlgilаydi- hаyot tаmоyillаrini, dаvlаt vа ijtimоiy tаshkilоt shakllаrini, umum qаbul qilgаn ахlоqiy mе’yorlаr vа qаdriyatlаrning bаrchаsi Хitоydа Kоnfutsiylik tа’siridа shakllаngаn. Bеjizgа L.S.Vаsil’еv Kоnfutsiylikni «хitоy tsivilizаtsiyasining kvint essеntsiyasi (mоhiyati)» dеb аtаmаydi.
«Оsmоn vаkоlаti» yo‘nаlishi Kоnfutsiy tоmоnidаn yangichа fikrdа rivоjlаntirilib, undа ijtimоiy ахlоq аsоsiy o‘rin tutаdi vа siyosiy mаdаniyatni bеlgilаydi. Аn’аnаlаrni hurmаt qilish, burchni jiddiy his qilish, ахlоqiy sifаtning yuqоriligi, o‘zini jаmiyat uchun bахsh qilish, hаqiqаtni аnglаsh uchun dоimо urinish, ishоnch vа оlijаnоblik kаbi idеаllаr bоshqаlаrni bоshqаrishni istаgаnlаr uchun mo‘ljаl bo‘lgаn. Bu idеаllаr dаvlаtning bоsh tаyanchi bo‘lib, Хitоy impеriyasi to‘rаlаri uchun nаmunа bo‘ldi.
Kоnfutsiylikni Хitоydа pаydо bo‘lgаn ikkinchi buyuk fаlsаfiy tа’limоt-dаоsizm to‘ldirdi. Dаоsizmdа turmush, tаbiаt, umumlik muаmmоlаri аks etаdi. Аgаr kоnfutsiychilik insоnning ijtimоiy fаоliyatini nаzаrdа tutsа, dаоsizmdа uning ruhiy hаyoti, dunyoqаrаshi аks etаdi. Dаоsizmdа qadimgi Хitоydаgi fikrlаrning bоsh g‘оyasi аks etib, jаhоn mаdаniyatini yangi hаyot bilаn bоyitdi. «Uning g‘оyalаri: in-yan tаmоyillаrgа аsоslаngаn dunyoning duаlistik хususiyati; usin-bеshtа аsоsiy unsurdаn ibоrаt bo‘lgаn mаtеriya (yеr, suv, оlоv, mа’dаn); dunyoning o‘zgаruvchаn hаrаkаtdаligi, аsоsiy unsurlаr dоimо sifаt o‘zgаrishidа bo‘lishini bildirаdi. Dаоsizmgа ko‘rа dunyoning pаydо bo‘lishi uchtа kuchning fаоliyatidаn kеlib chiqqаn: Dао- Оliy Mutlоq, Ilk ibtidо, De-dао nuridаn dunyoning pаydо bo‘lishi, TSi- Оliy mаtеriya, u moddiy dunyoni yaratib, narsa va mavjudotlarni bunyod qiladi.
Xitoyliklar Tan sulolasi davrida (mil. av. II ming yil o‘rtalarida) o‘z yozuvini yaratganlar. Ierogliflar shakli turli kombinatsiyalarda takrorlanuvchi 36 tagacha bo‘lgan standart chiziqlardan tashkil topgan. Ierogliflar ma’lum yozuv qoidalariga qat’iy amal qilgan holda muayyan tartibda, chapdan o‘ngga, yuqoridan pastga yoziladi. Xitoy yozuvi tarixida ierogliflarning 7 xil-gu ven (qadimgi yozuv), da juan (katta belgili yozuv), syao juan (kichik belgili yozuv), li shu (rasmiy yozuv), sing shu (yarim tez yozuv), sao shu (tez yozuv), qay shu (namunali yozuv) kabi yozilish uslublari bo‘lib, ular 4-5 ming yil davomida biri birining o‘rnini egallagan, shaklan o‘zgarib, takomillashib borgan.
Xitoy yozuvida ierogliflarning umumiy soni 60 mingdan ko‘proq bo‘lib, shulardan taxminan 96 foizi murakkab, ikki va undan ortiq qism-chiziqdan tuzilgan va 4 foizi sodda, faqat bir qismdan iborat ierogliflar hisoblanadi. Hozir Xitoy tilida taxminan 8-10 ming iegroglif qo‘llaniladi.
Chjou davrida Xitoyda metall tangalar (dunyoda birinchi) muomalaga chiqarildi. Dengizlarda suzish uchun kompas ixtiro qilingan (uning strelkasi Shimolni emas, Janubni ko‘rsatgan). Dunyoda birinchi bo‘lib, Xitoyda porox ixtiro qilingan bo‘lib, undan bayramlarda mushakbozliklarda foydalanilgan. Artilleriya, miltiq, arbalet-o‘q-yoy ham dastlab Xitoyda yaratilgan va dunyo bo‘ylab choy, chinni, gugurt, ipak, beton qo‘yish texnologiyasini ishlab chiqqanlar. Gan’su viloyatidagi arxitektura kompleksi shundan dalolat beradi.
Mil. av. I asr oxiri va yangi asr arafasida xitoyliklar latta, po‘sloq va bambuk aralashmasidan qog‘oz tayyorlaganlar. Qog‘oz yog‘och, bambuk va shoyiga qaraganda arzon bo‘lib, u yozish va saqlash uchun qulay hisoblangan. Qog‘ozning ixtiro qilinishi maorif, fan, madaniyatning rivojlanishi va davlat ishlarida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.

Download 292,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish