Madaniyatida tarixiy janrdagi tasviriy


A.Mamatova. “Ma’rifatparvar shoir Mir



Download 10,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/153
Sana08.12.2022
Hajmi10,85 Mb.
#881948
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   153
Bog'liq
jjj kkkk

A.Mamatova. “Ma’rifatparvar shoir Mir 
Alisher Navoiy”. 1995 y
il. 
Eh, nega men oshno bo‘lmadim 
senga, boda? 
Azob va uqubatlar ezmoqda meni 
hamisha... 
Men bu dunyoga qanchalik tashlamay 
nazar, 
Osmonni, tabiatni istadim anglashni 

 
Sirlarni ko‘pligi hayratga soldi meni.
 
Bu dunyoga kelganim va 
ketayotganimni bilish, 
Tushunish menga nasib qilmay 
ketmish
49

 
Alisher Navoiy obrazini yaratishda 
rassom nafaqat rang dog‘larining 
yaxlitli
gida ko‘rinadigan qadimgi 
O‘rta Osiyodagi Panjikent, Afrosiyob, 
Varaxsha devoriy suratlariga, balki 
taniqli rassom Andrey Rublyovning 
“Uchlik” asarida o‘z aksini topgan rus 
sanamchiligiga 
ham 
murojaat 
qilganligi
ni ko‘rish mumkin.
Bu 
ajoyib asarning asl nusxasi bilan 
rassom 
1968 
yili 
Moskvadagi 
Tretyakov 
galereyasida 
talabalik 
yillarida tanishgan edi. Va albatta, u 
Mahmud Muzahhib miniatyurasi 

Alisher Navoiy portretini o‘rgangan edi. Bu asar besh asr ilgari shoir tirikligida 
chizilgan edi. U shoirning yagona jonli tasviridir. Aziza Mamatovaning asarida shoir 
kimsasiz ovloqda o‘tirgan holda tasvirlangan. Uning oyoqlari yonida quloqlarini
ding 
qilib ohu yotibdi (Sharqda ohu shoirona ilhom ramzi hisoblanadi). U xuddi sakrab turib 
daraxtlar ora
sida g‘oyib bo‘lishga tayyor turgandek. 
49
Алишер Навои –
Поэмы. с. 12.


54 
Kechki ochiq osmonda yangi oy nur sochyapti, oq tanali chinorlardan tillarang sa-
riq-qizil yaproqlar chirt 
uzilib asta yerga qo‘nyapti. Asarda barcha bo‘yoq dog‘la
ri 
uyg‘un, chiziqlar mayin va ohangdor, shoir qomati to‘g‘ri tasvirlangan. U qo‘l
lari kaf-
tini kitobga qo‘yib chuqur o‘yga tolgan holatda o‘tiribdi. Qo‘llari tushiril
gan yenglari 
ostida ko‘rinmaydi
. Sharqda tushirilgan yenglar qandaydir katta asarni tugatganlikni 
anglatadi. 
Shoir xuddi o‘zining qiyin murakkab hayoti sahifalarini varaqlayotgandek 
va unga yakun yasayotgandek. Asarda chuqur jimlik hukumron, bunday sharoitda in-
son osoyishta fikrlashi, poyoniga yetayotgan umrini ongli ravishda sarhisob qilishi 
mumkin. 
Alisher Navoiygacha ikki yarim ming yil ilgari “Avesto” kitobida afsona
viy 
va dono Zardusht shunday degan edi: “
Qancha ko‘p voqif bo‘lsam, shuncha ko‘p qay
-
g‘u chekayapman
”. Nazarimizda, voqiflikning ham o‘ziga yarasha yorqin tomon
lari 
bor. Ular Zardusht, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Dante Aligeri, Volfgang Gyote 
kabi buyuk shaxslarga “Avesto”, “Tibbiyot qonunlari”, “Mistik 
risola
lar”, “Xamsa”, 
“Ilohiy komediya”, “Faust” singari a
badiy ijod namunalarini yaratishga imkon berdi. 
Bu asarlar insoniyatga hayotni anglashga imkon beryapti. 
Akademik Vohid Zohidov shunday yozgan edi: “Ammo Alisher Navoiy tushkun
-
likka tushmadi... u ruhiy tushkunligi qanchalik kuchli va azobli bo‘lmasin, 
unga 
izlanishi, topishi, ikkilanishi, ijod qilishi va yuksak ideal uchun kurashishiga halaqit 
bermadi”
50
. XX asr o‘rtalarida ijod qilgan Lotin Amerikalik taniqli yozuvchi Xose 
Martin shun
day yozgan edi: “
O‘z tilini yo‘qotgan xalq, o‘z ozodligini ham yo‘qo
tadi
”. 
Turkiy tilda “Xamsa”dek ulkan asarni yozib, shoir Alisher Navoiy ona tili
mizni saqlab 
qolishga ulkan hissa qo‘shdi.
Sovet olimlari ilmga yangi terminalogiya kiritish maqsadida “Xamsa” asarini O‘rta 
Osiyo, turk, musulmon tilida yozilganligini ta’
kidladi. Olim Ye.E.Bertels Alisher 
Navoiy tilini turkiy yoki eski o‘zbek tili deb atashni tak
lif qildi, negaki shoir vafotidan 
keyin Movaraunnaxrni o‘zbek xoni Shaybonixon tomonidan bosib olingan edi. Bu 
xududning yerli aholisi asosan turkiy tilda gaplashardi. Ye.E.Bertelsning Alisher 
Navoiy she’riyati tili o‘zbek va uyg‘ur tillarida saqlanib qoldi, degan fikri qiziqish 
uyg‘otadi. “O‘zining ona, eski o‘zbek tilisida she’r yozgan shoirlar forsiy tilda gapirib
-
gina qolmasdan, balki bu tilda juda yaxshi she
’rlar ham yozganlar”
51
. Shuning uchun 
ham, o‘zbek tilini shakllanishi va taraqqiyotida Alisher Navoiyning xiz
matlari 
nihoyatda ulkan. U o‘z ijodida turkiy tilni yozma ra
vish
da o‘zbek davla
tining rasmiy 
tili sifatida muxrlab qo‘ydi.
Har uchchala portret buyuk Alisher Navoiy ijodini yaxshi bilgan rangtasvirchi 
rassomlar tomonidan XX asrning turli o‘nyilliklarida ishlandi. Bu port
retlar shoir 
xarakterining turli qirralarini aks ettirdi va tasvir lisoniga ko‘ra o‘zaro umuman 
o‘xshamaydi, lekin bu mualli
flarni ulkan adabiy meros qoldirgan shoir shaxsiyatiga 
bo‘lgan chuqur ehtirom birlashtirib turadi, u butun insoniyatning ma’naviy boyligiga 
aylanib qoldi, zero buyuk shoir Alisher Navoiyning merosi uni tushunadiganlar, 
sevadiganlar va ehtirom ko‘rsatganlar
mulki bo‘lib qoladi!
50
Алишер Навои –
Поэмы. с. 13. 
51
 
Гударзи
-
Наджафов
 
А.
 
Подарок к сорокалетию. Режим доступа: 
https://www.proza.ru/2011/08/06/395 


55 

Download 10,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish