Madaniyatida tarixiy janrdagi tasviriy


A.Abdullayev. “Shuhrat”. 1972 yil



Download 10,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/153
Sana08.12.2022
Hajmi10,85 Mb.
#881948
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   153
Bog'liq
jjj kkkk

A.Abdullayev. “Shuhrat”. 1972 yil.
 
Abdulhaq Abdullayev 1972 
yili o‘tgan yuz yillikning 
yetakchi 
yozuvchilar 
avlodi 
vakili bo‘lgan Shuhrat tahallusi 
bilan asarlar yozgan mashhur 
ijodkor Shuhrat 

G‘ulom 
Alimovning 
(1918-1993) 
portretini ishladi. Uning o‘zbek 
adabiyoti oldidagi xizmatlari 
kitobxonlar va davlat tomonidan 
tan olindi. “O‘tgan asrning 60
-
70-
yillarida 
O‘zbekistondagi 
deyarli barcha o‘quvchilarda 
“Qalb 
daftari” 
bo‘lgan. 
Boshqalar qatori, ular qatorida 
sinfd
oshlar 
o‘smirlar
ni 
qiziqtirgan quyidagi savollarga 
javob berganlar: “Baxt nima?”, 
“Siz muhabbatga ishonasizmi?”, 
“Kim 
bo‘lmoqchisiz?”. 
Ularning ichida sevgan kitoblari 
va ulardagi qahramonlar haqida ham savollar bo‘lgan. Ulardan ko‘pchiligi Abdulla 
Qodi
riyning klassik asari “O‘tgan kunlar”dagi bosh qahramon Otabek va Shuhratning 
“Oltin Zanglamas” romanidagi Sodiqjon nomlarini tilga ol
gan
lar. Shuhrat o‘tgan 
asrning 30-yillari yoshligidayoq adabiyot olamiga kirib keldi. Bu paytda Oybek, 
G‘ofur G‘ulom, Us
mon Nosir, Mirtemir, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda kabi 
so‘z ustalari keng ommalashib e’tiborga tushgan edi”
67
. Keyinchalik 1941-1945 yillari 
ikkinchi jahon urushida ishtirok etdi.
Vatani
ga qaytib, o‘z adabiy faoliyatini boshladi. Shuhrat “Shinelli yillar” ro
ma-
nining asosiy qismini yozib qo‘ygan paytda tengdoshlari va ustozlari Mirzakalon 
Ismoiliy, Shayxzoda, Said Ahmad, Yong‘in Mirzo, Shukurullo, Hamid Sulaymonovlar 
qatorida qatag‘on qilindi. 1955 yili yozuvchi to‘la oqlan
di... Qamoqxona hayoti hali 
yodidan o‘chmay turib, yozuvchi “Oltin zanglamas” roma
nini yoza boshladi. 
“Romanni “Sharq yulduzi” jurnalida 1965 yili chop etilishi shov
-
shuvga sabab bo‘ldi. 
Ungacha hali hech kim qamoqxona, qatag‘on mavzusida asar yozmagan edi. Faqat 
“Novыy mir”da bunday “noqulay” mavzuda asarlar paydo bo‘lmagan edi. Shuhrat 
tomonidan bu qaltis qadam edi”. 
66
Мемориал памяти. Абдуллаев Абдулхак Аксакалович (1918.30.
XII 

2001).
67
Исламов Р. Литературное золото не ржавеет. // Правда Востока. 2008. 


69 
Portret san’ati usta
si Abdulhaq Abdullayev yaratgan yozuvchi Shuhrat portreti 
o‘zbek tasviriy san’atidagi bu janrning durdonasi hisoblanadi. U zig‘ir tolasidan 
to‘
qilgan matoga chizilgan.
Bir millimetr qalinlikdagi zig‘ir tolasi iplaridan mustahkam 
to‘qilgan moybo‘yoq bilan ishlov berilgan fabrika matosi shunday nomlanar edi. Moy
-
bo‘yoqdan avval matoga baliq moyidan yelim va mayda bo‘r kukuni, mato shakl
-
shamoyil b
o‘lishi va yaxshi saqlanishi uchun unga yana ozroq nashatir qo‘shilgan tur
li 
qo‘shimchalar bilan ishlov berilar edi. Portret rangi chiroyli. U iliq, kumush
rang 
bo‘yoqlarda ishlangan. Fonga och sa
riq, yengil rang berilgan. Fonda oq sochlari orqaga 
taral
gan yozuvchining boshi qomati bilan birga yaxshi ko‘rinadi. Uning boshi biroz 
egilgan va to‘rtdan bir miq
dorda iliq, quyuqroq rang berilgan. Yozuvchining yuzi jonli 
ishlangan. Uning qora ko‘zlari ma’noli boqib turibdi, ularda yozuvchi fikrining teran
-
lig
i mujassamlashgan. U go‘yo o‘z kitob
lari qahramonlarining kechinmalari va 
qilmishlarini qayta g‘alvirdan o‘tkaza
yot
gandek bo‘ladi. Burni va lablari ham e’tibor 
bilan chizilgan, ularda yozuv
chining nim tabassumi zohir bo‘lgan. Shuhrat yoqasi 
ochiq oq ko
‘ylak kiygan, yelkasiga chiroyli rangdagi milliy, yo‘l
-
yo‘l chopon tashlab 
olgan. U oyoqlarini chalish
tirib, chuqur o‘yga tolgan holda kresloda o‘tiribdi. 
Qo‘llarini ko‘kragiga chali
shtirib olgan. Qomatining harakati osoyishta va ishonchli.
Shuhrat 
uzoq, og‘ir yillar Sibirda qamoqxonada bo‘lganiga qaramay, u qalb oso
yi-
shtaligini, fikr teranligini, hayotga ishon
chini va o‘z ijodkorlik quv
vatini saqlab 
qolganligi portretda o‘z aksini topgan. Stalin vafotidan keyin iliqlik davrlari 
boshlangandan k
eyin yozuvchi o‘z Vatani O‘zbekistonga qaytib keldi va eng yaxshi 
asarlaridan biri “Oltin Zanglamas” romanini yozdi! Uning bu asarini yozuvchi o‘zining 
hayotiy tajribasidan kelib chiqib yozdi. Bu asar ho
zirgi zamonaviy yoshlar o‘rtasida 
ham suyib o‘qilmoqda. Bunga ko‘proq katta iqtidor va yurak egasi bo‘lgan rassom 
Abdulhaq Abdullayev ishlagan yozuvchi Shuhratning portreti sabab bo‘ldi. 2003 yili 
Shuhrat vafotidan keyin Respublikamiz
ning bosh mukofotlaridan biri “Buyuk 
xizmatlari uchun” ordeni bi
lan m
ukofotlandi. Butun hayoti va ijodi namuna bo‘lgan 
insonning ezgulikka bo‘lgan ishonchi amalga oshdi.
1974 yili rassom Abdulhaq Abdullayev yaratgan Sibir qamoqxonalarida azob 
chekib kelgan o‘zbek ziyolilarining obrazi aks ettirilgan portretlar qatorida 
Shuk
urulloning ifodali, psixologik jihatdan haqqoniy portretini ta’kid
lash lozim. 
“Yusupov Shukurullo. U Toshkentdagi Olmazor mahallasida 1921 yi
li 2 sentyabrda 
tug‘ilgan. Yozuvchining otasi Yusupxo‘ja Toshkentda anchayin ta
niq
li tabib bo‘lgan. 
Shukurullo
ning “Baxt qonuni” deb nomlangan birinchi she’
r
iy to‘p
lami 1949 yili chop 
etirildi. Shu yili O‘zbekistoning bir qator taniqli yozuvchi va shoirlari qatori u ham 
millatchilik va antisovet faoliyatda ayblanib qatag‘on qilindi. Ozod qilin
guncha 
Sibirdagi mehnat lagerida tutqun
da bo‘ldi. Shukurulloning “Kafansiz ko‘
mil
ganlar” 
avtobiografik qissasida uning xibsga olinishi, tergov va lagerdagi hayoti batafsil yoritib 
berilgan. Qissani faqat 1991 yili SSSR parchalanib ketgandan keyingina nashr etish-
ning imkoni bo‘ldi. Bugungi kunda Shukurullo qatag‘onni o‘z ko‘zi bilan ko‘r
gan tirik 
odamlardan biri va jahonda ijod qilayotgan eng keksa yozuvchilardan biri hisoblanadi. 
O‘zbekiston xalq shoiri (1981), O‘zbekiston Respublikasi Alisher Navoiy nomidag

davlat mukofoti sovrindori (1994) ordenlari bi
lan mukofotlandi”
68
.
68
Юсупов Шукрулло
[
Эл.ресурс]. Режим доступа: 
https://ru.wikipedia.org/wiki/
Юсупов,_Шукрулло


70 

Download 10,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish