Madaniyatshunoslik



Download 292,39 Kb.
bet22/47
Sana26.02.2022
Hajmi292,39 Kb.
#470314
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47
Bog'liq
1-mavzu madaniyat

Buyuk Xitoy devori mil. av. IV asrda boshlanib, bir necha asrlar davomida shimoldagi Xunn qabilalarining hujumlaridan saqlanish va savdo-sotiq ishlarini ko‘zlab qurilgan. Devor Lyaodun qo‘ltig‘i qirg‘og‘idagi Shayxayguan’ shahridan boshlanib, g‘arbda Dunxuan (Qashg‘ar) qal’asigacha davom etgan. Devorning umumiy uzunligi 8,5 ming kilometr, devorining balandligi - 6.6 metr (shinaklarining devorlari bilan 8-10 metrgacha), kengligi-asosida 6,5 metrdan yuqorisida 5 metrgacha. Har yuz metrda soqchilar uchun to‘rtburchakli burjlar (balandligi 10-12 metr) qurilgan, har 10 kilometrda kuzatish va xabar berish uchun minoralar, tog‘dagi muhim o‘tish joylarida mustahkam qurg‘onlari bo‘lgan. Buyuk Xitoy devori me’moriy yodgorlik sifatida saqlanadi.
Buyuk ipak yo‘li-qadimda va o‘rta asrlarda Sharq va G‘arb mamlakatlarini ilk bor o‘zaro bog‘lagan qit’alararo karvon yo‘li (mil-av. II asr milodiy XV-asr). Buyuk ipak yo‘li atamasi ushbu yo‘ldan tashilgan qimmatbaho tovar-Xitoy ipagi bilan bog‘liq. G‘arb mamlakatlari uzoq vaqtgacha ipakchilik sir-asrorlaridan bexabar bo‘lishgan.
Buyuk ipak yo‘li atamasi qadimda ishlatilmagan. Bu yo‘lni tarixiy, geografik va madaniy jihatlarini ilmiy o‘rganish amalda qo‘plab mamlakat olimlari tomonidan XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan. Uni tadqiq etishda G‘arbiy Yevropa, Rossiya va Yaponiya olimlari salmoqli hissa qo‘shdilar. 1877 yil mashhur nemis olimi Karl Rixtgofen o‘zining "Xitoy" nomli yirik ilmiy asarida ulkan Yevrosiyo materigining turli qismlarini bog‘lovchi yo‘llar tizimini "Ipak yo‘li" deb atagan, keyinchalik "Buyuk ipak yo‘li" atamasi qabul qilingan.
"Buyuk ipak yo‘li" birgina savdo-sotiq bilan cheklanibgina qolmay,balki ayni paytda diplomatiya, diniy va ma’naviy qadriyatlarning tarqalish yo‘li ham edi. U Sharq va G‘arb sivilizatsiyasini bog‘lovchi yo‘l bo‘lib, unda Markaziy Osiyo xalqlari vositachilik qilganlar.
Badiiy madaniyat Bobil, Misr, Hindistonda dinga tobelik xususiyatiga ega bo‘lsa, Xitoyda badiiy asarlar ko‘proq dunyoviy yo‘nalishga ega edi. Masalan, Konfutsiy ta’limotiga ko‘ra, «Shi szin»(«Qo‘shiqlar kitobi»)ga madhiyalar, xulq va urf-odatlar masalalari kiritilgan. She’riyat lirikasida va tasviriy san’atda tabiat go‘zalligi har bir kishiga tushunarli tarzda hayotiy, zavq beruvchi tarzda tasvirlangan. Haykaltoroshlar dimog‘dor amaldor, laganbardor xizmatchi va holdan toygan qullarning og‘ir mehnatini mahorat bilan aks ettirganlar.
Mil.av. II minginchi yillarda Xitoyda miflar paydo bo‘lgan, turli ramziy belgilar yuzaga kelgan. Bu belgi va miflar idishlarning yuzalariga ishlangan haykallarda, rangtasvirda tasvirlangan va shularda kishilarning falsafiy qarashlari o‘z ifodasini topgan. Shu vaqtda bronzadan ishlangan, diniy marosimlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan buyumlar yuksak mahorat bilan ishlangan, ularning yuzasi ramziy belgi, naqsh, fantastik va yarimfantastik obrazlarning bo‘rtma tasviri bilan bezalgan. Buyumlarning bandi va qopqog‘iga ham turli shakllar berilgan.
Xitoyning qadimgi san’at yodgorliklari mil. av. III ming yillikka mansub. Xitoyning ko‘p joylaridan nafis ishlangan sopol idishlar, jez va nefritdan ishlangan va shakli hamda guli har xil bo‘lgan buyumlar, hayvonlarning In’ davriga mansub toshdan ishlangan haykalchilari, Chjou davri (mil. av. XI-III asrlar)ga mansub amaliy-bezak san’ati asarlari topilgan. Mil. av. 1 ming yillikdan qilich sopi, mebel tayyorlashda lokdan foydalanishgan. Mil. av. IV-III asrlarga oid shoyiga tush’ siyohlari bilan rasm solingan asar saqlangan. Xan davri maqbaralaridan mifologiya va dunyoviy mavzudagi rel’ef hamda yozuvlar, odam, uy hayvonlari tasvirlangan sopol idishlar, oltin va kumush bilan bezatilgan jez buyumlar topilgan. Kulolchilik mahsulotlari, ayniqsa chinni buyumlari hozirgacha o‘zining nafsligi, betakrorligi bilan ajralib turadi.
Xitoyliklar Tan sulolasi davrida (mil. av. II ming yil o‘rtalarida) o‘z yozuvini yaratganlar. Ierogliflar shakli turli kombinatsiyalarda takrorlanuvchi 36 tagacha bo‘lgan standart chiziqlardan tashkil topgan. Ierogliflar ma’lum yozuv qoidalariga qat’iy amal qilgan holda muayyan tartibda, chapdan o‘ngga, yuqoridan pastga yoziladi. Xitoy yozuvi tarixida ierogliflarning 7 xil-gu ven (qadimgi yozuv), da juan (katta belgili yozuv), syao juan (kichik belgili yozuv), li shu (rasmiy yozuv), sing shu (yarim tez yozuv), sao shu (tez yozuv), qay shu (namunali yozuv) kabi yozilish uslublari bo‘lib, ular 4-5 ming yil davomida biri birining o‘rnini egallagan, shaklan o‘zgarib, takomillashib borgan.
Xitoy yozuvida ierogliflarning umumiy soni 60 mingdan ko‘proq bo‘lib, shulardan taxminan 96 foizi murakkab, ikki va undan ortiq qism-chiziqdan tuzilgan va 4 foizi sodda, faqat bir qismdan iborat ierogliflar hisoblanadi. Hozir Xitoy tilida taxminan 8-10 ming iegroglif qo‘llaniladi.
Chjou davrida Xitoyda metall tangalar (dunyoda birinchi) muomalaga chiqarildi. Dengizlarda suzish uchun kompas ixtiro qilingan (uning strelkasi Shimolni emas, Janubni ko‘rsatgan). Dunyoda birinchi bo‘lib, Xitoyda porox ixtiro qilingan bo‘lib, undan bayramlarda mushakbozliklarda foydalanilgan. Artilleriya, miltiq, arbalet-o‘q-yoy ham dastlab Xitoyda yaratilgan va dunyo bo‘ylab choy, chinni, gugurt, ipak, beton qo‘yish texnologiyasini ishlab chiqqanlar. Gan’su viloyatidagi arxitektura kompleksi shundan dalolat beradi.
Mil. av. I asr oxiri va yangi asr arafasida xitoyliklar latta, po‘sloq va bambuk aralashmasidan qog‘oz tayyorlaganlar. Qog‘oz yog‘och, bambuk va shoyiga qaraganda arzon bo‘lib, u yozish va saqlash uchun qulay hisoblangan. Qog‘ozning ixtiro qilinishi maorif, fan, madaniyatning rivojlanishi va davlat ishlarida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
Imperator Sin Shixuandi maqbarasi va terrakota armiyasi (qo‘shin xaykallari)Sian’ shahri yaqinda bo‘lib, mazkur obida YuNESKOning "Butunjahon merosi" ro‘yxatiga kiritilgan. Maqbarani 700 ming asir-qul barpo etgan. Sin’ Shixuandi o‘limidan so‘ng ham harbiy kuchga tayanish uchun jangchi va otlarini bo‘y baravar kattalikdagi haykallarini yasatishni buyurgan. Hozir bu yer muzey bo‘lib, uning asosiy eksponati - terrakota, ya’ni kuydirilgan qizg‘ish-jigarrang sopoldan yasalgan 7400 ta askar, ot va 90 ta harbiy aravalarni tashkil etuvchi haykallardan iborat. Shunisi qiziqki, imperator Sin Shinxuanning terrakota lashkaridagi barcha haykallar (askar, ot va aravalar) asl o‘lchamga ega. Askar haykallarining bo‘yi 1.8 metr bo‘lib, ular orasida yuz tuzilishi bir-biriga o‘xshash bo‘lgan ikkita bir xilini uchratish qiyin.
Mil. av. XII-VI asrlarda Xitoyda dunyoni miflar orqali tasavvur qilishdan falsafiy mushohada qilishga o‘tiladi. Falsafa o‘zining «oltin asr» deb nomlangan o‘sha davrning cho‘qqisiga chiqadi. Falsafiy qarashlar ichida ikkitasi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.Bulardan bittasi Konfutsiychilik bo‘lib, uning asoschisi Kun Fuszi yoki Kun-szu edi. U mil. av. 552 yilda zodagon oilada tug‘ilgan bo‘lib, 15 yoshidan o‘zi mustaqil mutoala qilib ma’lumot olgan.Bir necha yillar davomida turli podshohlar qo‘l ostida ishlagandan keyin yoshlarga ta’lim berishga kirishadi.
Xulosa qilib aytganda, Sharqning qadimgi tsivilizatsiyasi moddiy va ma’naviy sоhаlаridаgi ko‘plаb o‘tа muhim yangiliklаrni vujudgа kеltirdi. Хususаn, mil. аvv. I ming yillik mа’nаviy g‘аlаyonlаr jаrаyoni bilаn аjrаlib turаdi. Bu dаvrdа dаstlаb ikki tаmоyil vujudgа kеldi: umuminsоniy birlik vа shaxsning mа’nаviy mustаqilligi. g‘оyalаr erkinligi bоshlаnib insоn o‘z hаyotini ungа аsоslаnib qurdi.



Download 292,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish