Ollohga ishonish.
Ollohningfarishtalariga ishonish.
Ollohning kitoblariga ishonish.
Ollohningpayg’ambarlariga ishonish.
Oxirat kuniga ishonish.
Taqdiri azalga ishonish.
O’lgandan keyin qayta tirilishga ishonish.
Islom olamida Qur’oni Karimdan keyin mo‘tabar manba, bu hadisi sharifdir. Sharif degan so‘z arabcha bo‘lib, sharafli, aziz, qadrli degan ma’nolarni anglatadi. Shom (Suriya), Bog‘dod, Quddus, Mozori Sharif va Buxoro Sharif unvoniga sazovor bo‘l-gan shaharlardir. Muhammad sallollohu alayhi va sallamning aytgan gap-lari, qilgan ishlari, shularning hammasi sunnat hisoblanadi. Bular haqidagi dalolat esa hadisdir.
Butun musulmon dunyosida birdan-bir to‘g‘ri, ishonchli deb tan olingan 6 nafar hadischilar: Imom Buxoriy, Imom Muslim al Hajjoj, Iso at-Termiziy, Imom Abu Dovud Sijistoniy, Imom An-Nasafiy, Imom Ab-dulla ibn Yazib ibn Mojjalar hammasi aslan Markaziy Osiyolik bo‘lib, ularning «Qutubi sitta» («Olti kitob») asari butun dunyoga mashhurdir. Ular orasida Imom Buxoriy (810-870) va ul zotga mansub «Al jome’ as-sahih» («Ishonarli to‘plam») asari yagonadir. Bu asarni islomshunoslar «Qur’oni Karim»dan keyingi o‘ringa qo‘yadilar. 4 jilddan iborat bu mu-borak kitobga 7275 ta eng sahih (ishonarli) hadislar kiritilgan bo‘lib, ular nihoyatda qimmatli tarbiyaviy-ma’rifiy ahamiyatga ega. Allomaning «Al adab al- mufrad» («Adab durdonalari») asari ham mashhurdir. Bular mustaqillik yillarida o‘zbek tilida birinchi bor chop etildi. Uning bular-dan tashqari yana 20 dan ziyod asarlari mavjud. Alloma tavalludining 1225 yilligi o‘lkamizda 1998 yilning oktabrida keng nishonlandi hamda uning hokipoyi dafn etilgan Samarqand yaqinidagi Hartang qishlog‘ida esa yodgorlik majmuyi barpo etildi.
Imom Buxoriyning shogirdi va izdoshi Imom at-Termiziy (824-892) ham buyuk hadisshunos allomalardan biridir. Uning mashhur asari «Al-jome’» deb ataladi. «Ash-shamoil an-nabaviyya» («Payg‘ambaming alo-hida fazilatlari», 408 ta hadisi sharifni o‘z ichiga olgan mazkur asar 1991-yilda o‘zbek tilida birinchi bor chop etilgan), «Kitob az-zuhd» («Taqvo ha-qida») va boshqa kitoblar ham bu zoti sharif qalamiga mansubdir. Islom ta’limotida shariat va uning ruknlari ham muhim o‘rin tutadi. Shariat (arabchada to‘g‘ri yo‘l, qonunchilik ma’nosida) - islom diniy huquqi, ya’ni barcha musulmonlar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan qonunlar, huquqiy- axloqiy ko‘rsatmalar majmuidir. Islomiy ilm taraqqiyotida alloma Burhoniddin Marg‘inoniy (1123-1197) ning xizmati ham buyukdir. U 1178-yili «Hidoya» («To‘g‘ri yo‘l») noyob asarini yaratadi. Bu kitobda o‘sha zamonlarda, jumlayi musulmonlar duch keladigan dolzarb masalalar, jumladan, oilaviy va ijtimoiy munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoiy jazo va insonning burch va mas’uliyatla-riga taalluqli juda ko‘p murakkab muammolarni islomiy huquq nuqtayi nazaridan hal etib beradi. Mazkur kitob nafaqat Movarounnahrda, balki butun islom Sharqida ham islom huquqshunosligi bo‘yicha nufuzli huquqiy manba - asosiy qo‘llanma sifatida foydalanilgan. Alloma «Bido-yat al-mubtadiy» («Boshlovchilar uchun dastlabki ta’lim»), «Kifoyat al-muntaxiy» («Yakunlovchilar uchun tugal ta’lim»), «Nashr ul-mazhab» («Mazhabning yoyilishi»), «Kitob ul-mazid» («Ilmni ziyoda qiluvchi ki-tob»), «Kitob al-faroiz» («Farzlar kitobi»), «Manosik ul-xaj» («Haj ma-rosimlari»), Kitob ul-mashoyih («Shayxlar haqida kitob») va boshqa ko‘plab asarlar muallifidir. Bu asarlarda adolat tuyg‘usi, o‘z davrining huquqiy mezonlari asosida yashash, o‘zganing mol-mulkiga ko‘z olay-tirmaslik, haromdan hazar qilish, insof va diyonat, mehr-oqibat kabi ez-gu tushunchalarning mohiyati ochib berilgan. Allomaning ilmiy merosi jahonning ko‘plab oliy o‘quv yurtlarida musulmon huquqshunosligi yo‘-nalishida o‘rganiladi. Yaqin Sharq, Markaziy Osiyolik olim-u fuzalolar Islom ilmi rivojiga buyuk hissalarini qo‘shar ekanlar, Allohning yakka-yu yagonaligi, Allohning bir ekanligi to‘g‘risidagi tavhid bilan ham mashhur bo‘ldilar. Fanning bu jabhasida, sirlar sirida ish ko‘rgan zamon ulamolari va fuzalolari orasida buyuk qobiliyat egasi Abu Mansur Muhammad ibn Mu-hammad al Moturudiy (870-944) nomi alohida ajralib turadi. Uning mashhur asarlari jumlasiga «Tavhid» (yakkaxudolik) asarini nisbat be-rish mumkin. Ushbu asar o‘sha zamon va davr ehtiyoji sifatida dunyoga kelgan. Sababi, Moturidiy yashagan davr islom olamining «Oltin davri» hisoblangan. Ana shu davrda islom ilm markazi Bog‘doddan O‘rta Osiyoga ko‘chgan, Samarqand «Oltin davr» markaziga aylangan.Moturudiy islom ilmidagi yuksak ilmiy muvaffaqiyatlari evaziga Kalom ilmi haqida 7 asar, huquq haqida 2 ta asar muallifi16. «Abu Mansur», ya’ni «G‘olib ota» martabasiga musharraf bo‘ldi.
Islom shariati besh diniy-huquqiy mazhabdan iborat. Sunniylikda: hanafiya, molikiya, shofi’iya, hanbaliya mazhablari, Shialikda esa ja’fa-riya mazhabi bor. Yer yuzida jami 1,3 mlrd. musulmonlarning 47 foizi hanafiy, 27 foizi shofiyi, 17 foizi molikiy, 7,5 foizi ja’fariy (shialar), 1,5 foizi hanbaliy mazhabidadirlar. Umumiy qilib olganda, sunniylar 92,5 foizni, shialar esa 7,5 foizni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |