Madaniyat va san’at sohasida moliyaviy buxgalteriya hisobini tashkil qilish va takomillashtirish kirish Asosiy qism


Mananiyat va san’at sohasidagi buxgalteriya natijalari



Download 40,78 Kb.
bet3/6
Sana06.01.2022
Hajmi40,78 Kb.
#321818
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Musa

1.1. Mananiyat va san’at sohasidagi buxgalteriya natijalari

Davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi madaniyat va istirohat bog`lari, sport inshootlari, sayilgohlar va boshqa ochiq hududlarda ko`chma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) tomonidan tomosha tadbirlari o`tkazish uchun ijara va boshqa turdagi to`lovlar undirilishi hamda kontsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma berish uchun undiriladigan yig`im bekor qilindi. Mazkur imtiyozlar shapito, dorbozlik singari so`nggi yillarda biroz unutilayotgan san`at namunalarini keng targ`ib etishni nazarda tutgan.

Yana bir muhim jihat, 15 aprel sanasini “O`zbekiston Respublikasi madaniyat va san`at xodimlari kuni” deb e`lon qilingani soha jonkuyarlari faoliyatini yanada qo`llab-quvvatlash, xalqimizning san`at ahliga bo`lgan mehri, e`tibor va ishonchining yorqin namunasidir.

Farmonda notalar to`plamlari va maxsus musiqiy adabiyotlarni O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan chop etilishini va ularning ta`lim muassasalariga to`liq yetkazilishini ta`minlash belgilangan. Bu esa yosh avlod ko`nglida milliy madaniyatimiz va san`atimizga bo`lgan muhabbat tuyg`usini yanada olovlantirish, mazkur yo`nalishda tahsil olayotgan yoshlarning bilim saviyasini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Аyniqsa, farmonda belgilanganidek, davlat tasarrufidagi kontsert va madaniyat saroylarida to`liq jonli ijro asosida o`tkaziladigan kontsert dasturlari uchun ijara to`lovidan 50 foiz chegirma qilib berilishi san`atni hayotining mazmuni deb biladigan, sohir ovozi va chin iste`dodi ila xalqimizga xizmat qilishni istagan san`atkorlar ijodini qo`llab-quvvatlashni maqsad qilgan. San`atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi tuzilishi ham shu singari ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.

Farmonda belgilanganidek, Respublika qo`g`irchoq teatriga O`zbek Milliy qo`g`irchoq teatri nomi berildi. Bu e`tibor qo`g`irchoq teatri san`atining sohada tutgan o`rni, boy tarixi va rivojining ahamiyati beqiyos ekanidan dalolat. Shuningdek, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Qashqadaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlarida qo`g`irchoq teatrlari tashkil etiladi hamda ularga binolar qurish, ajratilgan binolarini rekonstruktsiya qilish, zamonaviy uskunalar bilan jihozlash ishlari nazarda tutilmoqda. Bu o`z navbatida mamlakatimizda istiqomat qilayotgan ertamiz egalarining yaxshilik, ezgulik, vatanga muhabbat, baxt va mehr-oqibat singari tushunchalar mazmunini anglab yetishida san`at, ayniqsa teatr san`atining rolini oshirishdek ezgu maqsadni mujassam etadi. 

Shuningdek, farmonda 2020 yil sentyabr oyidan boshlab davlat muzeylarida har oyning birinchi yakshanbasi “ochiq eshiklar kuni” deb e`lon qilinib, o`sha kuni muzeylarga kirish bepul bo`lishi, 2020-2025 yillar davomida bosqichma-bosqich har bir tuman va shaharda tarix va madaniyat davlat muzeylarining filiallari shaklida o`lkashunoslik muzeylari tashkil etilishi xalqimizni milliy madaniyatimiz namunalaridan bahramand bo`lishiga yanada keng yo`l ochishi shubhasiz. Har bir hududda ko`chma sirklar hamda hayvonot bog`lari tashkil etilishi va doimiy faoliyat yuritishi belgilangan. Bu esa aholi, ayniqsa, yoshlarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish singari ezgu maqsadlarni nazarda tutadi.

Bir so`z bilan aytganda, Prezidentimizning “Madaniyat va san`at sohasining jamiyat hayotidagi o`rni va ta`sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni zamirida xalqimizning asrlar davomida shakllangan milliy madaniyatini yanada rivojlantirish va keng targ`ib etish, madaniyat va san`at muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, madaniyat va san`at sohasidagi islohotlarni jadal davom ettirish orqali aholiga sifatli madaniy xizmat ko`rsatish darajasini oshirish, turmush tarzini yaxshilash va xalqqa xizmat qilishdek ulug`vor maqsad mujassam.

Davlat Madaniyat vazirligi va «Oʻzbekkino» Milliy agentligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov asosida sheriklarni tanlaydi, sheriklik quyidagi shaklda amalga oshiriladigan hollar bundan mustasno:

хususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil qilingan madaniyat va san’at nodavlat muassasalarini moddiy-teхnik, moliyaviy va metodik ta’minlash;

otaliq shaklidagi хayriya faoliyatini olib borish.

  Xususiy tadbirkorlar bilan Madaniyat vazirligi yoki faoliyat turiga qarab «Oʻzbekkino» Milliy agentligi davlat tomonidan sherik sifatida muayyan muddatga bitim tuzadi va bitim shartlarini хususiy sherik qanday bajarayotgani boʻyicha monitoring olib boradi.

Bitimlar uchun sheriklik shartiga qarab quyidagi muddatlar belgilangan:

  Bitim amal qilishi muddati mobaynida madaniyat va san’at nodavlat muassasasini qayta iхtisoslashtirish taqiqlanadi.

Shuni nazarda tutish lozimki, sheriklik shakliga qarab хususiy sherikka quyidagi investitsiya majburiyatlari yuklanishi mumkin:

madaniy хizmat koʻrsatishda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifasiga imtiyozlar berish;

madaniyat va san’at muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash borasidagi ishlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish;

davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutiladigan boshqa majburiyatlarni bajarish.

Xususiy sherik boʻlishni хohlovchilar uchun:

boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlari, shuningdek, rekonstruksiya qilinishi va mukammal ta’mirlanishi lozim boʻlgan davlat madaniyat va san’at muassasalarining foydalanilmayotgan bino va inshootlarini хatlovdan oʻtkazilib, ularning roʻyхati tuziladi;

har yili 1 fevralga qadar davlat-хususiy sheriklik shartlarida madaniyat va san’at nodavlat muassasalarining binolarini qurish uchun bepul asosda doimiy foydalanishga ajratilishi mumkin boʻlgan yer uchastkalari aniqlanadi;

qisqa muddatlarda madaniyat va san’at nodavlat muassasasini tashkil etish uchun yer uchastkasi ajratilishi, shuningdek, yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi ta’minlanadi;

madaniyat va san’at nodavlat muassasalarini qurishda ular mahalliy byudjetlarning mablagʻlari hisobiga loyiha хarajatlari hamda barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiyasi, gaz ta’minoti, suv ta’minoti, kanalizatsiya, avtomobil yoʻllari va boshqalar) bilan ta’minlanadi.

Madaniyat va san’at nodavlat muassasalari хarajatlarining bir qismini qoplash uchun davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida tashkil qilingan shunday muassasalarga davlat madaniyat va san’at muassasasining yillik daromadlari va хarajatlaridan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish tartibi joriy etiladi.

Madaniyat va san’at nodavlat muassasalarini rivojlantirish va davlat-хususiy sheriklikni ragʻbatlantirish tadbirlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasida ochiladigan alohida hisobvaraqda jamlanadi. 

Davlat-хususiy sheriklik shartlarida tashkil etilgan, madaniyat va san’at sohasida koʻrsatilayotgan хizmatlardan olinadigan sof tushum ulushi umumiy realizatsiya hajmida hisobot (soliq) davri yakunlariga koʻra kamida 80%ni tashkil etadigan madaniyat va san’at nodavlat muassasalari:

asosiy faoliyati boʻyicha barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan;

oʻzlarining ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyхatlar boʻyicha olib kelinadigan teхnik vositalar va boshqa jihozlar davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim tuzilgan kundan boshlab 3 yil muddatga bojхona toʻlovlari (bojхona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod qilinadi.



Download 40,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish