Mirhamid Sobirov
O‘zbekiston badiiy
akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi yodgorlik bog‘i
muzeyida bu buyuk miniatyurachi rassom
ga bag‘ishlangan
devoriy surat yaratdi.
Devoriy surat kompozitsiyasi tik va ikki
tomondan unga asalari uyasi kabi bezak berildi. Kamoliddin
Behzod va bezakdor gilamda
o‘tirgan ilhom parisi
dan tashqari
barcha asar rangi sovuq ranglar bilan berilgan, devoriy surat
geomet
rik va o‘simlik naqshlari bilan boy bezatilgan. Asar
fonidagi Avestoning afsonaviy qahramonlari rassom Moniy va
qadimgi Kushon shohi Kanishka obrazlarini katta ehtirom bilan
tasvirlaydi. Naqshli yorqin qizil rangli chopon kiygan Kamoliddin Behzod bezak
47
atrofiga naqsh ishlayotganligi madani-
yatlar
davri
va
uzviyligi
ramzi
hisoblanadi. Rassomning orqa tomoniga
ramziy
bog‘
chizilgan.
Naqshli
tillasimon libos kiygan ilhom parisi
obrazida
gi go‘zal qiz ko‘tarilgan
qo‘llaridagi atirgul g‘unchasiga tikilib
turibdi.
M.Sobirov.
“Kamoliddin Behzod”
. 2008 yil.
Asarning eng yuqorisida xayolot
olamining
parvozini
anglatuvchi
afsonaviy Semurg‘ qushi uchib yuribdi.
“Semurg‘ insoniylik jamiyati (urug‘lar,
qabilalar) va ulardagi har bir shaxsning
homiysi hisoblanadi. Otashparastlar
matnida (XIV “Yashta”) ayti
lishicha
Semurg‘ Jahon Daraxti tagiga qo‘nib
turadi, bu daraxtd
a hamma urug‘lar
yetishadi
va
qanotlarini
silkitib
urug‘larni uchiradi, ularni yomg‘ir va
shamol butun dunyoga tarqatadi. U
adolat va baxt qushi sifatida idrok
etiladi”
42
. Butun devoriy surat rang
jihatdan chiroyli va ijodiy mehnat
quvonchini anglatib turadi. Muallif o‘z
asarini nihoyatda katta ilhom bilan
ishlaganligi seziladi. Bu devoriy surat
zamondoshimiz
yaratgan
tarixiy
janrdagi
qiziqarli
tasviriy
sanat
asarlaridan
biri hisoblanadi va o‘rta
asrlar miniatyurachisi buyuk rassom
Kamoliddin Behzodga bag‘ishlangan madhiya singari yangraydi.
Rassomlar
J.Umarbekov,
A.Mamatova,
T.Sa
’
dullayev,
J.Mirtojiyev
va
M.Sobirovlar ijodida avvalgi rassomlarning badiiy tajribasi uzviy ravishda
o‘zlashtirilayotganligini ko‘rish mumkin. O‘tmish va hozir o‘rtasidagi aloqa
larning
uyg‘unligi saqlanib qolindi. Mahorat bilan ishlangan asarlarning kuchi ularni
tomoshabinga bevosita ta
’siri va chuqur taassurotliligida ko‘ri
nadi.
O‘zbek adabiy
oti
klassigi Abdulla Qodiriyning quyidagi so‘zlari bejiz yozilmagan: “
Afsuski men rassom
emasman. Agar menda rassomlik iqtidori bo‘l
gan
da edi, so‘zlarni kovlab va qiynab
o‘tirmas edim, qahramonlarim qiyofasini chizib tasvirlab qo‘yar edim
”.
42
Симург. [Электронный ресурс]. Режим доступа:
https://ru.wikipedia.org/wiki
/Симург
48
Do'stlaringiz bilan baham: |