Madaniyatshunoslik


Qadimgi Misr va Mеssоpаtаmiya mаdаniyati



Download 292,39 Kb.
bet18/47
Sana26.02.2022
Hajmi292,39 Kb.
#470314
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47
Bog'liq
1-mavzu madaniyat

3. Qadimgi Misr va Mеssоpаtаmiya mаdаniyati.
Yer yuzidаgi eng ko‘hnа vа bir qаdаr o‘rgаnilgаn, ko‘plаb хаlqlаr mаdаniyatining rivоjlаnishigа kаttа tа’sir ko‘rsаtgаn mаdаniyatlаrdаn biri - qadimgi Misr mаdаniyatidir. Qadimgi Misr yozuvi ko‘plаb hоzirgi yozuv tizimi uchun аsоs bo‘ldi. Qadimgi Misrliklаr qo‘llаgаn so‘zlаr «pаpirus», «оаzis», «хimiya», «bаzаl’t» vа bоshqаlаr hоzirdа hаm muоmаlаdа sаqlаnib kеlmоqdа. Misrdа turli, o‘tа chаlkаsh tоpinishlаr tizimi mаvjud bo‘lgаn: хudоlаrgа sig‘ingаn, jоnivоr, o‘simlik, tuprоq, suv, Nilni muqаddаslаshtirgаn. Quyoshgа, tirik хudо-Fir’аvngа sig‘inish qоnun tusigа kirgаn.
Misrliklаr mаdаniyatidа dаfn mаrоsimi аlоhidа o‘rin tutgаn. Ulаr o‘limni insоnning ikkinchi hаyoti bоshlаnishi dеb bilgаn. Mаngu hаyot tushunchаsi Оsiris Izidа hаqidаgi mifdаn pаydо bo‘lgаn. Qadimgi Yunon muаllifi «Misrliklаr hаyoti o‘limgа tаyyorgаrlik ko‘rishdаn ibоrаt»-dеb bеkоrgа yozmаgаn.
Misr tarixining barcha davrlarida hayvonlar, tabiat hodisalari va ota-bobolar ruhiga e’tiqod qilish keng tarqalgan. Shu bilan birga Misrda yagona davlatning vujudga kelishi bilan fir’avn — podsholarga e’tiqod qilish va ularni ilohiylashtirish paydo bo‘lgan. Birinchi o‘rinda qarchig‘ay boshli Quyosh "xudo"si -Ra yoki Amon-Ra bo‘lib, (misrliklar tasavvurida) u har kuni oltin qayiqchasida osmonni kezib chiqadi va g‘arbga tushadi. Misrliklar Quyosh "xudo"siga atab ibodatxonalar qurganlar.
Misrliklar dini ilk urug‘doshlik jamoalarida vujudga kelgan. Diniy an’analar mustahkam va turg‘un bo‘lgan. Fetishizm, totemizm (qushlar va hayvonlarga topinish) Misrda uzoq davom etgan. Deyarli har bir ma’bud qandaydir hayvon ko‘rinishida tasvirlangan. Masalan, Anubis ma’budi — bo‘ri, ma’buda Bast - mushuk ko‘rinishida tasvirlangan. Keyinchalik ma’budlar tanasi insoniy qiyofa olgan.
Aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ulluna boshlagach, turli xil tabiat kuchlarini o‘zida ifodalovchi ma’budlarga, jumladan, Osmon (ma’bud Nut), Yer (ma’bud Geb), Quyosh (ma’bud Ra), Oy (ma’bud Tot) va boshqalarga sig‘inish kuchaygan. Xapi ma’budi siymosida misrlik dehqonlar Nil daryosiga sig‘inishgan.
Misr ma’budlari ichida Osiris alohida o‘rin tutadi. U avval dehqonchilik homiysi bo‘lib, eshakboshli, qizil ko‘zli yovuz ma’bud Set tomonidan o‘ldirilgan. Osiris narigi dunyodagi podshohlikda shoh va sudya bo‘lib oladi.
Misr miflari orasida markaziy o‘rinni dunyoning yaratilishi, insonlarni qilgan gunohlari uchun jazolash, quyosh ma’budi Ra bilan ilon Apon suvratdagi zulmat kuchlari o‘rtasidagi kurash, Osirisning o‘limi va qayta tirilishi egallaydi.
Din va ilohiylashtirilgan fir’avn kulti ehtiyojlariga xizmat qilish lozim bo‘lgan Misr san’ati o‘z g‘oyalarini qat’iy belgilangan shaklda ifodalangan. Me’morlik fir’avnlar hokimiyatning qudratini, ulug‘vorligini va mashhurligini ko‘rsatishga qaratilgan, shu maqsadda bino (ehrom, ibodatxona, saroy va boshqa)larning ulkan, hashamatli bo‘lishiga ahamiyat berilgan. Ehrom va maqbaralarning ichki davorlariga demotik-suvratli bitiklarda diniy duolar va tilaklar ifodalangan.
Qadimgi podsholik davrida ibodatxonalarning yangi tipi paydo bo‘lgan, ular odatda Misrning bosh ma’budi — Raga bag‘ishlangan. Maqbara va ibodatxonalarning devori rangin rasmlar, rel’ef va haykallar bilan bezatilgan. Bu davrda haykal portretlar san’ati taraqqiy etgan. Misrliklar tasavvurini haykal portretlar marhumlarning qiyofadoshi rolini o‘tab, marhumlarning ruhlari joylashgan joy vazifasini o‘tashgan.
Misr shohlari (ular fir’avn deb yuritilgan) "narigi dunyo"da ham yashashni orzu qilib, o‘zlariga ehrom qurdirishgan. Qadimgi Misr fir’avnlaridan Joser birinchi bo‘lib o‘ziga ulkan dahma, ya’ni ehrom bunyod etdirgan. Ulkan tosh inshootni qurish ishiga fir’avnning vaziri, zamonasining ajoyib olimi — hakim, riyozatchi va me’mor Imxotep rahbarlik qilgan. U Sakkarada marhumlar ruhiga bag‘ishlab marosimlar o‘tkaziladigan majmui bunyod etgan, uning markazida pog‘anali maqbara-ehrom (balandligi 60 metr, asosi 109,2 x 121 metr) qurgan.
Mil. av. 2800 yillarda Misr davlatini Xufu (yunonlar Xeops deb atashgan) boshqargan. Qadimgi dunyo tarixchisi Gerodotning yozishicha, Xufuga ehrom bunyod etish uchun yigirma yil vaqt ketgan, qurilishda bir yo‘la yuz minglab qullar ishlagan, ular har uch oyda almashtirib turilgan. Gizadagi me’mor Xemnun loyihasi bo‘yicha fir’avn Xeops uchun qurilgandunyoda tengi yo‘q ehrom (balandligi 146,59 metr, asosi 233x233 metr). Ehrom qurilishiga, olimlarning hisobicha, 2 million 300 ming dona tosh ishlatilgan va har birining og‘irligi 2 tonnadan 30 tonnagacha bo‘lgan.
Xefren ehromi (balandligi 143,5 metr, tomonlar asosi 215,25m.) yaqinidagi ibodatxonaning hashamatli zali qirrali ustunlar bilan bezatilgan. "Katta sfinks" (uzunligi 57 metr, balandligi 20 metr, mil. av. III asr) qoyalarda joylashgan. Mikerin ehromi (balandligi 62 metr, tomonlar asosi 108,4 m.) "Dunyoning yetti mo‘jizasi" tarkibiga kirgan. Har bir ehromga sharqdan ibodatxonalar tutashgan bo‘lib, ular o‘tish yo‘llari orqali bir-biri bilan bog‘langan. Ibodatxona-maqbaralarda aslzodalarning 2-6 sulolalari dafn etilgan bo‘lib, 7 mingdan ziyod qabrlar joylashgan.

Download 292,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish