A.Mamatova. “Ma’rifatparvar shoir Mir
Alisher Navoiy”. 1995 y
il.
Eh, nega men oshno bo‘lmadim
senga, boda?
Azob va uqubatlar ezmoqda meni
hamisha...
Men bu dunyoga qanchalik tashlamay
nazar,
Osmonni, tabiatni istadim anglashni
–
Sirlarni ko‘pligi hayratga soldi meni.
Bu dunyoga kelganim va
ketayotganimni bilish,
Tushunish menga nasib qilmay
ketmish
49
.
Alisher Navoiy obrazini yaratishda
rassom nafaqat rang dog‘larining
yaxlitli
gida ko‘rinadigan qadimgi
O‘rta Osiyodagi Panjikent, Afrosiyob,
Varaxsha devoriy suratlariga, balki
taniqli rassom Andrey Rublyovning
“Uchlik” asarida o‘z aksini topgan rus
sanamchiligiga
ham
murojaat
qilganligi
ni ko‘rish mumkin.
Bu
ajoyib asarning asl nusxasi bilan
rassom
1968
yili
Moskvadagi
Tretyakov
galereyasida
talabalik
yillarida tanishgan edi. Va albatta, u
Mahmud Muzahhib miniatyurasi
–
Alisher Navoiy portretini o‘rgangan edi. Bu asar besh asr ilgari shoir tirikligida
chizilgan edi. U shoirning yagona jonli tasviridir. Aziza Mamatovaning asarida shoir
kimsasiz ovloqda o‘tirgan holda tasvirlangan. Uning oyoqlari yonida quloqlarini
ding
qilib ohu yotibdi (Sharqda ohu shoirona ilhom ramzi hisoblanadi). U xuddi sakrab turib
daraxtlar ora
sida g‘oyib bo‘lishga tayyor turgandek.
49
Алишер Навои –
Поэмы. с. 12.
54
Kechki ochiq osmonda yangi oy nur sochyapti, oq tanali chinorlardan tillarang sa-
riq-qizil yaproqlar chirt
uzilib asta yerga qo‘nyapti. Asarda barcha bo‘yoq dog‘la
ri
uyg‘un, chiziqlar mayin va ohangdor, shoir qomati to‘g‘ri tasvirlangan. U qo‘l
lari kaf-
tini kitobga qo‘yib chuqur o‘yga tolgan holatda o‘tiribdi. Qo‘llari tushiril
gan yenglari
ostida ko‘rinmaydi
. Sharqda tushirilgan yenglar qandaydir katta asarni tugatganlikni
anglatadi.
Shoir xuddi o‘zining qiyin murakkab hayoti sahifalarini varaqlayotgandek
va unga yakun yasayotgandek. Asarda chuqur jimlik hukumron, bunday sharoitda in-
son osoyishta fikrlashi, poyoniga yetayotgan umrini ongli ravishda sarhisob qilishi
mumkin.
Alisher Navoiygacha ikki yarim ming yil ilgari “Avesto” kitobida afsona
viy
va dono Zardusht shunday degan edi: “
Qancha ko‘p voqif bo‘lsam, shuncha ko‘p qay
-
g‘u chekayapman
”. Nazarimizda, voqiflikning ham o‘ziga yarasha yorqin tomon
lari
bor. Ular Zardusht, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Dante Aligeri, Volfgang Gyote
kabi buyuk shaxslarga “Avesto”, “Tibbiyot qonunlari”, “Mistik
risola
lar”, “Xamsa”,
“Ilohiy komediya”, “Faust” singari a
badiy ijod namunalarini yaratishga imkon berdi.
Bu asarlar insoniyatga hayotni anglashga imkon beryapti.
Akademik Vohid Zohidov shunday yozgan edi: “Ammo Alisher Navoiy tushkun
-
likka tushmadi... u ruhiy tushkunligi qanchalik kuchli va azobli bo‘lmasin,
unga
izlanishi, topishi, ikkilanishi, ijod qilishi va yuksak ideal uchun kurashishiga halaqit
bermadi”
50
. XX asr o‘rtalarida ijod qilgan Lotin Amerikalik taniqli yozuvchi Xose
Martin shun
day yozgan edi: “
O‘z tilini yo‘qotgan xalq, o‘z ozodligini ham yo‘qo
tadi
”.
Turkiy tilda “Xamsa”dek ulkan asarni yozib, shoir Alisher Navoiy ona tili
mizni saqlab
qolishga ulkan hissa qo‘shdi.
Sovet olimlari ilmga yangi terminalogiya kiritish maqsadida “Xamsa” asarini O‘rta
Osiyo, turk, musulmon tilida yozilganligini ta’
kidladi. Olim Ye.E.Bertels Alisher
Navoiy tilini turkiy yoki eski o‘zbek tili deb atashni tak
lif qildi, negaki shoir vafotidan
keyin Movaraunnaxrni o‘zbek xoni Shaybonixon tomonidan bosib olingan edi. Bu
xududning yerli aholisi asosan turkiy tilda gaplashardi. Ye.E.Bertelsning Alisher
Navoiy she’riyati tili o‘zbek va uyg‘ur tillarida saqlanib qoldi, degan fikri qiziqish
uyg‘otadi. “O‘zining ona, eski o‘zbek tilisida she’r yozgan shoirlar forsiy tilda gapirib
-
gina qolmasdan, balki bu tilda juda yaxshi she
’rlar ham yozganlar”
51
. Shuning uchun
ham, o‘zbek tilini shakllanishi va taraqqiyotida Alisher Navoiyning xiz
matlari
nihoyatda ulkan. U o‘z ijodida turkiy tilni yozma ra
vish
da o‘zbek davla
tining rasmiy
tili sifatida muxrlab qo‘ydi.
Har uchchala portret buyuk Alisher Navoiy ijodini yaxshi bilgan rangtasvirchi
rassomlar tomonidan XX asrning turli o‘nyilliklarida ishlandi. Bu port
retlar shoir
xarakterining turli qirralarini aks ettirdi va tasvir lisoniga ko‘ra o‘zaro umuman
o‘xshamaydi, lekin bu mualli
flarni ulkan adabiy meros qoldirgan shoir shaxsiyatiga
bo‘lgan chuqur ehtirom birlashtirib turadi, u butun insoniyatning ma’naviy boyligiga
aylanib qoldi, zero buyuk shoir Alisher Navoiyning merosi uni tushunadiganlar,
sevadiganlar va ehtirom ko‘rsatganlar
mulki bo‘lib qoladi!
50
Алишер Навои –
Поэмы. с. 13.
51
Гударзи
-
Наджафов
А.
Подарок к сорокалетию. Режим доступа:
https://www.proza.ru/2011/08/06/395
55
Do'stlaringiz bilan baham: |